Emotsional gaplar. So’zlovchining o’ta xursandlik yoki o’ta xafalik
holatlarini, yoki qahramonning his-hayajonini voqea-hodisaga emotsional
munosabatini ifodalaydi.
Emotsional gaplar tarkibida maxsus ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar
mavjud bo’ladi. O’sha so’zlar orqali qahramon ruhiyatidagi kechayotgan sevinch,
qo’rquv, g’azab kabi psixologik jarayonni yozuvchining ta’sir obiektiga nisbatan
subiektiv munosabatini bilib olamiz. Emotsional gaplar tarkibida his-tuyg’uni (oh,
voy, sho’rim, eh, attang, bay-bay kabi) ifodalovchi undalmalar ham qatnashadi:
Asadbek To’lqinni har ko’rganda o’sha tupirish voqeasini eslab, bir
ijirg’anib olardi. Ayni damda, yuragi zardobga to’lib ezilib turgan ohlarda uning
tashrifi dard ustiga chipqon bo’ldi (Shaytanat, 19-b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |