Sinxron mashinalarning ishlash rejimi va prinsipi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana16.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#810469
1   2   3   4   5
Bog'liq
Texnologik xarita

Sinxron generatorlar 
Hozirgi zamon elektr stansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish uchun uch fazali 
o‘zgaruvchan tok sinxron generatorlari ishlatiladi. Sinxron generatorlar 
turbogeneratorlar (birlamchi dvigateli – bug‘ yoki gaz turbinasi) va 
gidrogeneratorlarga (birlamchi dvigateli – gidroturbina) bo‘linadi. 
Sinxron elektr mashinalari uchun normal ish holatida agregatning 
aylanish chastotasi (ayl/min) 

bilan tarmoq chastotasi (Gs) 

orasida 
quyidagicha aniq muvofiqlik bor: 
n=60f/p 
bu yerda, 

—generator statori cho‘lg‘amlarining juft qutblari soni. 
Bug‘ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500 
ayl/min) qilib ishlab chiqariladi, chunki shunda turbogeneratorlar eng 
yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Organik yoqilg‘ida 
ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida (IESlarda) agregatlarning 
aylanish chastotasi, odatda, 3000 ayl/min ni tashkil etib, ularda bir juft 
qutb bo‘ladi. AESlarda aylanish chastotasi 1500 va 3000 ayl/min 
bo‘lgan agregatlar ishlatiladi. 


Turbogeneratorlar tez aylanishi sababli o‘ziga xos tuzilishga ega 
bo‘ladi (8.1, 8.2- rasmlar). Bu generatorlar vali gorizontal joylashadigan 
qilib tayyorlanadi. Turbogeneratorning katta mexanik va issiqlik 
yuklamalarida ishlovchi rotori magnit hamda mexanik xossalari yuqori 
bo‘lgan maxsus (xrom-nikelli yoki xrom-nikel-molibdenli) po‘latdan 
tayyorlanadi. 
Rotorning qutbi aniq bo‘lmaydi. Aylanish chastotasi katta 
bo‘lganligi uchun, mexanik mustahkamlikni ta’minlash nuqtayi 
nazaridan, rotorning diametri 3000 ayl/min uchun 1,1 —1,2 m dan 
ortmaydi. Rotor bochkasining uzunligi ham ma’lum chegaraga ega 
bo‘lib, 6— 6,5 m ga teng bo‘ladi. U val statik egilishining ruxsat 
etiladigan kattaligi va ma’qul titrash xarakteristikasini hosil qilish 
shartiga ko‘ra aniqlanadi. 
Rotorning asosiy magnit oqimi o‘tadigan aktiv qismida qo‘zg‘atish 
cho‘lg‘amining g‘altaklari joylashadigan pazlar frezalanadi. Cho‘lg‘am 
paz qismiga dyuraluminiydan tayyorlangan yengil, magnit xossasiga ega 
bo‘lmagan, ammo mustahkam ponalar bilan mahkamlanadi. Cho‘lg‘amning 
pazdan tashqarida joylashgan old qismi markazdan qochirma kuch 
ta’sirida siljishidan bandaj yordamida saqlanadi. Bandaj mexanik 
nuqtayi nazardan rotorning eng mustahkam qismi hisoblanib, odatda, 
mustahkamligi yuqori nomagnit po‘latdan tayyorlanadi. Rotorning har 
ikki tomonidan uning valiga mashinadagi sovituvchi gazning aylanib 
yurishini ta’minlaydigan ventilator (ko‘proq propeller tipidagi) 
o‘rnatiladi. 
Turbogeneratorning statori korpus va o‘zakdan iborat. Korpus 
payvandlab tayyorlanadi. Stator o‘zagi qalinligi 0,5 mm bo‘lgan 
po‘latdan tayyorlangan, bir-biridan o‘zaro izolatsiyalangan listlardan 
yig‘iladi. Listlar paket ko‘rinishida yig‘ilib, ular orasida ventilatsiya 


kanallari qoldiriladi. O‘zak ichidagi pazlarga uch fazali, odatda ikki 
qavatli cho‘lg‘am joylanadi. 
Gidravlik turbinalarning aylanish chastotasi, odatda, nisbatan 
kichik (60—600 ayl/min) bo‘ladi. Suv bosimi qanchalik past, turbina 
quvvati qanchalik katta bo‘lsa, aylanish chastotasi shunchalik kichik 
bo‘ladi. Aylanish chastotasi qanchalik kichik bo‘lsa qutblari soni 
shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Gidrogeneratorlar ayon qutbli rotorli qilib va vali asosan vertikal 
joylashadigan qilib tayyorlanadi. Yuqori quvvatli gidrogeneratorlar 
rotorlarining diametri 14-16 m ga, statorlarining diametri esa 20-22 m ga 
yetadi (8.3-rasm). 
Qutblarda qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlaridan tashqari dempferlovchi 
cho‘lg‘am ham joylanadi. Bu cho‘lg‘am rotordagi tebranishlarni 
so‘ndirish uchun xizmat qiladi. 
Turbogeneratorlarda tinchlantiruvchi cho‘lg‘am vazifasini 
rotorning massiv bochkasi va pazlarda qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini berkitib 
turuvchi metall ponalar bajaradi. 


Gidrogeneratorning statori turbogenerator statori tuzilishidan 
prinsipial farq qilmaydi, faqat turbogeneratorlardagidan farqli o‘laroq, 
ajraladigan qilib tayyorlanadi. U aylana bo‘ylib 2–6 qismlarga bo‘linadi. 
Bu esa uni tashish va montaj qilish ishlarini yengillashtiradi. 
Keyingi yillarda vali gorizontal joylashgan, qobiqli generatorlar 
ham ishlatila boshlandi (8.4-rasm). Qobiqli generatorlar bir necha o‘nlab 
megavolt-amper quvvatga mo‘ljallab tayyorlanadi. Ularning aylanish 
tezliklari ayon qutbli generatorlardagiga nisbatan sekinroqdir (n=60-150 
ayl/min). 
Generatorlarning nominal parametrlari. Generatorni ishlab

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish