Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari”



Download 457 Kb.
bet1/16
Sana07.09.2021
Hajmi457 Kb.
#167935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
“АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ, ФАЛСАФИЙ ВА ТАБИИЙ-ИЛМИЙ ҚАРАШЛАРИ”


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
SIRDARYO VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari”

kafedrasi



Qo’lyozma huquqida
Nomutaxasis “Milliy g’oya” qayta tayyorlov kursi tinglovchisi

_____________________________________ning

ABU RAYHON BERUNIYNING IJTIMOIY-SIYOSIY, FALSAFIY VA TABIIY-ILMIY QARASHLARI”

mavzusidagi

BITIRUV-MALAKAVIY ISHI


Himoya uchun qabul qildi:

Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri O.Begiyev ___________


“____”_________2014 yil





Ilmiy rahbar:

“____” ________2014 yil



Guliston-2014

MAVZU: ABU RAYHON BERUNIYNING IJTIMOIY-SIYoSIY, FALSAFIY VA TABIIY-ILMIY QARAShLARI

REJA:

KIRISh
I BOB BERUNIYNING HAYoT FAOLIYaTI



1.1.Beruniyning hayoti.

1.2.Beruniyning buyuk alloma bo’lib etishidagi shart-sharoitlar.


II BOB BERUNIY MEROSINI MUSTAQILLIK YILLARIDA O’RGANILIShI

2.1.Beruniyning ilmiy-tabiiy merosi.

2.2.Beruniyning tabiiy fanlar rivojiga qo’shgan hissasi.
III BOB BERUNIYNING IJTIMOIY-SIYoSIY VA FALSAFIY QARAShLARI

3.1. Beruniyning “Javohirotlar kitobi”da ijtimoiy-siyosiy va falsafiy qarashlarini aks etishi.

3.2. Beruniy hikmatlarida bunyodkorlik g’oyalari va falsafiy fikrlar talqini.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar.
ILOVALAR

K I R I SH




Beruniy ilmiy masalalarda ham, tarixiy voqea-hodisalarga, o’z zamondoshlariga baho berishda ham o’ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko’p aziyatlar chekkan, xatto umrining ohirida turmush qiyinchiliklariga duchor bo’lgan, ammo har qanday og’ir sharoitga qaramasdan, e’tiqodidan qaytmagani uning o’z ma’naviy ideallariga naqadar sodiq bo’lganidan dalolat beradi.

I.A.Karimov

O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgandan cÿng, jamiyatning yangilanish mafkurasi, yangicha fikrlash, ma’naviy-madaniy meros, madaniy aloqalarni haqiqiy ilmiy asosda tushunish, talqin etishda keng imkoniyat yaratildi. Mustakillikka erishgan respublikamiz milliy madaniyatining rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bÿlmish madaniy merosimizni keng va chuqur hamda ilmiy asosda izchil o’rganishimizni taqozo etdi.

Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo halqlari tarixi ÿz boshidan turli voqealarni, ko’tarilish va susayish davrlarni kechirgan. Bu davrlar tarixda shubhasiz ma’lum iz qoldirgan. Xususan, madaniyatimiz taraqqiyotida IX-XII asrlar katta rol o’ynadi. Bu davr O’rta Osiyo halqlarini dunyo ilm-fani sohasida mashhur qildi. Chunki O’rta Osiyo halqlarining bu davrda qo’lga kiritgan madaniy yutuqlari, yangiliklari dunyo ilm-fan rivojining ajralmas xalqasini tashkil etdi.

Yaqin va O’rta Sharqda islom dinining tarqalishi Yaqin sharqda arab xalifaligining shakllanishi va rivoji bilan uzviy bog’liqdir. Bu xalifalik islom bayrog’i ostida asta-sekin Arabiston chegarasidan chiqib, O’rta Sharq tomon yurish boshlab, u erdagi mamlakatlarni bosib ola boshladi. Bu jarayon islomni tarqatish bilan uzviy bog’liq holda olib borildi. VIII asr ohiri - IX asrning ÿrtalariga kelib, arab xalifaligi Sharqda eng kuchli rivoj topgan imperiyaga aylandi. Xususan xalifalar Mansur, Xorun ar-Rashid, Ma’mun davrlarida xalifalikning markaziy shaharlari, xususan Bog’dod iqtisodiy va madaniy jihatdan eng rivoj topgan shaharlardan biriga aylandi. Madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi. Bu erda turli ilmiy, diniy munozaralar avj oldi, turli mamlakatlardan kelgan ilm vakillari tomonidan keng ilmiy muxokamalar uyushtiriladigan bo’ldi, ilmgohlar vujudga keldi, kitoblar ko’chirtirildi, turli tillardan arab tiliga ilmiy kitoblarni ko’chirtirish boshlandi, maxsus tarjimonlar maktabi vujudga keldi, ilmiy ish bilan shug’ullanish kuchaydi. Bu jihatdan, ayn iqsa, Xorun ar-Rashid va Ma’mun davri muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda birinchi akademiya – “Donishmandlar uyi” tashkil topdi va bu erda turli ilmlarning rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratildi, Arab xalifasi Ma’mun uning rivojiga mahsus mablag’ ajratib turdi, olimlarga homiylik qildi.

Akademiya – “Donishmandlar uyi”da xalifalikning turli ÿlκalaridan kelgan arab, yahudiy, fors, turk, hind, yunon olimlari birgalikda ish olib bordilar. Uning faoliyatida O’rta Osiyodan borgan olimlar ham muhim rol o’ynadi. Bu davr ilmiy adabiyotlarida adabiyotlarida Yaqin Sharqda Uyg’onish davri sifatida talqin etiladi. Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Buxoriy, Firdavsiy kabilar o’sha davr yuksalishining vakillaridir.

Bu davrning harakterli tomonlaridan biri shundaki, ilm-fan, san’at va adabiyot, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy asarlar - arab, fors-tojik va turkiy tillarda ijod etildi.

O’rta asrilm-fani shu darajada yuksaklikka ko’tarilganki, dunyoviy ilmlar, turli aniq fanlarning yutuqlari, natijalari uning mazmunini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan, turli sohalarda ijod etilib, katta yutuqlar qo’lga kiritilgan. O’rta Osiyoda dinshunoslikning o’ta rivoj topgan asri IX asr bÿlca, XII asr ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi bo’ldi. O’sha davrdagi ilm-fanning hajmi, miqyosi, kengligi ayrim mualliflar asarlarida uchrovchi ilmlar tasnifida yaqqol namoyon bo’ladi.

IX-XII asrlar davomida O’rta Osiyo olimlari dunyo ilm-fanning turli sohalari bo’yicha, xususan, arab yoki an’anaviy ilmlar, ya’ni asosan gumanitar ilmlar sohasida ham, falsafiy ilmlar, tabiatshunoslik ilmlar sohasida ham juda ulkan hissa qo’shdilar. O’rta Osiyodan chiqqan Beruniy, Xorazmiy, Farg’oniy singari olimlarning nomi butun Shark va Evropa o’rta asrida nihoyatda hurmat bilan tilga olinadi.

Xususan, shunday qomusiy olimlardan biri - xorazmlik Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad Beruniydir. O’zining kuchli qobiliyati, fan sohasida kÿp masalalar ucτida ishlashi bilan dunyo faniga o’z ijodiy xizmatlarini qo’shgan olimlardan biridir.


Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish