Sirdaryo abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


O‘zbekiston va jaxon xamjamiyati



Download 349,01 Kb.
bet21/27
Sana04.04.2022
Hajmi349,01 Kb.
#527852
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
uzb tar mavzular toplami

16 O‘zbekiston va jaxon xamjamiyati.

Reja:

1. Uzaro munosabatlarni xar tamonlama xisobga olgan xolda davlat milliy manfaatlarining ustunligi:
2. Teng xukuklik va uzaro manfaatdorlik, boshka davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik:
3. Mafkuraviy karashlardan qat’i nazar xamkorlik uchun ochiklik, umuminsoniy kadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saklashga sodiqlik



O‘zbekiston tashki siyosatining asosiy maksad va yunalishlari. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Uzbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan kup tomonlama faol tashki siyosatni amalga oshirish-davlatimizning mustakilligini mustaxkamlash, iktisodiy kiyinchiliklarni bartaraf etish va xalk turmushini yaxshilashning zarur sharti va goyat muxim vositasidir.
SHuni e’tiborga olgan xolda respublikamiz mustakillikka erishgandan keyin kuyidagi asosiy tamoyillar Uzbekistonning tashki siyosatiga, uni amalga oshirish yullarini belgilashga negiz kilib olindi.
1. Xalkaro xukuk normalarining davlat ichki normalaridan ustivorligi:
2. Tashki alokalarni xam ichki tamonlama, xam kup tamonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida yozib kuyilganidek, «Uzbekiston Respublikasi xalkaro munosabatlarning tula xukukli sub’ektidir. Uning tashki siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan xal etish, boshka davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, koidalariga va xalkaro xukukning boshka koidalari va normalariga asoslanadi». (17-modda)
Mamlakatimizning jaxon xalklari tinchligi va xavfsizligiga mos bulib tutgan tinchliksevar tashi siyosati uning ilgor mikyosidagi nufuzi, obru-e’tiborini kutarib Uzbekistonning barkaror rivojlanishi uchun kulay bulgan imkoniyatlarni yaratib bermokda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Bizni sotsialistik tuzumdan keyingi bir kator mamlakatlardan farklab turgan, yuksak darajada rivojlangan yuksak madaniy demokratik davlatlari bilan yakinlashtirib turgan, jaxon xamjamiyatiga xar tamonlama kushilib ketish uchun yul ochib berayotgan narsa fukarolar tinchligi, millatlararo totuvlik, ijtimoiy barkarorlikdir».1
Fukarolar urtasidagi tinchlik, millatlararo totuvlik va dustlik, ularni avaylab saklash va mustaxkamlashga intilish azaldan xalkimizning uziga xosfazilati bulib kelgan va xozirgi vaktda xam shunday bulib kelmokda. Xalklar urtasida tinchlik-totuvlik, dustlik va uzaro xamkorlik munosabatlarini urnatish millatimizning ongiga, koniga chukur singib ketgan.
Uzbekiston jaxonda tinchlik va xavfsizlikni saklash, tinchliksevar mamlakatlar bilan xar tamonlama xamkorlik alokalarini yulga kuyish xamda tarakkiyotga erishishning uziga xos yulini tanlagan. SHuning uchun xam uning jaxon xamamiyatidagi obru va e’tibori tobora ortib bormokda. Davlatlar urtasida xamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustaxkamlash va xavfsizlikni ta’minlashda birlashgan Millatlar Tashkiloti katta rol uynaydi. Uzbekiston 1992 yilning 2 martidan boshlab BMTning teng xukukli a’zosidir. Mazkur xalkaro tashkilot bilan xamkorlikda mintakamizda tinchlik, barkarorlik, millatlararo totuvlikni ta’minlashga karatigan kupgina savodli ishlar kilinmokda.

Ma’lumki, Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1993 yii BMT Bosh Ansambleyasining 48 sessiyasida suzlagan nutkida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va xamkorlik soxasida BMTning doimiy seminarini tashkil kilish tugrisida taklif kiritgan edi.


1995 yil 15-16 sentyabrda mazkur seminar-kengashining Uzbekiston poytaxti Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va xamkorlik masalalariga bagishlangan majlisi bulib utdi.
Seminar-kengashda BMT, EXXK, Islom Konferensiyasi tashkiloti delegatsiyalari, BMT xavfsizligi kengashiga a’zo mamlakatlar, Mustakillik Davlatlar xamdustligi, Markaziy Osiyo mamlakatlari vaillari, shuningdek mintakaga tutash davlatlar delegatsiyalari – jami 31 davlat, 6 xalkaro tashkilot ishtirok etdi.
BMT Bosh kotibining maxsus vakili Maxmud Mistirni seminarni ochar ekan, Uzbekiston tashabbusi bilan utkazilayotgan ushbu anjuman 50 milliondan ortik axoli istikomat kilayotgan Markaziy Osiyo mintakasida xavfsizlik va xamkorlikni ta’minlash yulida muxim axamiyatga egaligini ta’kidladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov seminar-kengashda suzlagan nutkida shunday dedi: «Biz mazkur seminarni mintakaviy xavfsizlik va barkarorlik tizimini urnatish va uni amalga siljitish yulida, Markaziy Osiyo mintakasi davlatlari va xalklari uchungina emas, balki bu mintakaga chegaradosh ulkan xudud uchun xam juda zarur bulgan xamkorlikni rivolantirish uchun mustaxkam asosni shakllantirishda turli fikr va yondashuvlarni yuzaga chikarish va ularni bir-biriga yakinlashtirishdan manfaatdor bulgan anjuman deb baxolaymiz».1
Anjuman katnashchilari «Markaziy Osiyoda xavfsizlik va xamkorlik masalalari buyicha Toshkent seminar-kengashi ishtirokchilarining bayonoti»ni kabul kildilar.
Mazkur Bayonotda Markaziy Osiyo davlatlari mintaada vujudga kelayotgan vaziyat uchun uzlarining mas’uliyatini tula xis kilib, mintakaviy xavfsizlik, barkarorlik va xamkorlikni taminlash jaxon xamjamiyatining muttasil rivojlanishiga uzlarining kollektiv ravishda kushadigan muxim xissasi ekanligidan kelib chikib xarakat kilishlarini e’tirof etib, shunday deyilgan:
«Boy ijtimoiy-siyosiy, etnik va madaniy rang-barangligi bilan ajralib turgan Markaziy Osiyo mintakasi xavfsizlik, barkarorlik va izchil tarakkiyot mintakasi bulib kolishi, insoniyat tarakkiyotiga uzining munosib xissasini kushishi mumkin va lozim. Bu maksadga fakatgina kollektiv sa’y-xarakatlar va jaxon xamjamiyatining xar tamonlama kullab-kuvvatlashi orkaligina erishish mumkin».
SHuningdek, Bayonotda Markaziy Osiyo davlatlari Afgonistonda davom etayotgan mojaro va Tojikiston-Afgoniston chegarasidagi vaziyatdan chukur tashvishda ekanliklarini izxor kilgan xolda, mintakaviy xavfsizikning yaxlitligi xamda uni ta’minlashdagi kollektiv mas’uliyatini kat’iy e’tirof etadilar, deb yozilgan.
Bayonotda elatlararo ziddiyatlar, narko biznes, terrorchilik, kurollarning konunga xilof ravishda joydan joyga kuchirilishi, insonlarning kuchishga majbur bulishi singari xavf va tazyiklarga aloxida e’tibor berish zarurligi, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari uchun iktisodiy xavfsizlikni ta’minlash, yangi kommunikatsiyaviy tartibni barpo etish, xukumat va xukumatga daxldor bulmagan turli organlar ishtirok etishi lozim bulgan ekologiya tizimini barpo etish, Orol muammosiga e’tiborni yanada kuchaytirish, Markaziy Osiyo davlatlarining ilmiy-texnik saloxiyatidan foydalanishda xamkorlikni ta’minlash buyicha sa’y-xarakatlarni tashkil kilish kabi muxim masalalar uz aksini topgan.
Seminar-kengash ishtirokchilari yakdillik bilan Markaziy Osiyo davlatlari uzlarining BMT va EXXTning inson xukuklari buyicha talabalarga sodikligini tasdiklaydilar, mintakada demokratiyalashtirish jarayoni va kamsonli millatlar vakillarini xisobga olgan xolda inson xukuklari muxofazasini ta’minlashni chukurlashtirishga xarakat kiladilar, deb e’lon kiladilar.
Turli davlatlar va xalkaro tashkilotlar delegatsiyalari a’zolari Uzbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va BMTning tula xayrixoxligi bilan utgan mazkur seminar-kengash mintaka xavfsizligini mustaxkamlash yulida muxim kadam bulishini ta’kidladilar.
«Uzbekiston, - deydi Xindiston Respublikasi Tashki ishlar davlat vaziri Salmon Xurshid,-xamisha tinchlik va xamkorlik tarafdori bulib kelgan. Biz 1966 yilning boshida Xindiston va Pokiston raxbarlarining Toshkentda uchrashganliklarini yaxshi bilamiz. Ushanda poytaxtingizda imzolangan tarixiy Toshkent Deklaratsiyasi Xindiston yarim oroliga tinchlik olib kelgandi. SHuning uchun xam Uzbekistonning tinchlik va xamkorlik borasida olib borayotgan faoliyatini munosib baxolash joiz. xOzirda Uzbekiston uz tashki siyosatini tinch-totuv yashash, barkarorlik va xamkorlik prinsiplari asosida amalga oshirib, jaxon xamjamiyatida obu va e’tibor topmokda».
Toshkent seminar-kengashi dunyo xavfsizligi yuli mintakaviy xavfsizlikni ta’minlash orkali utishi, boshkacha aytganda, mintakalar xavfsizligini ta’minlash yuli bilan jaxon xavfsizligini ta’minlash mumkin ekanligini yakkol kursatib berdi.
Mintakamizda barkarorlik, tinchlikni ta’minlashga karatilgan tadbirlar ichida 1995 yili sentyabr oyida BMT tomonidan Nukus shaxrida utkazilgan Orol xavzasi mintakasining barkaror rivojlanishiga bagishlangan konferensiya va unda kabul kilingan deklaratsiya xam muxim urin tutishini aytib utish joizdir.
BMTning Uzbekistondagi Sobik doimiy vakili Xolid Malik aytganidek Markaziy Osiyoda «Xavfsizlik va xamkorlikning ishonchli tizimini yaratishda Uzbekiston aloxida axamiyat kasb etadi. ushbu mintaka axolisining kariyib teng yarmini tashkil kilgan mamlakatingiz Markaziy Osiyo xalklari urtasida azaliy xamkorlik alokalarini yanada mustaxkamlashda, ularning xamjixat bulib yashashida, itnchlik va barkarorlikni ta’minlashda xamda iktisodiy xamkorlik alokalarni rivojlantirishda muxim urin tutadi.
Sirasini aytganda, Uzbekistonning bunday keyin xam keng kulamli tinchlik va xamkorlikka oid ana shunday kudratli ovozi doimo yangrab turishiga aminmiz».1
1995 yilning oktyabr oyida Nyu-Yorkda bulib utga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining elliginchi yubiley sessiyasida suzlagan nutkida. I.A.Karimov jaxon davlatlari raxbarlari keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bor Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan muammolarga karatib, yalpi xavfsizlikka mintakalarda xavfsizlikni ta’minlash orkaligina erishish mumkin ekanligini uktirib utdi. SHuningdek, BMTning mintakaviy xalkaro tashkilotlar munosabatlarini faollashtirish, tangliklarning oldini olish yulida uning mintakaviy tizimlarini yanada rivojlantirish lozimligi tugrisidagi takliflarni ilgari surdi.
Mazkur anjumanning tinchlik va barkarorlikka erishish borasida barcha siyosiy partiyalar, jamiyatdagi soglom kuchlar uchun muxim manbalar bulishi ishonch xosil bulmokda.
Xayot shunday dalolat beradiki: bugungi kunda notich va fojiali mintakalarda joylashgan davlatlarning bir-birini uzaro anglash va birgalashib xarakat kilishini ta’minlabgina butun dunyoda tinchlik va barkarorlikka erishish yullarini belgilab olish mumkin. SHuning uchun xam biz uchun barcha tinchliksevar mamlakatlar bilan uzaro foydali teng xukukli munosabatlarni yulga kuyib, jaxon xamjamiyatiga kushilishi uta dolzarb vazifadir.
«Biz uchun yagona tugri yul xalokatli ravishda uz kobigiga uralib kolish emas, balki bu jarayonda ma’lum kiyinchilik va nomukammalliklar mavjudligiga karamasdan, jaxon xamjamiyatiga kushilish yulidir».3
Barkarorlik, tinchlik, totuvlik bular davlatimizning yangi binosini barpo kiladigan poydevordir. Bu bizning ertangi porlok kunimizga olib boradigan yuldir.
«Tinchlik va barkarorlik bular xalkaro xamjamiyat bilan birlashtiruvchi vositadir. Insonparvarlik, yaxshilik, sofdillik singari umuminsoniy kadriyatlarni kabul kilgan va birgalikda baxam kurgan mamlakatgina xalkgina butun dunyo xalklariga yakin va tushunarli bulishi, jaxon xamjamiyatiga kabul kilinishi mumkin. Fakat ular bilan teng xukukli, uzaro manfaatli munosabatlar urnatilishi mumkin».4
Umumjaxon xavfsizligi mintakaviy xavfsizlikka erishishdan, muayyan mintakadagi konkret davlatlarning xamjixatligi va birgalikdagi xarakatidan boshlanadigan jarayondir.
Markaziy Osiyoda demokratiya va isloxatlarni rivojlantirishga diniy ekstremizm, islom fundamentalizmi salbiy ta’sir kursatmokda. SHuning uchun xam mojaro avj olgan joyga bevosita yakin bulgan boshka davlatlar kabi Uzbekiston xam uz xavfsizligini ta’minlashga karatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga majburdir.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintakasida xozirgi vaktda turli siyosiy, iktisodiy, xarbiy, transportga va ekologiyaga old muammolar tuplanib kolgan. Mintakaviy mojarolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, maxalliychilik va urug-aymokchilik munosabatlari, ekologik muammolar mintakamizdan xavfsizlikka tagdid kursatib turibdi. Bunga 1999 yil fevral vokealari, 2003 yil mart, 12-13 may 2005 yil konli vokealar misol bula oladi. Mazkur muammolarni xal kilishda mintakada Jugrofiy – siyosat muvozanatni va barkarorlikni saklab kolish xal kiluvchi axamiyatni kasb etadi. bu esa, uz navbatida, yalpi xavfsizlikni ta’minlash muammolarini xal kilishga kushilgan sanokli xissa buladi. YAngi ming yillikka yul ochib borar ekanmiz –deydi I.Karimov, Xammaga dustlik va xamkorlik kulini chuzamiz. Xavfsizlik, barkarorlik va sobitkadam rivojlanish degan suzlar buning ramzidir. CHunki, aynan ana shu tushunchalar xar bir mamlakatning xar bir xalkning tinchligi, farovonligi, ravnaki uchun mustaxkam poydevor yaratadi. Sayyoramizda jugrofiy-siyosiy muvozanatning ajralmas sharti bulib koladi. Bu xar bir insonga kelajakka dadil va ishonch bilan karash xukukini beradi».1
Uzbekiston dunyo uchun ochik. Biz xam dunyoning Uzbekistonga juda katta kizikish bilan karayotganligini xis etmokdamiz. Bu esa Uzbekistonning barkaror rivojlanishi uchun eng yaxshi kafolatdir.

Download 349,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish