II BOB. O‘ZBEKISTONDA RAYONLASHTIRISH MASALALARI VA ISTIQBOLLI IMKONIYATLARI.
2.3. O‘zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari.
Iqtisodiy rayonlashtirish - geografik mehnat taqsimoti obyekti kelib chiqadigan yirik mintaqalar yoki mamlakatning iqtisodiy rayonlari o‘zaro bo‘ysunishining tizimli ajratilishidir.
Iqtisodiy rayonlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - hududiy rejalashtirish, prognozlash (bashorat qilish) va ijtimoiy-iqtisodiy regional siyosatni amalga oshirish uchun optimal sharoit yaratishdir.
Makroiqtisodiy mintaqa mamlakatning yirik iqtisodiy makoni bo‘lib, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi tabiiy resursiar, aholining hududiy taqsimlanishi va xo‘jaliklarning shakllanishida tarixiy omillarning mujassamlanishiga bog‘liq bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi geografik rayonlar:
1. Toshkent (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);
2. Mirzacho‘l (Jizzax va Sirdaryo viloyatlari);
3. Farg‘ona (Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari);
4. Zarafshon (Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari);
5. Janubiy (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari);
6. Quyi Amudaryo (Qoraqalpoqiston Respublikasi, Xorazm viloyati).
Toshkent shahri — aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biridir. Bu shahar Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 (129.3 2) ni tashkil etadi. 2021-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2 694 400 nafarni yoki Oʻzbekiston aholisining qariyb 8% ni tashkil etadi.3 2018-yilga koʻra, Toshkent shahrining YIM $2,74 milliardni tashkil etadi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistondagi eng katta YIMga ega shahar boʻlib kelmoqda.4
Milodiy VIII asr oʻrtalarida islomiy taʼsir boshlangunga qadar, Toshkentga sugʻd va turkiy madaniyat taʼsir koʻrsatgan. 1219-yilda Chingizxon Toshkentni vayron qilganidan soʻng, shahar qayta tiklandi va Buyuk Ipak yoʻlidan foyda koʻrdi.
Hozirgi kunda, mustaqil Oʻzbekiston poytaxti sifatida, Toshkentda koʻp millatli aholi saqlanib qolgan, ular orasida etnik oʻzbeklar va qozoqlar koʻpchilikni tashkil qiladi. 2009-yilda Toshkentning 2200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra va transport tizimi yangilandi.
Toshkentdagi tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkaldosh madrasasi, Shayx Zayniddin bobo maqbarasi, Xoʻja Alambardor maqbarasi, Abulqosim shayx madrasasi, Yunusxon maqbarasi, Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Qaldirgʻochbiy maqbarasi va boshqalar saqlangan.
Toshkent Oʻrta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda temir yoʻl vokzali, 2 aeroport, avtovokzal, 5 avtostansiya ishlaydi. Toshkent shimoliy vokzali yerdan Toshkent — Orenburg — Moskva, Toshkent — Turkmanboshi, Toshkent — Namangan — Andijon va boshqa temir yoʻl oʻtgan. Toshkent — Yangiyoʻl, Toshkent — Xoʻjand, Toshkent — Samarkand, Toshkent — Guliston yoʻnalishida elektr poyezdlari qatnaydi. Toshkentdan MDH dan tashqari London, Frankfurt Mayn, TelAviv, Jidda, Dehli, Karachi, Istanbul, Bangkok, Pekin, NyuYork, Amsterdam, Sharja (BAA), KualaLumpur, Tehron shaharlariga muntazam havo yoʻllari, Halab, Tokio, Seul, Osiyo va Yevropaning koʻpgina shaharlariga charter yoʻlovchilar tashuvchi reyslar oʻtgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |