Toshkent viloyati — Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil qilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 3 million kishidan ziyod. Viloyat tarkibida 15 ta tuman, 17 shahar, 18 shaharcha. Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash.
Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchiqdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati ishlab turibdi. Chirchiqdagi „Elektrkimyosanoat“, Olmalikdagi „Ammofos“ va Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va boshqa tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. „Oʻzbekkimyomash“, „Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“, „Transformator“ korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chikariladi.
Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalarga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fabrikalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren shaharlari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72 %ni tashkil etadi.
Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.
Toshkent viloyati 1990-yillargacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti.
Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rayonidir. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 315 ming ga. Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.
Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren shaharlari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent shahri aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |