Sintagmatika kombinator lingvistikaning asosi



Download 83,09 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2022
Hajmi83,09 Kb.
#633605
1   2   3
Bog'liq
Maqola 5 SamDU axborotnoma,lotin

Sintagmatika - til birliklarini nutq zanjiridagi unsurlar sifatida tekshirish aspekti [1: 99]. Til yoki nutq birliklarining gorizontal chiziq (yoki qator)dagi munosabati sintagmatik munosabat deb ataladi. Bunday munosabat tilning asosiy funksiyasini – kommunikativ funksiyasini voqealantiruvchi asosiy omil sanaladi [2: 60]. Zotan, til birliklarining sintagmatik munosabati zamirida nutq birligi – gap shakllanadi. Bu esa, o‘z navbatida, sintagmatik munosabat tilning aloqa vositasi vazifasini ta’minlovchi asosiy omil ekanligini ko‘rsatadi [3: 97]. Sintagmatik munosabat sintagma tushunchasi bilan uzviy bog‘liq, zotan, sintagma – bu sintagmatik munosabatning mahsulini taqozo etuvchi struktur-semantik butunlikdir. Uni sintaksisning molekulasi, bazal struktur yacheykasi deb atash mumkin [4: 51]. Sintagmatik munosabatni, odatda, so‘z birikmasi yoki gap tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro aloqasi bilan bog‘lab talqin etishadi. To‘g‘ri, so‘zlarning birikma tarkibida bo‘lsa ham, gap tarkibida bo‘lsa ham o‘zaro bog‘lanishi sintagmatik munosabatni taqozo etadi. Biroq bu jarayonda sintagmatik munosabatning shakllanishi turkumlararo bog‘lanishda namoyon bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ot, fe’l, sifat va h.k. turkumlarining shu turkumlarga xos o‘zaro munosabatga kirishuvi sintagmatik bog‘lanishni vujudga keltiradi [5: 68]. Masalan, Bu ulkan ishning boshida Shohrux Mirzoning o‘zi turdi (P.Qodirov. Ona lochin vidosi) gapida olmosh, sifat, ot va fe’l kabi turkumlarga xos so‘zlarning o‘zaro sintagmatik munosabatga kirishayotganini ko‘ramiz. Ammo shuni ham aytish kerakki, sintagmatik munosabatni faqat so‘zlar bog‘lanishida emas, balki til birliklarining barchasi misolida kuzatish mumkin [2: 60]. V.M.Solnsev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, sintagmatik munosabat faqat sintaksisda emas, balki tilning barcha sathlari birliklari o‘zaro bog‘lanishida shakllanadi [5: 68]. Buni morfema sathida fonemalarning, so‘z sathida morfemalarning o‘zaro bog‘lanishida ham ko‘ra olamiz. Shu bois Yu.S.Stepanov har bir sath birliklarining distributiv aloqasini sintagmatika deb ataydi [6: 277]. Masalan, adolat so‘zi sathida a-d-o-l-a-t tarzidagi fonemalar, tinchlik so‘zida tin-ch-lik holatidagi morfemalarning sintagmatik bog‘lanishini ko‘ramiz.
Til birliklarining sintagmatik munosabati shakllanishida ularning qo‘llanish ob’ektidagi o‘rni (pozitsiyasi) muhim ahamiyat kasb etadi, zotan, ularning o‘rinlarini almashtirish sintagmatik munosabatning buzilishiga olib keladi. Agar A va B birliklarining o‘zaro bog‘lanishi nuqsonsiz bo‘lsa, u holda sintagmatik munosabat haqida so‘z yurita olamiz. Ammo buning uchun eng avval mazkur birliklarning munosabatga kirisha olish layoqati mavjud bo‘lishi shart. Aks holda sintagmatik munosabat voqelanmaydi [3: 97].
F.de Sossyur e’tirof etishicha, til sistemasi o‘z birliklarining ikki xil munosabati asosida tashkil topadi. Mazkur munosabalarning biri assotsiativ, ikkinchisi esa sintagmatik munosabat nomi bilan ataladi. Assotsiativ munosabat til birliklarining inson ongidagi holati bilan bevosita bog‘liq. U har doim ushbu birliklarning yig‘indisi, majmuasini taqozo etadi [7: 156]. Boshqacha aytganda, assotsiativ munosabat til birliklarining vertikal chiziqdagi (qatordagi) o‘zaro bog‘lanishi demakdir. Ammo biz asosiy e’tiborni sintagmatik munosabatga qaratmoqchimiz. Bunda til va nutq birliklarining gorizontal chiziq (yoki qator)dagi munosabati sintagmatik munosabat deb ataladi. Bunday munosabat tilning asosiy funksiyasini – kommunikativ funksiyasini voqealantiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Zotan, til birliklarining sintagmatik munosabati zamirida nutq birligi – gap shakllanadi. Bu esa, o‘z navbatida, sintagmatik munosabat tilning aloqa vositasi vazifasini ta’minlovchi asosiy omil ekanligini ko‘rsatadi.
Sintagmatik munosabat sintagma tushunchasi bilan uzviy bog‘liq, zotan, sintagma – bu sintagmatik munosabatning mahsulini taqozo etuvchi struktur – semantik butunlikdir.
Sintagma tushunchasini ilmiy iste’molga dastlab Ferdinand de Sossyur kiritgan edi. Olim o‘zining “Umumiy tilshunoslik kursi”ning beshinchi bobini “Sintagmatik munosabatlar va assotsiativ munosabatlar” deb nomlaydi va bunda eng avval sintagmaning ilmiy sharhini beradi: “…so‘zlar nutqda bir-birlari bilan bog‘lanish jarayonida o‘zaro munosabatga kirishadi. Ammo ayni paytda ikki elementni bir vaqtning o‘zida talaffuz etilish imkoni bo‘lmaydi. Mazkur elementlar nutq oqimida biri ikkinchisidan keyin keladi. Bunday uzviylikka ega bo‘lgan birikmalarni sintagma deb ataymiz.
Sintagmatika xususida fikr yuritar ekanmiz, til tizimida til birliklarining o‘zaro munosabatga kirishi haqidagi mulohazalarimizni bildiramiz. Til sistemasi tarkibidagi moddiy - kommunikativ birliklar muayyan qoidalar asosida o‘zaro zaruriy aloqaga, munosabatga kirishadilar, muayyan guruhlarni (paradigmalarni) tuzadilar, nutq birliklarini - hosilalarini yaratadilar.
Lug‘aviy sathda yuzaga keladigan semantik munosabatlarning eng universal turi paradigmatik va sintagmatik munosabatlardir.
Paradigmatik munosabatlar bir so‘z turkumiga mansub va ma’no jihatidan birmuncha umumiylikka ega bo‘lgan so‘zlar orasida vujudga keladi. Bunday so‘zlar majmuasiga kiruvchi birliklar gap tarkibida bir xil pozitsiyalarda bir-birlarining o‘rnida ishlatilishlari mumkin. Sintagmatik munosabatlar yordamida birliklar o‘zaro bog‘lanadilar va nutqiy tuzilma hosil qilish uchun o‘zaro birikadilar.
Paradigmatik va sintagmatik munosabatlar lug‘aviy birliklarning semantik xususiyatlari bilan o‘zaro uzviy bog‘langan. Paradigmatik munosabatlar so‘zlarni semantik sinflarga bo‘lish uchun asos vazifasini bajaradi. Bir paradigmatik sinfdagi birliklarning jumla tarkibida bajarayotgan vazifalari o‘zaro o‘xshashdir. Sintagmatik munosabatlar asosida esa paradigmatik sinflar birliklari kommunikativ maqsadlarni bajarish uchun o‘zaro birikadilar. Bu ikki xil munosabatlar asosida har bir so‘z ifodalayotgan ma’noning paradigmatik va sintagmatik aspektlarini aniqlash mumkin.
Lug‘aviy ma’noning paradigmatik aspekti u mazmunan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar guruhining umumiy ma’nosi bilan aniqlanadi. So‘z paradigmatik ma’nosining miqdori u doimo munosabatga kirisha oladigan leksik guruhning miqdoriga bog‘liq. Masalan, «yer» so‘zi ifoda etayotgan ma’no bo‘laklari turiga nisbatan quyidagi leksik guruhlarning har biri bilan munosabatga kirisha olishi mumkin:

  1. zamin, tuproq, qatlam, qavat;

  2. shudgor, mulk, dala;

  3. ohaktosh, loy, qum;

  4. quyosh, oy, yulduz;

  5. mamlakat, vatan, davlat;

  6. quruqlik, qirg‘oq, orol va hokazo.

Ma’noning sintagmatik aspekti gapda leksemalarning o‘zaro birikuviga asoslanadi. Mazmundor nutqda so‘zlar, eng avvalo, ular ifodalagan ma’no orqali birikadilar. Shunday ekan, bir so‘zning boshqa bir so‘z bilan birikuvida har safar uning yangi semantik xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Masalan, «yer atrofida aylanmoq», «yerni kemadan ko‘rmoq», «taqir yer», «haydaladigan yer», «yerdan namuna olmoq», «yerni dehqonlarga bermoq» kabi so‘z birikmalarida «yer» so‘zining turlicha ma’nolari namoyon bo‘ladi [8: 30].
Sintagmatika til birliklarining nutq jarayonida o‘zaro bog‘langan holda qo‘llanishini tekshiradi. Demak, lisoniy birliklarning - masalan, so‘zlarning nutq faoliyatida ketma-ket kelishi, muayyan tartibda joylashishi sintagmatika sifatida namoyon bo‘ladi. Sintagmatikada lisoniy birliklar orasidagi munosabatlar aniqligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Qiyoslang: Men istiqlol tufayli gullab yashnayotgan Vatanning farzandiman. Ko‘rinib turibdiki, nutq faoliyatida muayyan «yotiq chiziqqa» joylashib, muayyan tartibda, mantiqiy ketma-ketlikda kelgan birliklar orasidagi munosabatlar sintagmatik munosabatni hosil qiladi.
Sintagmatik munosabatlar doimo yaqqol ta’sir qilishi - insonda lisoniy sezgi uyg‘otishi bilan ham o‘ziga xosdir. Sintagmatik munosabatlar nutq faoliyatidagi birliklar aloqasi, munosabati sifatida, paradigmatik munosabat birliklaridan farqli, bir guruh birliklari orasida ham, shuningdek, turli guruh birliklari orasida ham mavjud bo‘lishi mumkin. Qiyoslang: Bugun ota-onalar va bolalarlar istirohat bog‘iga borishdi. Ushbu birliklardan (so‘zlardan) har biri o‘zi tegishli bo‘lgan guruhning (paradigmatikaning) vakili hisoblanadi. Demak, sintagmatikadagi munosabatlar muayyan birliklar(so‘zlar) munosabati sifatida emas, balki guruhlar-sinflar (paradigmalar sistemasi) munosabati sifatida namoyon bo‘ladi. Aytish mumkinki, nutq birliklari-nutqiy hosilalar sintagmatik munosabatlarning namoyon bo‘lishidir. Shuningdek, nutq birliklari muayyan sinflar, guruhlar (paradigmalar) orasidagi munosabatlarning voqelanishidir. Shunday qilib, sintagmatik munosabat til birliklarining nutqdagi - fikr almashish jarayonidagi o‘zaro mantiqiy, zaruriy munosabatidir, fikr ifodalash uchun xizmat qilishidir. Shunga ko‘ra ushbu munosabat nutq hodisasi sifatida belgilanadi, nutq bilan o‘lchanadi [9: 84]. Kombinatorika sohasining terminologiyasi tadqiqi shuni ko‘rsatadiki, «sintaktik sintagmatika», «semantik sintagmatika», «leksik sintagmatika» terminlari turli bosqichni ko‘rsatadi va ular til birliklarining chiziqli munosabatida o‘zaro chambarchas bog‘liq. Sintagmatika ham lisoniy, ham nutqiy darajani qamrab oladi. Sintagmatika til bosqichida valentlik, nutq bosqichida bog‘lanish sifatida ko‘rinadi. Yuqorida sanab o‘tilganidek, bog‘lanish, kontekst, distributsiya, valentlik, sintagmatika kabi terminlar til birliklarining chiziqli munosabati yoki sintagmatikaning tushunchalari sifatida bir-birini to‘ldiradi, ular bir-biri bilan bog‘liq bir strukturani tashkil qiladi.

Download 83,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish