Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari”


Beruniy xikmatlarida bunyodkorlik g’oyalari va falsafiy fikrlarining talqini



Download 457 Kb.
bet10/16
Sana07.09.2021
Hajmi457 Kb.
#167935
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
“АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ, ФАЛСАФИЙ ВА ТАБИИЙ-ИЛМИЙ ҚАРАШЛАРИ”

3.2. Beruniy xikmatlarida bunyodkorlik g’oyalari va falsafiy fikrlarining talqini.

Abu Rayxon Beruniyning “Ibratli so’zlar1” degan asari chop etilgan. Ammo shunisi ham borki, Beruniy bu nom bilan kitob yozmagan. Ta’lif va tajribalari ko’pligidan bunday asar yozishga balki u kishi o’l- gurolmagan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas. Beruniy ibratomuz so’zlarni asarlari ichiga injuday sochib yuborgan.

Abu Rayxon Beruniy asarlarini mutolaa qilish jarayonida uning “xikmat” sarlavhasi ostida berilsa bo’ladigan ajoyib satrlari ko’zga chalinib qolardi. Go’yoki alloma butun hayoti davomida topgan-tutgan dav- lati, xazinalarini ta’liflari uzra sochib yuborganday va avlodlardan kimki ularni mutolaa qilsa, albatta, o’sha yombilarni topib olishi va zarur bo’lib qolganda uni “sarf” etishi mumkinligiga ishonganday edi. Beru- niyning ko’zga chalingan bunday satrlarini keyinchalik ularni axtarib topish qiyinligini nazarda tutib, asta-sekin ishoralab boraveradigan bo’ldim, natijada, qo’limizdagi mana shu saylanma so’zlar yuzaga keldi. Hozircha men A.Irisov ularni shunday “100 xikmat” deb atab qo’ya qoldim, zotan muallif bunday atamagan ham bo’larmidi. Harqalay, allomaning bu so’zlari odamlarni og’ish- may to’g’ri yo’ldan yurishga, odil va bilimdon bo’lishga, yana ko’p narsalarga da’vat etadi; ularni o’qish, albatta, foydadan xoli emas1.

Xikmatlarni keltirishdan avval ularning bir nechtasiga sharh keltiramiz:



  • Yaxshi bilmagan narsasiga uringan kishi sharmanda bo’ladi.

  • Bilmagan narsasini bilaman deb keyin pand eb qolish kishilarni sharmisor qiladi. Shuning uchun kishilar biror narsani aniq bilsagina unga amal qilsa ayni muddao bo’ladi.

  • Odamlar o’rgangan, odatlangan va bilgan narsasiga qarshilik ko’rsatma.

  • O’z ishini aniq va tartibli qiladigan kishilarni ishiga aralashish, ya’ni qarshilik ko’rsatish yaxshi odat emas.

  • Hakim va olimlar axloqidan ta’lim olish yaxshi xulqqa hayot baxsh etadi, yomon qiliqni o’ldiradi.

  • Hakim va olimlarning axloqiy tarbiyasini olgan kishilar yaxshi hulq egasi bo’lib etishadilar.

Beruniyning 100 xikmatini to’liq keltirishni lozim topdim. Chunki allomaning har bir xikmatida eskirmaydigan, dolzarbligini yo’qotmaydigan fikr-mulohazalar borligi, bular bugungi yoshlar uchun ahamiyatlidir.

1.Yaxshi bilmagan narsasiga uringan kishi sharmanda bo’ladi2.

2.Odamlar o’rgangan, odatlangan va bilgan narsasiga qarshilik ko’rsatma.

3.Hakim va olimlar axloqidan- ta’lim olish yaxshi xulqqa hayot baxsh etadi, yomon qiliqni o’ldiradi.

4.Kichik narsaga e’tiborsiz qarama, uning ham foydali o’rni bor.

5.Odamlarning tuban darajalisi ham o’zidan tubanroq bo’lgan kimsalarga egalik qilish va boshqarishni istaydi.

6.Xato sodir bo’lmasligi uchun donishmandlar qayta-qayta kuzatishni va ziyon etish imkoniyatidan saqlanishni tavsiya qilganlar.

7.Ishga niyati buzuq va badxulq kishilar aralashib qolsa buzilishi turgan gap.

8.Kishining ko’ngli kelishgan va tartibli har bir narsaga qiziqadi, tartibsiz narsadan nafratlanadi1.

9.Asalarilar ham o’z jinsidan bo’laturib ishlamay ko’yadigan, asalni bekorga eb yotadiganlarini o’ldirib tashlaydi.

10.Sevimli narsalarga mashaqqat bilan, yaxshilikka esa o’ziga sevimli bo’lgan narsalarni sarf qilish bilan erishiladi.

11.Nazm bitgan shoir (qofiya tangligidan) siqilmay iloji yo’q2.

12.Ne’matning qadri u yo’qolgandan keyingina bilinadi.

13.Odamlarning maqsadlari xilma-xil, xalqlar o’rtasida tortishish va talashish ko’p bo’ladi.

14.Yolg’onchilikdan chetlanib, rostgo’ylikka yuz tutgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg’onchining o’zi ham sevib maqtaydi.

15.Agar habarga yolg’on-yashiq aralashmaganda u ko’rishga nisbatan ortiqroq o’rinda turgan bo’lur edi.

16.Asosi bo’lmagan fandan voz kechilsa ham bo’ladi.

17.Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi3.

18.Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzalroqdir.

19.Nodonlik bedavo kasallikdir.

20.Tarjimadagi iboralarda (asldagidan) ixtilof bo’lmay iloj yo’q.

21.Bir narsani oson yoki qiyin deb mutloq qilib aytish kam uchratiladi, balki ahvolning turlichaligiga qarab oson va qiyin deyiladi; u narsa axvolga ko’ra bir jihatdan oson va boshqa jihatdan qiyin bo’ladi.

22.Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.

23.Har bir erta uchun unda paydo bo’ladigan narsa bor.

24.Minnat qilingan ehsonni yo’qqa chiqaradi.

25.Bilimsiz kishilarning ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi.

26.Doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi.

27.Odamlar bilmagan narsalariga shubha ko’zi bilan qaraydilar.

28.Yunon faylasuflari avom xalq, uchun emas, balki yuqori tabaqalar (manfaatlari) uchun usul va qoidalar ishlab chiqqanlar.

29.Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan o’zini himoya qilish bor.

30.Bugunning chorasini ko’rib ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

31.Ommaga nisbatan podshohda faqir bo’lib qolish xavfi kamroq, halokatga yaqinlashish xatari ko’proq bo’ladi; albatta, u kam narsa (ya’ni faqirlikdan qo’rqish) ko’paymaydi va u ko’p narsa (ya’ni halokatga yaqinlashish xatari) yo’q bo’lmaydi.

32.Ba’zi bir so’zlar borki, u bir din va tilda bema’ni bo’lsa, boshqa din va tilda bema’ni bo’lmaydi.

33.Beozorlarga ozor berib lazzatlanuvchilardan Xudo o’ch olsin!

34.Tarjima qilgan kitobiga bob qo’shib ishonchsiz bo’lgan kishi tarjimada ham jumla orttirib ishonchsiz bo’lishdan chetda qololmaydi.

35.Tabiat yaxshini yomondan ayirmasdan, hamma narsaga bir xilda ta’sir qiladi.

36.Hasad bilan g’azab ikki qanot bo’lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi.

37.Ulug’ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi.

38.Ba’zilar isbot kuchsiz bo’lsa ham o’zlariga yoqqan narsani tan oladilar, garchi rost bo’lsa ham, e’tiqodlariga to’g’ri kelmaydigan narsadan qochadilar.

39.Har bir yangi narsada lazzat bor.

40.Maqsad va irodalar har xil bo’lgach, hunar va sinoatlar ham rang-barang bo’ladi.

41.Birovni zo’rlik bilan va yollab ishlatish doimiy bo’lmaydi, to’g’ri ham kelavermaydi.

42.Yoqutdagi teshik uning ayblaridan biri hisoblanadi1. Chunki teshik yoqut go’zalligiga dog’ tushiradigan tomonlaridan sanaladi.

43.Ko’pchilik kishilarning tabiatini pastkash qiladigan yomon xulqdan, haqiqatni ko’rishga imkon bermaydigan omillardan tozalash kerak.

44.Inson hayotidagn zarurat, ehtiyojlar ularda ilmlarga bo’lgan talablarni keltirib chiqaradi. Bu ehtiyojlarga ko’ra ilmlar har xil tarmoqlarga bo’linadi.

45.Ilmlarning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plashda bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdadir.

46.Shoir tilini sahovat tig’i bilan qirqmoq kerak.

47.Til - so’zlovchi istagini eshituvchiga etkazuvchi tarjimondir.

48.Ba’zilar tillarida birgina narsaga ko’p ism borligi bilan maqtanadilar. Holbuki, unday holat tilning eng ulug’ ayblaridan sanaladi.

49.Tilning vazifasi shuki, unda kishi bir narsani aytganda boshqasi haligining maqsadini darhol anglashi kerak.

50.Agar bitta narsaga bir ismping o’zi kifoya bo’lgan holda har bir qabila yo tabaqa unga o’zi istagancha har xil ism bersa, ismlar ko’payib, maqsad bekik qolishiga sabab bo’ladi; bittasidan boshqalari bekorchi, ma’nosiz va befoyda bo’ladi. Ularni yodlashda umr zoe bo’lib, mashaqqatlar chekishga sabab bo’ladi.

51.Buyurilgani uchun nusxa ko’chiruvchilar bekorchi narsalarni ham ko’chiraverganlar2.

52.Odamgarchilik kishining o’zi, urug’-aymog’i va o’z ahvoliga ta’sir etish bilan cheklanadi. Mardlik esa undan ham ustun turib, undan tashqariga ham o’tadi. Odamgarchiligi bor mard kishi o’zidan va o’ziniki ekanligiga hech kim tortishib o’tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.

53.Xayr-sahovat ham mardlik sanaladi.

54.Mardi maydon shunday odam bo’ladiki, ertayu-kech dushmanga zararu do’stga foyda keltiradi.

55.Har bir insonning qadr-qiymati o’z ishini qoyil qilib bajarishida.

56.Istagiga erisha olmagan kishini malomat qilinmaydi.

57.Ishi yurishmaganni tahqirlama.

58.Ziddiyatliligi ravshan va ayon bo’lgan narsaga qanday inonib bo’ladi?!

59.Uzoq zamon, davr o’tavergach, tabiatda nasllarning ketma-ket saqlab borilishi kam uchraydi, balki bunday vaqtda biron naslga nisbat berilishining to’g’ri yoki noto’g’ri ekanini ko’pchilikning bir fikrga kelishuvi va ilmiy guruhlarning bir og’izdan uni tasdiqlashi orqali bilinadi.

60.Suqrot odamlarning sanamlarga ibodat qilishiga qarshilik ko’rsatib, sayyoralarni Xudo deb atashdan bosh tortdi. Shuning uchun Afinaning o’n ikki qozisidan o’n bittasi uni qatl etishga fatvo berdilar. Suqrot esa haq yo’ldan qaytmaganicha o’lib ketdi1.

61.Dushmanlar hamisha nasablarga ta’na qilish, nomuslarni erga urish, turli uydirma gaplar tarqatishga urinadilar. Do’stlar va xayrixohlik qiluvchilar esa yomonni yaxshi, qilib ko’rsatishga, halal etkazadigan yo’lni undan to’sishga tirishadilar.

62.Agar o’simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o’sishiga sharoit bo’lmay, o’sishdan to’xtasa ham, boshqalarida bu ahvol bo’lavermaydi. Ularning hech qaysisi vujudga kelishida birdaniga paydo bo’lmaydi, birdaniga yo’qolib ham ketmaydi. Uning o’zi yo’qolsa ham, o’z o’xshashi (nasli)ni qoldirib ketadi. Hatto u bir emas, balki bir nechasini qoldiradi.

63.Payg’ambarlarning ba’zilariga hech kim ergashmay, halok bo’lgan va o’zidan keyin nomidan boshqa hech narsa qolmagan. Ba’zilariga ma’lum xalqlar ergashgan

64.Kishi o’z mehnat va mashaqqat chekishlari jarayonida, garchi u insonlarning eng aqllisi va eng ziyragi bo’lsa ham, hamisha shodu hurramlikni orzu qilib, sevinch keltiradigan narsalarga moyil bo’ladi va yolg’on ko’riladigan narsalardan tortiladi; shu bilan telbalanib, yaxshi tushlar ko’rsa xursand bo’ladi, hatto fol va munajjimlar gapiga ishonadi.

65.Odamlar tuzilishlarining rangi, surat, tabiat va axloqda turlicha bo’lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va erning odam yashaydigan joylarining turlichaligidan hamdir.

66.Tillarning turlicha bo’lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tug’ilishidadir.

67.Hojatlarning turi bir xil bo’lmaydi, inson bir o’zi uni eplay olmaydi ham, bu borada yordamchilar ham kifoya qilmaydi1.

68.Ehtiyojlarning turi ham, soni ham ko’p, uni faqat ko’pchilik bo’lib birlashgan kishilargina bajo keltira oladi, shuning uchun inson to’p-to’p bo’lib yashashga muhtoj.

69.Oltin va kumush qadri odamlar orasida tabiiy suratda emas, balki sun’iy suratda yuksaladi. Chunki bu ikkalasi tosh bo’lib, odamni to’ydirolmaydi, tashnalikni qondirolmaydi, zararni daf qilolmaydi, mashaqqatdan saqlay olmaydi.

70.Ovqat sifatida nafi bo’lmay, inson qomatini tiklay olmagan va uning turini boqiy qoldirolmagan, kiyim bo’lib odamlarni o’rab issiq va sovuq paytlarda asray olmagan hamda pana er sifatida saqlanishga yordam berolmaydigan har bir narsa tabiatan maqtarli emas. Basharti maktovga sazovor bo’lguday bo’lsa ham, u tabiiy ravishda maqtalmaydi, balki hayotda zarur bo’lib, boshqaning ehtiyoji unga tushadigan narsa bo’lgani uchungina maqtaladi.

71.Ko’pchilik tomonidan botirlik deb tanilgan fe’l atvor, ya’ni urush maydonlarida bahodirlik qilish va turli-tuman halokatlarga duch kelishni pisand qilmaslik ham shijoatning bir turidir. Ammo uning hamma turlari ichida eng yukori darajali bir xili to’g’ri so’zlash yoki to’g’ri ish qilishda o’limni ham pisand qilmaslikdir.

72.Hammanipg tabiatida adolat bevosita sevikli va hamma uning yaxshiligini bilgani kabi, rostgo’ylik ham shunday.

73.Rostgo’ylik lazzatini totmagan yoki lazzatini bilsa ham, totishni istamagan kishi uni sevmaydi.

74.Yolg’onchilik kishini adolatdan yuz o’girtiradi: u zulm, yolg’on guvohlik, omonatga xiyonat, boshqalar mulkini1 xiyla bilan o’zlashtirish, o’g’rilik va xalqlarning buzilishiga sabab bo’ladigan boshqa yomon xulqlarni kishiga yaxshi qilib ko’rsatadi.

75.Yunon faylasuflari haqiqatni bayon qilishga urinsalar ham, avom xalqqa tegishli tushunchalarda ularning e’tiqodlari va shariatlaridagi ishoratlardan chetga chiqa olmadilar.

76.Shunday kishilar ham bo’ladiki, ularning tabiatiga yolg’on xabar tarqatish odati o’rnashib qolib, go’yo unga shu vazifa yuklangandek bo’ladi va yolg’on xabar tarqatmasa tinchiy olmaydi. Bu esa yomon xohishlardan va tabiatiga buzuk fikrlarning joylashganidan kelib chitsadi.

77.Odamlarda yoqtirgan kishilari tarafini olib, yomon ko’rgan kishilarini ta’na qilish odati bor.

78.Qomil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.

79.Ba’zilar o’zining bahuzurligini iloji boricha ko’rsatishga harakat qilib, qiynalganini yashiradi. Hatto ularning chin ahvolini bilmaganlar ularni boyga yo’yishadi.

80.Ba’zilar Xotam at-Toyga o’xshab o’z joniga qasd qilib bo’lsa ham, dushmaniga nisbatan sahovat va shafqat ko’rsatadi. Xotam dushman tilagini rad qilishga ko’ngli bo’lmay, qo’lidagi nayzasini dushmaniga tutqazgan.

81.But sanamlarni ishlagan kishilardan keyin ko’p zamonlar o’tib, sanamlar ko’p asrlar yashagan. Qeyigi ularning yasalish sabablari, talab qilingan sharoit unutilgan hamda sanamlar odatga kirib, rasmiy va odatiy narsa bo’lib qolgan.

82.Tanishish hamjinslik bilan yuzaga keladi. Agar unga xotirjamlik qo’shilsa, u xolda oshnachilik ikki karra ortadi, oradan nafrat ketdi.

83.Avom xalqning tabiati sezadigan narsalar bilan cheklanib, asldan kelib chiqqan shoxobchalarga qanoat qiladi, asosning tekshirilishini istamaydi.

84.Soqov nazarida barcha odamlar ham soqovdir.

85.Jins jinsiga tortadi, qush sheriklari bilan qo’nadi.

86.Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda ilgari ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdan iborat. Kimda shunday sifatlar topilsa, xukm uning foydasiga va kimda etishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi.

87.Har bir ilm va san’atning boshlanish nuqtasi bor. Shu nuqtaga yaqinlashgan sari u soddalashib boradi.

88.Har bir to’g’riyu noto’g’ri, yutug’u nuqsonni uning o’z jinsidan qidir.

89.Ikkala da’vogar rozi bo’lishibdi-yu, qozi rozi bo’lmabdi.

90.Jo’rttaga o’z so’zida turib olgan bilimsiz kishi bilan bahslashish na maqsad egasiga va na maqsadga biron foyda etkazadi.

91.Amir Ismoil Somoniy debdi: “Ajdoding shuhratiga suyanganingga o’zing shuhdat top”. Kimda-kim qarindoshlari sabab, yaqinlik axtarsa va o’tgan ajdodlari bilan faxrlansa, o’sha kishining o’zi o’lik, ajdodlari esa tirik sanaladi1.

92.Bir kishi o’z jinsini ulug’lab, yolg’on xabar tarqatadi. Bundan maqsadi o’zini ko’rsatish bo’ladi. Chunki uning o’zi o’sha jinsdan kelib chiqqan bo’ladi; yoki o’zini ko’rsatish maqsadida boshqa zid bir jinsni ayblab yolg’on gap yoyadi. Chunki u shu bilan uning ustidan g’alaba qozongan va o’z istagiga erishgan bo’ladi. Bu ikki xil xabarning yomon istak va g’azab taqozosidan kelib chiqishligi ma’lum.

93.Birov o’zi sevadigan bir tabaqaga minnatdorchilik bildirmoqchi bo’lib yoki yomon ko’radigan bir sinfni xafa qilmoqchi bo’lib, ular to’g’risida yolg’on xabar tarqatadi. U bu xabarni do’stlik yo dushmanlik natijasida tarqatgan bo’ladi.

94.Ba’zi bir kishilar o’zining past tabiatligi sababli biron yaxshilikka erishish uchun yoki o’zining yuraksizligi va qo’rqoqligi sababli yomonlikdan qutulib qolish uchun yolg’on xabar tarqatadilar.

95.Ba’zi kishilar yolg’on xabar tarqatuvchiga taqlid qilib, bilmasdan yolg’on xabar tarqatadilar.

96.Yolg’onchilik bilan mashhur bo’lgan kishilarning biridan: “Hech rost gapirganmisan”, - deb so’ralganida: “Rost gapirib qo’yishdan qo’rqmasam, yo’q der edim”, - deb javob bergan ekan.

97.Xalqlar haqidagi xabarni aniqlab bilishga inson umri etmaydi.

98.Xabar xabarchilar sababli rost va yolg’on tusini oladi.

99.Foydali bo’lgan joyda gapirmay, foydaga xalal etkazish nasihatni tark etish bo’ladi.

100.Kimki tozalik va pokizalikka o’z ixtiyori bilan berilib, uni saqlashga qodir bo’lolmasa, u ma’murchilikka erishadi1.

X U L O S A


Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy o’rta asrda og’ir mashaqqatli hayot kechirishiga qaramasdan, o’zining ilm-fan va ma’rifat sohasidagi ulkan xizmatlari bilan butun dunyoga o’z zamonasining buyuk faylasufi, munajjimi, matematigi, fizigi, dorishunosi, geografi, tarixchisi, adabiyotchisi, mashhur pedagogi va boshqa fanlarni chuqur bilgan qomusiy olim sifatida tanildi.

Olimning ilmiy merosi xali o’rta asr sharoitida jahatlardan qutilmagan G’arbiy Evropaga ilm nurini taratdi. Qomusiy olimning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “At-tafxim”, “Ma’sud qonuni” nomli asarlari olimni butun dunyoga tanitdi. Uning "Ma’sud qonuni" nomli asarlari o’sha davrda va keyingi davrlarda ham maktablarga o’qitilib kelingan. Abu Rayxon Beruniy o’zining ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qarashlari bilan falsafa fanining rivojiga hissasini qo’shdi. Qomusiy olim er sharining shakli, quyosh va yulduzlar hamda sayyoralar xudida, ularning harakati haqida aytgan fikrlari hozirgi kundagi astronomik kuzatishlarga juda mos keladi. Buyuk olim tarixchi olim sifatida, qadimgi xalqlarning kelib chiqishi, xorazmliklar, baqtriyaliklar tarixi xaqidagi ma’lumotlari katta ahamiyatga egadir. Beruniy “Hindiston” asarida hindlarning X-XI asrlardagi siyosiy va iqtisodiy axvoli to’g’risida, Hindiston xalqlarining din va mazxabi, urf-odatlari hamda ilmlari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Beruniy o’z davrida barcha fanlar tarixiga, ko’pgina halqlar madaniyatiga bebaho xissa qo’shishi bilan birga, din tarixiga o’zgacha bo’lgan va o’zidan keyingi musulmon dunyosi olimlari ichida birinchilardan bo’lib xissa qo’shgan. U fan va din tarixida qiyosiy, solishtirib, taqqoslab o’rganish metodining asoschisi edi.

Beruniyning pedagogik va ijtimoiy-siyosiy qarashlarida fazilatli, dono davlat boshliqlari, ta’lim-tarbiya berish bilan shug’ullanuvchi oqil, bilimdon muallimlarga ahamiyat beriladi va jamiyatning rivojlanishida ma’rifatning va ma’rifatli shaxsning roli alohida ko’rsatiladi. Bu fikrlar X-XI asrlar e’tiboran jihatidangina emas, balki hozirgi ilm va ta’lim-tarbiya nuqtai - nazaridan yondoshganda ham juda katta ahamiyatga ega.

Beruniy ilmni rivojlantirish, haqiqatni oydinlashtirish uchun har qanday qiyinchilikka tayyor turgan prodali mutafakkir bo’lgan. Beruniy so’nggi nafasigacha dunyo sirlarini ochish bilan birga insoniyat yaratgan bilimlarni umumlashtirish, o’rganish va bayon etishga sarflagan.

Beruniyning butun hayoti Vatanga, muqaddas Xorazm yurtiga, fanga, insoniyatga xizmat qilishning go’zal namunasidir. O’z burchini yuksak darajada anglash, mehnatsevarlik, g’aflat va eskilikka qarshi kurash, doimo izlanish, tadqiq etish singari xususiyatlarning hammasi Beruniyga hos ko’rkam fazilatlar edi. shuning uchun ham Beruniyni uning zamondoshlari va keyingi asrlarda yashab, ijod qilgan mutafakkirlar ham o’zlarining ustozlari deb tan olganlar. Ilmiy-falsafiy, pedagogik bilimlar taraqqiyoti tarixida Beruniydan boshlab to bizning davrimizgacha fan va fan tarixi bilan mashg’ul bo’lgan olimlarning ilmiy-ijodiy kamolotida ozmi-ko’pmi Beruniyning ustozlik roli ancha katta bo’lgan. Umar Xayyom, N.Tusiy, Chag’moniy, Ulug’bek, Ali Qushchi va boshqalar Beruniyni o’zlarining ustozi deb hisoblaganlar.

Abu Rayxon Beruniyni jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan hissasi e’tiborga olinib, Beruniyni Nyuton, Bekon, Kopernik, Bruno, Kepler, Galiley, Torichelli, Lomonosovlar bilan teng qatorga qo’yamiz.



Birinchi beruniyshunos nemis olimi E.Zaxau Beruniyga "Fan okeanida yakkayu-yagona qoyadir", deb yuksak baho bergan.

Ulug’ vatandoshimiz Beruniy shunday degan edi: “Men shunday sharaf kiyimlarini qo’lga kirita oldimki, ularning xotirasi va yaltirashi, mening qoldirgan merosim kabi, kelgusi yillarda va nasllar oqimi orqali davom etadi”. Beruniy yanglishmadi, uning shuhrati asrlarni bosib o’tdi va hali davom etadi. Beruniy nomini abadiylashtirish uchun viloyatlar, shaharu-qishloqlar, oliy o’quv yurtlari, o’rta maktablar, kutubxona va tomoshaxonalar, ko’chalar, bor va xiyobonlar ulug’ Beruniy nomi bilan atalmokda. Bugungi kunda maktablarda va oliy o’quv yurtlarda Beruniy xaqida alohida fan sifatida o’tilsa bo’ladi. Uning asarlari falsafiy, pedagogik, ilmiy-texnikaviy, tarixiy, geografik qarashlarining teranligi bilan ajralib turadi. Maktablarda O’zbekiston tarixi bo’yicha ilk o’rta asrlar Renessans davrini o’rganishda, o’qishda berilgan ma’lumotlardan o’qituvchi ham, talaba-o’quvchilar ham referatlar yozishda, mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda, tarbiyaviy soat o’tkazishda, test savol-javoblari tuzishda foydalanishi mumkin. Buyuk alloma Beruniy asarlarining mazmun va mohiyatidan, uning ta’lim - tarbiya to’g’risidagi olamshumul fikrlari, madaniyat va tarix xazinasiga bitmas-tuganmas hissa bo’lib qo’shildi.

Mavzu yuzasidan tavsiyalar:

-“Abu Rayxon Beruniy - buyuk qomusiy olim” kabi maxsus kurslarni o’rganishda qo’llanilishi mumkin.

-O’rta maktablarda “O’zbekiston tarixi” fanidan IX-XII asrlar Renessansi davrini o’rganishda o’quvchilarga mustaqil ishlar, referatlar yozishda, to’garak mashg’ulotlarida, tarbiyaviy soatlarda ma’ruza tayyorlashda tavsiya etish mumkin.

-Beruniyning qomusiy olim bo’lganligini o’quvchilarga tushuntirish, uning merosining adamiyatini ochib berish o’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’usi, ajdodlari bilan faxrlanish, bilimlarini kengaytirishga qiziqishni tarbiyalaydi.



Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish