Navoiy Davlat konchilik instituti
Nukus filiali
Fan:Konchilik sohasiga kirish
Mavzu: Fosforit konlarini qazib olish haqida tushuncha.
|
Mustaqil ish
1b ki guruhi talabasi
Bajardi:Farmonov Ilhom
Qabul qildi: Karomiddin Djaqsimuradov
Nukus-2021
Qizilqum fosforit majmuasi — fosforit konsentratlari ishlab chiqaradigan zamonaviy yirik konboyitish korxonasi. Boyitilmagan fosforit uni, kuydirilgan fosforit konsentrati va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaradi. Navoiy konmetallurgiya kombinati (NKMK)ning Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri) tarkibiga kiradi.
Majmuaga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1997-yilda Markaziy Qizilqumdagi JeroySardara fosforit koni (mineral zaxirasi 223,9 mln. t, 100% li R205miqdori 45,5 mln. t) negizida Qizilqum fosforit majmuasini barpo etish toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra asos solindi, korxona qurilishi va fosforit konini oʻzlashtirish NKMKga topshirildi. Shu yilning oʻzida majmuaning 1navbatini qurish va Toshkura konida fosforit rudalari qazib olish boshlandi.
1998-yil aprelda majmuaning yillik loyiha quvvati 300 ming t 16— 18% R205(boyitilmagan fosforit uni) boʻlgan 1navbati mahsulot ishlab chiqara boshladi. 2 yildan kamroq muddatda majmua 1 navbatining 1bosqichi qurilishi tugallandi. Natijada respublika korxonalarida oddiy ammoniylashgan superfosfat va ammofos ishlab chiqarish uchun chetdan fosorit xom ashyosini sotib olish toʻxtatildi.
Majmuada 1998—2001-yillarda "quruq" va "hoʻllangan" usullarda fosforitni boyitishning kombinatsiyalashgan texnologiyasi ishlab chiqildi, tarkibida 26—28% R205boʻlgan kuydirilgan fosforit konsentratini ishlab chiqarish, oʻzlashtirildi. NKMK mutaxassislari va Oʻzbekiston FA olimlari bilan hamkorliqda tarkibida fosfori kam boʻlgan fosforitlardan fosforli kompleks va organikmineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish dala sharoitlarida agrokimyoviy sinovdan oʻtkazish texnologiyasini yaratish, ularni sanoat miqyosida joriy etishgacha boʻlgan ishlar amalga oshirildi. 2002—2003-yillarda tarkibida 12— 15% R205boʻlgan kambagʻal fosforitlardan organikmineral oʻgʻitlar (superfosfat va azosuperfosfat) ishlab chiqarish ning soddalashtirilgan texnologiyasi yaratildi va respublika kimyo sanoati korxonalarida joriy etildi ("Navoiy elektrokimyo zavodi" aksiyadorlik jamiyati, Samarqand kimyo zavodi va boshqalar).
2004-yil noyabrda Respublika hukumatining maxsus qaroriga koʻra, 2004—06 yillarda Qizilqum fosforit majmuasim.ning 1navbatini kengaytirish va rekonstruksiya qilish loyihasining 2bosqichini amalga oshirish va yuvilgan kuydirilgan (28% R205) hamda yuvilgan quritilgan (20% gacha R205) konsentratlari ishlab chiqarish ga oʻtish, majmuaning yillik quvvatini 800 ming t fosforit mahsulotiga yetkazish ishlari boshlandi.
Fosforitlar — fosfatlar (asosan, apa*git)ga toʻyingan choʻkindi togʻ jinslari. F. tarkibida fosfat angidridi (R2O5)ning miqdori 18%dan kam boʻlmasligi kerak, ammo geologik qidiruv ishlari amaliyotida tarkibida 5—18% gacha R2O5 boʻlgan togʻ jinslari xam F.ga kiritiladi. Sof F.ning rangi asosan oq boʻlib, juda kam uchraydi. F. tarkibidagi rangli moddalarga koʻra qora, kulrang , jigarrang , baʼzan koʻk, yashil, qizil, sariq, och kulrang boʻladi. F. tarkibida deyarli har doim organik moddalar, Sa, Mg, Fe karbonatlari, gil minerallari, pirit, temir gidrooksid, kvars, xaltsedon boʻladi. F.da uran, lantanoidlarning seriy guruhiga mansub elementlari hamda koʻproq Y, Pb, Sr, oz miqdorda V, Sc, Zr, Se, Be aralashmalari toʻplanishi mumkin. F. strukturasiga qarab yaxlit, donador, jelvaksimon (konkretsion), shagʻalsimon, konglomeratli turlarga boʻlinadi. Yaxl it va donador F. koʻp tarqalgan. Yaxlit (geosinklinal) F. zich bir xil jinedan iborat boʻlib, tarkibidagi juda kichik dumaloq fosfat donalari va oolitlar fosfat, karbonat yoki silikat angidrid (SiO2) birikmalari yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlamlari qalin (10 m dan ortiq), yuqori sifatli (28—36% R2O,), keng maydonda tarqalgan. Bunday F. konlari Xubsugul (Mongoliya), Kunyana (Xitoy), Jorjina (Avstraliya) kembriy yotqiziqlarida mavjud. Donador (platforma) F. — karbonat yoki terrigen choʻkindi togʻ jinslari, tarkibidagi fosfat donalari hamda dengiz organizmlari qoldiqlari karbonat, silikat angidrid yoki gil yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlam kalinligi koʻpincha 2–3 m (baʼzan 10 m gacha), tarkibida 22—30% R2O5 boʻladi. Bu tipdagi F. Rossiyaning Yevropa kismi, Shim. Afrika, Oʻrta Osiyoda boʻr va paleogen yotqiziqlarida keng Tapkalgan. F. paydo boʻlishi haqida turli biokimyoviy, kimyoviy va biogen nazariyalar mavjud boʻlib, biokimyoviy nazariya koʻpchilik tomonidan tan olingan. F. kimyo, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan fosfor, fosfor kislota va turli fosforli birikmalar olish manbasi hisoblanadi. Asosiy isteʼmolchi — qishloq xoʻjaligi boʻlib, F. 90% gacha fosforli oʻgʻitlar tayyorlashda ishlatiladi. Undan tashqari, F.dan yoʻlyoʻlakay sanoat masshtabida bir qancha noyob elementlar ajratib olinadi. RF, Boltiqboʻyi, Sibir, Qozogʻistonda yirik F. konlari bor. Oʻzbekiston hududida F. paleogen, boʻr, devon, silur va tokembriy yotqiziqlarida topilgal. Ular, asosan, Markaziy Qizilqumdagi JeroySardara (R2O, zaxirasi 57,68 mln.t), Shim. Yetimtogʻ va Karakata konlarida mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |