17 O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni.
Reja:
1.Geosiyosat fani haqida tushuncha.
2. Geosiyosiy bosqichlar
3. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari.
4. Geosiyosat klassiklarining asosiy g’oyalari, tamoyillari va hozirgi
zamon geosiyosat maktablari, nazariyalari.
Geosiѐsatning alohida ilmiy-tadqiqot sohasiga aylanishi va uning nazariy-metodologik asoslarining tarkib topishi hodisasi birdaniga yuz bergan emas. Insoniyat bungacha xiyla uzoq nazariy va amaliy taraqqiyot bosqichini bosib o‘tdi. XIX asr oxiridan boshlab XX asrning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrda geosiѐsat alohida ilmiy yo‘nalishga aylandi. Ayni chog‘da bu jaraѐn, asosan, uning amaliy fan sifatida shakllanishi tarzida yuz berdi va akademik ilm ehtiѐjlariga qaraganda ko‘proq davlat siѐsatini (xususan, harbiy strategiyani) rejalashtirish ehtiѐjlari va siѐsiy arboblarga amaliy tavsiyalar berish bilan bog‘liq bo‘ldi. Faqat XX asr boshlaridan, Evropada ilmiy bilim rivojlanishi munosabati, ayniqsa, yangi siѐsiy voqeliklarni bilish ehtiѐji bilan bog‘liq holda geosiѐsat asta-sekin akademik ilmga aylandi. Dastlabki bosqichlarda klassik geosiѐsatchilar geosiѐsatga ijtimoiy-falsafiy pozitsiyadan ѐndashdilar va bu fandan asosan mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalandilar. O‘sha vaqtlari davlatlararo munosabatlarda mamlakatning makon, hudud va ijtimoiy xarakteristikasida geografik omillaridan foydalanishga alohida e’tibor berildi. Klassik geosiѐsat asoschilari uchun davlatning geografik holati, makon xarakteristikasi, hudud, aholisi, qo‘shnilari va shunga o‘xshash masalalar asosiy tadqiq ob’ekti bo‘ldi. Bundan tashqari, bu fan asosan makon uchun kurash, mustamlakachilik kuchaygan hamda jahon milliy, sinfiymafkuraviy zaminda bir-biriga zid frontlarga ajralgan (1900-1939 yillar) bir davrda shakllangani munosabati bilan u muayyan darajada sinfiy, siѐsiy, binobarin, sub’ektiv xarakterga ega bo‘ldi. Qadimgi davrlarning faylasuflari, sayѐhlari, tarixchilaridan XVI-XIX asrning davlat boshliqlari va ularning atrofidagi dono mutafakkirlarga qadar hammasi u ѐki bu darajada o‘z mamlakatining tabiati, geografiyasi, tarixi, madaniyati, harbiy va geosiѐsiy muammolarini o‘rganganlar, qo‘shnilar bilan muayyan munosabatlar o‘rnatganlar, ular bilan muloqotda bo‘lib turganlar. Faqat biz ko‘rib chiqaѐtgan davrda bu faoliyatni ilmiy asosda umumlashtiradigan va shakllantiradigan geosiѐsiy deb ataladigan ilmiy markazlar bo‘lmagan. XVII-XIX asrlarda Evropada va butun dunѐda boshlangan davlatlarning markazlashuv va mustamlakachilik jaraѐnlari, teran geosiѐsiy tafakkurga ega bo‘lgan ba’zi qirollar, davlat boshliqlari, harbiy sarkardalar, shuningdek ularning atrofidagi geograf-sayѐhlar, olimlar, ilg‘or mutafakkirlar va ular ѐzgan asarlar geosiѐsat fanining ilk manbasi va intellektual zamini bo‘lib xizmat qildi. Ingliz tarixchisi A.Toynbining so‘zlari bilan aytganda: evropaliklarning jahonning qolgan aholisi bilan dastlabki dramatik to‘qnashuvlari yangi tarixning eng asosiy hodisasiga aylandi va shundan keyin “barchaning yagona makon va zamon doirasida yashashga mahkum ekani” to‘g‘risidagi oddiy haqiqatni anglatdi. Albatta, o‘zgargan tarixiy muhit va yangi geosiѐsiy voqelik barcha manfaatdor idoralar va fikrlovchi kishilardan xalqaro va davlatlararo munosabatlarni, geosiѐsiy harakatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi tabiati, sabablari va oqibatlarini, ularning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini, makon-hudud omilining dunѐ tartibotiga ta’sirotini va boshqa geosiѐsiy masalalarni o‘rganishlarini taqozo etdi. Ko‘rib chiqilaѐtgan davrda tabiiy, shuningdek ijtimoiygumanitar fanlarda ma’lum bo‘lgan bilim, faktlar va nazariyalar geosiѐsatchilar murojaat qiladigan ilk manbalar bo‘ldi. Tadqiqotchilar bunday fanlar orasidan birinchi navbatda geografik determinizm nazariyasini qayd qiladilar. Bu nazariya o‘sha davr fanida keng qo‘llanilgan. Bu shu bilan bog‘liq ediki, geosiѐsiy tadqiqotga kirishgan olimlar kishilar va xalqlar, ularning madaniyati, ijtimoiy qurilishi, xarakteri va xulqatvori tabiat va atrof-muhitga, davlatlarning rivojlanishi darѐlar va dengizlarga, qulay iqlim va tuproq unumdorligiga, ularning xavfsizligi tabiiy istehkom, tog‘, o‘rmon va boshqa himoya vositalariga bog‘liq ekanini endi tushunib etgandilar. Bundan tashqari ko‘rib chiqilaѐtgan davrda ilmga ko‘pgina utopik “organik nazariyalar”, davlat va xalqni biologik organizmga muqoyasa qiladigan g‘oyalar ma’lum edi. SHuning uchun klassik geosiѐsatchilar jamiyatda mavjud makon-geografik va organik nazariyalardan xabardor bo‘lib, shu asosda o‘z konsepsiyalarini rivojlantirish imkoniga ega edilar. Albatta, ilmda barcha hodisa va jaraѐnlarni tabiiy-tarixiy qonuniyatlar bilan izohlash oson bo‘lgani uchun klassik geosiѐsatchilar lozim bo‘lgan chog‘da ulardan bu fanning asosiy manbasi sifatida foydalanar edilar. XIX asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan O.Kontning “pozitivizm”, CH.Darvinning “tabiiy rivojlanish” va shunga o‘xshash boshqa nazariyalarni ham tadqiqotchilar geosiѐsat fanining ilk manbalari va nazariy-metodologik asosi sirasiga qo‘shadilar. Bu nazariyalar insonlarning haѐti va faoliyati, madaniysivilizatsion taraqqiѐt, davlatlarning xatti-harakati va davlatlararo munosabatlarning sabab va natijalarini va hokazo geosiѐsiy masalalarni bevosita izohlar edi. Masalan, sotsial-darvinizm davlatlar va xalqlar orasida urushlar, konfliktlar, iqtisodiy, madaniy raqobat bo‘lishi tabiiy va ular milliy taraqqiѐtning asosini tashkil etadi, deb tushuntiradi. Albatta, o‘sha davrda klassik geosiѐsatchilar asosan hudud bosqinchiligi va makonlarni qo‘lga kiritish, ular ustidan geostrategik nazorat o‘rnatish vazifalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanganliklari e’tiborga olinsa, u holda sotsialdarvinizmning bu g‘oyasi geosiѐsatchilar uchun juda jiddiy manba va nazariy asos bo‘lib xizmat qilgani shubhasiz. Faqat hozirgi davrda turli kuch markazlarining global darajada strategik makonlar ustidan turli xarakterdagi – harbiy, iqtisodiy, siѐsiy, madaniy, ijtimoiy, axborot, ekologik va h.k. nazorat imkonlarining ahvolini, dinamikasini va mayllarini o‘rganish kabi vazifalar ilmiy konsepsiya sifatida geosiѐsatning vazifalari qatoriga ilova etilgan1 . O‘z navbatida, geografik omillar va tabiat hodisalarining xalqaro siѐsat va davlatlarning faoliyatiga ta’sirini o‘rganish geosiѐsiy tadqiqotlar va nazariyalarning jadallashishiga turtki berdi. O‘sha davrda bunday tadqiqotlar asosan boshqa fanlar: falsafa, tarix, geografiya, harbiy strategiya va shu kabilar doirasida olib borildi. Geosiѐsiy g‘oyalar va nazariyalar tarixi bashariyat tarixining qadimgi davrlaridan to davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishigacha bo‘lgan butun bosqichlarini o‘zida aks ettiradi. Qadimgi davrlarda geosiѐsiy muammolarga qiziqish tasodifiy bo‘lmagan. Bu qiziqish ko‘pgina ob’ektiv jaraѐnlar ta’sirida paydo bo‘lgan. Jahonda so‘nggi mingyilliklarda insoniyat jamiyatlarining rivojidagi ba’zi umumlashtirilgan namunalar, takrorlangan jaraѐnlar, ko‘pgina o‘xshash hodisalar keng taxayyulli kishilarga muayyan umumlashmalar qilish va tegishli xulosalar chiqarishlari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Olim R.T. Muxaev turli geosiѐsiy jaraѐnlarni umumlashtirish natijasida quyidagi ilmiy xulosaga kelgan: Birinchidan. Tamaddunlar va tamaddun markazlari uzoq davr mobaynida muayyan makonda paydo bo‘lgan va rivojlangan.Aksariyati ilk o‘laroq muayyan makonda vujudga kelgan bunday tamaddunlar va ularni yaratgan “madaniy xalqlar” keyinchalik atrofidagi “g‘ayri madaniy” xalqlar yashaydigan erlarni ishg‘ol qilib, o‘zining “haѐt makoni”ga qo‘shib olgan va o‘z hududini yanada kengaytirgan. (Boshqa o‘lkalarni bosib olish evaziga buyuk imperiyalar bunѐd qilgan xitoylar, arablar, mo‘g‘ullar, usmoniylar tajribasi bu da’voning to‘g‘riligini ko‘rsatadi). Ikkinchidan. Iqtisodning ekstensiv rivoji (asosan xom ashѐ, boyliklar va o‘zga erlarni qo‘lga kiritish yo‘li bilan erishilgan taraqqiѐt) davrida makonlarning qo‘lga kiritilishi geosiѐsiy faoliyatda hal qiluvchi omil sifatida kun tartibiga qo‘yilgan edi. SHu boisdan buyuk davlat va madaniyat egasi bo‘lgan mamlakatlarning siѐsati mutloq tarzda imperialistik xarakter kasb etardi va bu mamlakatlar hamisha atrofidagi erlarni nazorat ostiga olish evaziga kengayib borardi. Uchinchidan. Ilk tamaddunlarning barchasi darѐlarning bo‘yida paydo bo‘lgan. Bu bashariyatning oddiy haѐtiy faoliyati o‘rtaga chiqargan bir haqiqat va qonuniy natija edi. Tabiiy omillarning inson haѐtidagi roli bag‘oyat katta va dolzarb bo‘lgan. Bundan tashqari jamiyat evolyusiyasida tabiiy shart-sharoitning rolini tushunishga olib kelgan boshqa omillar ham bo‘lgan1 . Muallifning fikricha, m.o. 1 ming yillikda sayѐramizda ikkita muhim hodisa ro‘y bergan. Ularning biri Er kurrasining iqlimi qo‘qqisidan sovib ketishi natijasida “haѐt makoni”ning ancha o‘zgarishi, ikkinchisi – insonlar ongidagi inqilobiy to‘ntarish bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu inqilobiy o‘zgarishlar kishilarning o‘sha vaqtgacha mavjud bo‘lgan taraqqiѐtga – Misr, Bobil, YUnoniston va boshqa qadimgi tamaddunlarga hayratomuz mistik qiziqishi o‘z o‘rnini yangi, realistik tabiiy va rivojlanuvchi dunѐqarashga bo‘shatib berishi uchun sharoit yaratdi. Nemis faylasufi, tarixchi va ruhshunos Karl YAspers (1883- 1969) Evropada birinchilardan bo‘lib o‘sha davrda butun dunѐda (Hindiston, Xitoy, Evropa, YAqin SHarqda) inson o‘z tasavvurida o‘zining bir butunligini anglash, o‘z imkoniyatlari va atrof muhitga ta’sir o‘tkazish kuchini his qilgani to‘g‘risidagi xulosaga keldi. Olim bu davrni “mehvar davri” deb atab, insonlar olamni oldingi mifologik tushunishdan, olamga mifologik, ruhiy va diniy ta’sir o‘tkazish to‘g‘risidagi tasavvurlardan qutulib, realistik fikrlashga va atrofdagi olamga o‘z shaxsiyati, kuchi bilan ta’sir o‘tkaza boshladilar, deb ѐzgan edi. Uning aytishicha, so‘zning tom ma’nosida, bu insoniyat tafakkuri tarixida inqilobiy to‘ntarish bo‘ldi. Jamiyatlarda sodir bo‘lgan keyingi hodisalar bo‘lsa, inson shaxsiyati va tushunchasi, o‘zgaruvchan vaqt va makon qadriyatlari bilan baholana boshladi. Real aql-idrokka ega bo‘lgan insonlar o‘z-o‘ziga biqinib olib, fantastik va samoviy kuchlarga umid bog‘lashdan voz kechdilar, endi ular o‘z yangi cheksiz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda real harakat qilishga o‘tdilar. YAspers milodgacha bo‘lgan davrda yashagan barcha xalqlarni ikkita – “tarixiy” va “g‘ayritarixiy” guruhga ajratadi. U xitoylar, hindlar, yunonlar, yahudiylarni tarixiy ѐki “mehvar” xalqlar, qolgan barcha xalqlarni g‘ayritarixiy xalqlar sirasiga kiritadi. U, o‘z navbatida, tarixiy xalqlarni yunonlar va xitoylar siymosida g‘arb va sharq xalqlariga bo‘lib, sharq-g‘arb tamaddunlarini ular shakllantirgan, intellektual inqilob ayni shu xalqlarda va ularning hududida ro‘y bergan, keyin boshqa hududlarga ѐyilgan, deb da’vo qiladi. Olimning fikricha, agar qadimgi odamlarda geosiѐsiy tushunchalar, atrofdagi olam, dunѐning tuzilishi, davlatlarning joylashishi va h.k. masalalar to‘g‘risidagi bilim idealistik an’analarga va mistik fikrlarga, ideal olam to‘g‘risidagi orzu-istaklarga asoslangan bo‘lsa, milodning birinchi asridan e’tiboran ayni realistik tafakkur tarzi hukmron mavqega ko‘tarilgan. Bu davrda makon, davlat va hokimiyat aloqalari, geografik muhit va siѐsiy taraqqiѐt orsidagi bog‘liqlik va boshqa geosiѐsiy jaraѐnlar o‘rtasidagi aloqalar taddrijiy ravishda insonlar tomonidan anglana va haѐtga joriy etila boshlaydi. Realistik tafakkur tarzi endi kishilarga atrofidagi olam va kundalik jaraѐnlar ustida amaliy faoliyat olib borishga imkon yaratadi. Kishilar davlatlarning kuchi bilan u joylashgan zamin o‘rtasida aloqadorlik va bog‘liqlik qidira boshladilar, bunga muvofiq ravishda geografik muhitning siѐsiy faoliyatga, siѐsiy hissiѐtlarga, urf-odat, an’analarga, xatti-harakat qonun-qoidalariga va ijtimoiy tuzilishga ta’sirini o‘rganish ehtiѐji maydonga keldi. Bularning o‘rganilishi esa, o‘z navbatida, insonlarni ijtimoiy-madaniy va siѐsiy o‘xshash inson jamiyatlari yaratishga va ularni boshqarishga ruhlantirdi. SHunga muvofiq tarzda, jamiyatlar, davlatlarning atrof muhit, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarga kirishishi va bunday munosabatlar o‘rnatishi ularni boshqa geosiѐsiy va geostrategik qadamlarni tashlashga majbur qildi. YUqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, qadimgi dunѐning dastlabki bosqichlarida garchi geosiѐsiy tafakkur asosan diniymifologik g‘oyalarga asoslangan va tegishli faoliyat olib borilgan bo‘lsa-da, tarixning muayyan bosqichida, turli omillarning ta’siri ostida kishilarda realistik tafakkur va shunga muvofiq realistik nazariyalar paydo bo‘lgan. Geosiѐsat fanining rivojlanish tarixini ham ayni shu davrga oid deb bilishadi. Tadqiqotchilarning fikricha, eng qadimgi geosiѐsiy ta’limot namunalari SHarqda (Xitoy, Hindiston, Arab dunѐsi va boshqa madaniyat o‘choqlarida) vujudga kelgan. Xitoy zaminida dastlabki davlat birlashmasi miloddan oldingi II ming yillik boshida barpo etilgan. M.o. XVIII asrda mamlakat SHan qabilasi hokimiyati ostida birlashtirilgan. Uzoq vaqt yagona davlat bo‘lgan Xitoyda m.o. V asrda ichki kurash boshlangan va davlat turli podsholiklarga bo‘linib ketgan hamda xorijiy istilolar uchun qulay sharoit paydo bo‘lgan. Ayni shu davrdan boshlab Xitoy imperiyasi chet davlatlarning hujumlariga duchor bo‘ldi va xitoy xalqi bir necha bor chet el bosqinchilariga qarshi kurashga bosh ko‘tarishga majbur bo‘ldi. Tadqiqotchilar umuman Xitoyda milliy birlikning shakllanishi tarixini CHjou imperiyasi davriga oid deb bilishadi. Mamlakat tarixida bu davr Xitoyda xorijiy dushmanlarga qarshi umumiy harakat boshlangani bilan xarakterlanadi. Xitoy aholisining ongida geosiѐsiy g‘oyalar va markazlashgan Xitoy davlati doktrinasi ayni shu davrda paydo bo‘ldi. Qadimgi xitoylarning geosiѐsiy tasavvurlariga ko‘ra, bu mamlakat “samo ostidagi dunѐning markazi” (xitoy tilida “tyan) edi. Aslida, Xitoy degan nomning o‘zi “chjungo” so‘zidan (chjun – “o‘rta”, go - “davlat”) kelib chiqqan bo‘lib, “o‘rta imperiya” degan ma’noni anglatadi. Bu vaqtdan boshlab Xitoy imperiyasi markazlashgan davlat tizimidan, qulay geografik sharoitidan va ularning so‘zi bilan aytadigan bo‘lsak, “parvardigor ularga in’om etgan ustunliklardan” foydalanib, zamonasining eng rivojlangan texnik, madaniy va harbiy imperiyasini bunѐd etdilar va atrofdagi hududlarni bosib olishga kirishdilar. Buyuk Xitoy imperiyasining eng gullab-yashnagan davri m.o. SH asrga Sin sulolasi davriga to‘g‘ri keladi. Bu sulolaning hukmronlik davridan boshlab Xitoyni markazlashtirish jaraѐni nihoyasiga etadi va Janubi-SHarqiy Osiѐning butun zamini uning tarkibiga qo‘shib olinadi. Qadimgi Xitoy davlatining rahbarlari atrofdagi olamga munosabatlarda o‘z harbiy, siѐsiy va geostrategik vazifalarini rejali ravishda, realistik va pragmatik boshqaruv asosida amalga oshira borib, jahonning boshqa davlatlari va xalqlari bilan o‘zaro munosabatning jiddiy va sistemali strategiyasini yaratdilar. CHet el bosqinchilariga qarshi kurash vazifasi bu strategiyaning eng o‘zak talablaridan biri edi. Mohiyat e’tibori bilan, tashqi bosqinchilarga qarshi kurash faqat Xitoygina emas, balki Qadimgi YUnoniston va Qadimgi Rim geostrategik faoliyatining asosini tashkil etgan va hukmron tabaqaning asosiy burchi hisoblangan. Bu davrda Buyuk Xitoy devorining qurilishi ham chet el bosqinchiligining oldini olish uchun davlat tomonidan ko‘rilgan tadbirlardan biri bo‘ldi. Qadimgi Xitoyda geosiѐsiy g‘oyalar mifologik, sotsioantromorfologik dunѐqarash asosida shakllangan esa-da, ular ayni chog‘da tugal realistik tushuncha namunasi bo‘lgan. Atrofdagi olamni jonli inson kabi tasavvur qilgan xitoylar insonning unga va jamiyatning patriarxal tuzilishiga bog‘liq ekanini to‘la idrok etardilar. O‘sha davrdagi (Lao-szi, Konfutsiy, Men-szi va m.o. 579-289 yillarda yashagan boshqa) mutafakkirlarning bizgacha etib kelgan qo‘lѐzmalarida ko‘p masalalar – qo‘shni katta va kichik davlatlar, bu davlatlarning bunѐd etilishida darѐ va ko‘llar, dengiz va okeanning roli, dunѐ markazida imperiyalarning joylashuvi, katta davlatlarning kichik davlatlar uchun jozibadorligi, geosiѐsiy hududlarga aholining o‘zaro kelishuv yo‘li bilan erlashtirilishi va h.k.lar to‘g‘risida qator harbiystrategik, geosiѐsiy va geografik g‘oyalar baѐn etilgan. CHunonchi, Konfutsiy (m.o. 551 – 479) “Lun-yuy” (“Mulohazalar va suhbatlar”) asarida garchi geosiѐsiy muammolar haqida to‘g‘ridanto‘g‘ri so‘zlamasa-da, qo‘shni davlat ustidan g‘alaba qozonish, hukmronlikning yashirin taktik usullari va yo‘llari (verbal kommunikatsiyalar vositasi), davlat rahbari va hukmron tabaqaning ma’naviy boshqaruvi asoslari, davlatning kuch-quvvati va uning makonda o‘z aksini topishi, ierarxiyali boshqaruv tizimi va uning xususiyatlari bilan bog‘liq qator masalalarni tilga olgan. Muallifning geosiѐsiy g‘oyalari, qo‘shni davlatlar ustidan g‘alaba qozonish va ularni o‘z ta’siri ostiga olish doktrinasi xitoylarning yashirin va ѐlg‘on uydirmalar yo‘li bilan firib berish, kutilmagan zarbalar berish singari tushuncha tarzi va strategiyasiga asoslangan edi. U bu strategiyani davlatni muvaffaqiyatli boshqarishning va insoniyat jamiyatida tabiiy farqlar bo‘lishining e’tirof etilishi bilan bog‘lagan edi. Konfutsiy tabiatdagi jonli organizmlar orasida bo‘lgani kabi jamiyatda ham har bir inson turlicha kuch, mavqe, huquq va burchlarga ega bo‘ladi, deb hisoblar edi. U o‘z ijtimoiy qonunqoidasini bunday izohlagan: “Hokim – hokim, ota – ota, o‘g‘il – o‘g‘il, idora qiluvchi ham, idora qilinuvchi ham o‘z o‘rni va huquqini bilmog‘i darkor”1 . Qadimgi Xitoy faylasufi Men-szining (m.o. 372-289) asarlarida ham original geosiѐsiy fikrlarni uchratish mumkin. Uning ilmiy merosida “to‘rt dengiz doirasida hokimiyat g‘oyasi” baѐn etilgan va geostrategik jihatdan asoslab berilgan. U Konfutsiyning “ma’naviy boshqaruv” konsepsiyasini “xalq va davlatga xizmat etish” falsafasi bilan boyitib, davlatga rahbarlik qilgan shaxs qandaydir qadam tashlashdan oldin uning geosiѐsiy natijalarini o‘ylab olishi, bu qadamning u rahbarlik qilaѐtgan davlat va xalqqa qanday oqibatlar keltirishi mumkinligini oldindan bilishi kerak, deb hisoblagan. Men-szining asarlarida, muallifning dunѐqarashiga muvofiq ravishda, “to‘g‘ri boshqaruv ilmi”ning formulasi va turli jihatlari baѐn etilgan. Uzoqni ko‘ra bilish, insonparvarlik va adolat muallifning “to‘g‘ri boshqarish” standartining asosiy alomatlari sifatida ko‘rsatilgan. Tarixiy adabiѐtlarda Xitoy davlatining rivojida Xan sulolasining (m.o. 206 – m.k. 220 yillar) hokimiyatiga alohida e’tibor berilgan. Xan sulolasi davlat faoliyatida realistik geostrategik dastur mavjud bo‘lgani geosiѐsiy ma’noda muhim ahamiyat kasb etgan va bu diqqatni jalb qiladi. Asosini uchta – Xitoyning hududiy butunligi, aholining asta-sekin ko‘payib borishi va ijtimoiy turmush normalari, ierarxiyali boshqaruvning o‘zgarmas qoidalari tashkil etgan bu geostrategik yo‘l mazkur sulola hokimiyatining muvaffaqiyatli boshqaruvi va Xitoyning XVIII asrga qadar sobit taraqqiy etishining chinakam geostrategik tilsimi kabi baholanishi mumkin. M.o. SH asrda hozirgi Hindiston hududida ham geosiѐsiy fikrmulohazalar maydonga kelgan. Bu davrda mazkur zaminda Harappa madaniyati asosida umumhindiston tamadduni shakllana boshlagan. Bu tamaddun m.o. II asr o‘rtalariga qadar mavjud bo‘lgan. M.o. II asrda jangari oriy qabilalarining bu hududga bostirib kirishi va ular tomonidan davlat tizimining barpo etilishi qadimgi Hindistonning geosiѐsiy, madaniy va harbiy strategiyasi paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu davlat rahbarlarining geosiѐsiy tushunchalari qadimgi oriylarning ma’naviy madaniyati obidasi bo‘lgan Vedalarda saqlanib qolgan. Bu obidalarda olam gul solingan savatlar suzib yuradigan okeanga o‘xshatiladi. Tadqiqotchilar hindistliklarning geografik tasavvurida bu savatlar va gullar sayѐra makonlari (qit’alar)ni, katta okean va uning ichidagi hududlar bo‘lsa, kontinental va subkontinental hududlarni, shuningdek SHimoliy erlarni bildirgan, deb hisoblashadi1 . Ba’zi geosiѐsatchilar bu manbalardagi er taqsimoti hatto hozirgi dunѐning dengiz, quruqlik va dengizlar orasidagi yarim orollar sistemasiga tom uyg‘un tushadi, deb aytishadi. Klassik nemis sayѐhi K. Ritter ѐzganidek, qadimgi oriylarning geosiѐsiy tafakkuri tabiat (okean va quruqlik) va inson jamiyati (davlat) orasida bog‘liqlikning birligini o‘zida aks ettirgan. Oriylar, xuddi xitoylar singari, borliq (dunѐ)ning markaziga tegishincha o‘z xalqi (mamlakati)ni qo‘yganlar va shu bilan etnomarkazchi g‘oyalarni jamiyat va madaniyat asosi, deb hisoblaganlar2 . Mohiyat e’tibori bilan, keyingi davrlarda, hatto klassik geosiѐsatda ham bunga o‘xshash g‘oyalar milliy geosiѐsiy nazariyalarning asosini tashkil etdi. Qadimgi Hindiston tamaddunining me’morlaridan biri, tarixchi, adabiѐtchi va madaniyatning boshqa sohalariga oid ko‘pgina g‘oyalar muallifi braxman Artxashatra Kautilyaning “Davlat boshqaruvi ilmi” kitobida (m.o. IV asrda ѐzilgan) va siѐsat ilmiga oid qo‘lѐzmalarida juda qimmatli geosiѐsiy g‘oyalar va fikrlar o‘z aksini topgan. Davlatni samarali boshqarish, boshqaruv va huquq, urush va diplomatiya masalalari, bo‘sh ѐtgan ѐki bosib olingan joylarga aholini joylashtirish qoidalari to‘g‘risida u o‘rtaga tashlagan fikrlar, shu jumladan geosiѐsiy mulohazalar bugungi kunda ham jahon geosiѐsatchilarini hayratda qoldirmoqda. Xususan, uning aholini joylashtirish ishi markaziy hokimiyat tomonidan olib borilishi kerakligi, aholini er bilan ta’minlash, chegaralarni tashqi bosqinlardan himoya etish uchun istehkomlar qurish va shu singari g‘oyalarini o‘z davrining eng ilg‘or nazariy fikrlari deb hisoblasa bo‘ladi. Albatta, Kautilyaning asarlari qat’iy geosiѐsiy mohiyatga ega bo‘lmagan va asosan davlat boshqaruvi masalalariga bag‘ishlangan edi. Biroq uning geografik omil va makon o‘rtasidagi bog‘liqlik, davlatning xavfsizligi va chegaralar to‘g‘risidagi g‘oyalari, ko‘pdanko‘p geostrategik mulohazalari o‘sha vaqtdagi geosiѐsiy tafakkurning namunasi bo‘ldi. Makonni davlatning muhim zahirasi va tashqi dunѐ bilan munosabatlarning asosi deb hisoblagan Kautilya yashash makonlarining chegaralari darѐlar ѐki tog‘lar, o‘rmon, butalar, jarlar, ko‘tarmalar bilan ihota etilishi darkor, deb ѐzgan edi. Uning fikricha, bu istehkomlar ѐ tabiiy bo‘lishi, ѐki yangidan barpo qilinishi lozim. Kautilyaning mulohazalari, garchi, umuman, qadimgi hindlarning diniy-idealistik qarashlariga suyangan bo‘lsa-da, geosiѐsiy va geostrategik masalalar, tabiat va uning strategik imkoniyatlari, geografik makon omillari va hokazolarga oid tushunchalari real geografik va tabiiy geosiѐsiy ma’lumotlarga asoslangan edi. Geosiѐsiy adabiѐtlarida Evroosiѐ qit’asining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan hamda Evropa, Markaziy va Janubiy Osiѐ, SHimoliy Afrika o‘rtasida oraliq mavqeni egallagan va taxminan 3 mln. kv.km.ni qamrab olgan Arabiston yarim oroli qadimgi arab dunѐsining geosiѐsiy makoni sifatida taqdim etiladi. Arab dunѐsining erlari shimoli-g‘arbda O‘rtaer dengizi, janubi-g‘arbda Qizil dengiz, janubi-sharqda Arab dengizi, shimoli-sharqda Fors ko‘rfazi sohillariga tutashib ketadi. Bu hududlarning tabiiy sharoiti quruq va issiq bo‘lib, hududning ko‘p qismi sahrodan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |