Sintaksis 2 gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot


) murakkab(tarkibli) kesim



Download 45,3 Kb.
bet6/14
Sana31.05.2022
Hajmi45,3 Kb.
#623918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Sintaksis 2 gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot

2) murakkab(tarkibli) kesim ikki va undan ortiq so‘z shakllarining qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan kesimdir. U doim yetakchi va yordamchi qismlardan tashkil topib, yetakchi qism asosiy ma’noni, yordamchi qism qo‘shimcha ma’noni ifodalaydi. Ifodalanishiga ko‘ra tarkibli kesim ham ikki xil bo‘ladi:
a) murakkab(tarkibli) fe’l kesim fe’lning analitik shakli bilan ifodalanadi. Bunda o‘zining leksik ma’nosini saqlagan fe’l yetakchi fe’l, qolganlari esa ko‘makchi fe’l yoki to‘liqsiz fe’l bo‘lib, yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan turli qo‘shimcha ma’nolarni ifodalaydi. Yetakchi fe’l asosan ravishdosh shaklida bo‘ladi. Masalan: Bu yumshoq, mulohazali odamga yotoqdoshlarning mehri oshib qolgan edi. (A.Muxtor). O‘rmon ichidan qushlarning sayrashi... eshitilib turadi. (P.Qodirov). 
b) murakkab(tarkibli) ot kesim fe’ldan boshqa so‘z turkumlarining bog‘lama bilan birikishidan yuzaga keladi. Bunda tarkibli ot kesimning ot qismini ot, sifat, son, olmosh, ravish yetakchi qismini tashkil qiladi, yordamchi qismini esa bog‘lama vazifasidagi «bo‘lmoq», «sanalmoq», «hisoblanmoq», «tuyulmoq» kabi fe’llar, shuningdek, «edi», «ekan», «emish» to‘liqsiz fe’li tashkil etadi.
Tarkibli ot kesimda asosiy ma’no yetakchi qism, ot qismida bo‘ladi. Yordamchi qism, bog‘lama esa qo‘shimcha ma’noni, grammatik ma’noni: mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalaydi.
O‘zbek tilida bog‘lamani qo‘llanishiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
1. So‘z bog‘lamalari: bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, ko‘rinmoq, tuyulmoq, edi, ekan kabilar.
2. Affiks bog‘lama:-man, -miz, -san, -siz, -dir.
Affiks bog‘lama sodda ot kesim tarkibida qo‘llanib, doimiy sintaktik zamonni ifodalaydi. Masalan: Agar yolg‘iz esang hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdir,. (Abdurahmon Jomiy)
Ko‘pincha mazkur bog‘lama qo‘llanmasligi mumkin, nol shaklida ishlatilishi mumkin: Aqlning o‘lchovi – idrok Ø. (Maqol). Dono durdan a’lo Ø. (Maqol).

Download 45,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish