Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi 3531008 «Tikuvchi»


Sintetik iplardan va sintetik iplarga boshqa tolalarni qo‘shib olinuvchi



Download 5,58 Mb.
bet27/39
Sana05.01.2023
Hajmi5,58 Mb.
#897703
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
Matrialshunoslik uslubiy qo\'lanma

Sintetik iplardan va sintetik iplarga boshqa tolalarni qo‘shib olinuvchi gazlamalar, asosan, kapron iplaridan ishlab chiqariladi. Buning uchun 1,67—15,6 teksli kompleks iplar, ikki va uch qo‗shimli pishitilgan iplar, hajmdor iplar, turli darajada kirishadigan iplar va kam miqdorda yakka iplar qo‗llaniladi. Bulardan tashqari, shakllangan shelon iplari, hajmdor lavsan iplari, kapron iplari viskoza yoki atsetat kompleks iplari bilan pishitilgan iplar ishlatiladi. Lekin bu gazlamalarni to‗quvchilikda ishlatish ancha qiyin. Kapron gazlamalar cho‗ziluvchan va qayishqoq bo‗lgani sababli tikish paytida choklarda burmalar hosil bo‗ladi. Bunday gazlamalarni tez tikkanda igna qizib gazlamalarni eritishi mumkin. Bunga yo‗l qo‗ymaslik uchun sekin tikish, maxsus ignalardan yoki ignani sovituvchi moslamalardan foydalanish kerak. Gazlamalar titiluvchan bo‗lgani uchun choklarni ikki buklab tikish yoki kesilgan joylarni eritib titilmaydigan qilish kerak. Ularni bichish ham qiyin. Silliq sintetik gazlamalarni bichish to‗shamiga taxlaganda sirpanib ketadi, bichish mashinalari tez ishlasa gazlama eriydi va gazlama qavatlari bir-biriga yopishib qoladi. Shunga qaramay, ipak gazlamalar assortimentida sintetik gazlamalarning salmog‗i yildan yilga oshib bormoqda. Tandasi va arqog‗iga 100% kapron ishlatib, astarlik, ko‗ylaklik va plashlik gazlamalar to‗qiladi. Ular sidirg‗a, oqartirilgan yoki gul bosilgan bo‗lib, polotno yoki sarja o‗rilishda to‗qiladi. Plashlik gazlamaning teskari tomoniga plyonka qoplanib, suv o‗tkazmaydigan qilinadi. Kapron gazlamalarning yuza zichligi 15—95 g/m2 gacha. Eng yupqa va yengil kapron gazlamalari tiniq bo‗ladi. Shelon va lavsan iplaridan krepsimon gazlamalar to‗qiladi. Bu gazlamalarning burmadorligi, g‗ijimlanmasligi, mustahkamligi katta, tashqi ko‗rinishi esa tabiiy ipakdan olingan krep gazlamalarni eslatadi.
Kapron iplaridan olingan astarlik gazlamalar sintetik gazlamalardan tikilgan kurtka va paltolar uchun ishlatiladi. Ipak gazlamalari assortimentiga sun‟iy va sintetik shtapel tolalaridan olingan iplardan to„qilgan gazlamalar kiradi. Ularning ko‗pchiligi viskoza tolalaridan to‗qiladi. Atsetat, lavsan va nitrondan to‗qilgan gazlamalar ham bor. Odatda, yigiruv jarayonida sintetik shtapel tolalar viskoza yoki paxta tolalariga aralashtiriladi. Natijada, gazlamalarning qayishqoqligi, yemirilishga chidamliligi va shaklini saqlash qobiliyati oshadi. Shtapel gazlamalarini to‗qishda yakka, pishitilgan, shakldor iplardan foydalaniladi.
Sirti silliq bo‗lgan shtapel gazlamalari erkaklar ko‗ylagi, kostumlari, ayollar ko‗ylagi, ko‗ylak-kostumlarini, plashlar, palto va kurtkalar tikish uchun ishlatiladi. Ko‗ylaklik gazlamalar mayda gulli o‗rilishda va chipor pardozlangan qilib to‗qiladi. Yo‗g‗on iplardan to‗qilgan paltolik gazlamalar junsimon ko‗rinishda bo‗ladi. Plashlik gazlamalarga suv o‗tkazmaydigan qilib ishlov beriladi. Jun gazlamalar assortimenti Barcha gazlamalarning umumiy hajmiga nisbatan jun gazlamalarning miqdori unchalik ko‗p emas, biroq to‗quvchilik buyumlarini ishlab chiqarishda qo‗llanilishi bo‗yicha yetakchi o‗rinlarni egallaydi. Jun gazlamalarning afzalligi issiqni saqlash qobiliyatining yuqoriligida. Shu sababli jun gazlamalaridan, asosan, qishki kiyimlar tayyorlashda foydalaniladi. Jun gazlamalaridan ayollar ko‗ylaklari, bolalar, o‗smirlar, ayollar va erkaklar kostum, paltolari va boshqa buyumlar tikiladi.
Jun gazlamalar ishlab chiqarishda iplarning tuzilishi va yigiruv usuliga ko‗ra 3 guruhga bo‗linadi: qayta tarash usulida olingan iplardan, mayin movut usulida olingan iplardan va dag‗al movut usulida olingan iplardan to‗qilgan gazlamalar. Tabiiy ipakdan sirti silliq gazlamalar ham olinadi. Bularga chiziqli zichligi 5 teks x 2 — 10 teks x 2 bo‗lgan pishitilgan iplardan polotno o‗rilishida to‗qilgan polotno gazlamalari va atlas o‗rilishida to‗qilgan milliy xon-atlas gazlamalari kiradi. Polotno xom (sarg‗ish), oqartirilgan va kam miqdorda gul bosilgan holda pardozlanadi. Xon-atlaslar esa avr usulida turli ranglarga bo‗yalgan iplardan to‗qiladi.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish