30- topshiriqli matn
Odam bolasi borki, kamalak ranglaridan birini o`ziniki qilib oladi. Masalan, men gunafsha rangni yaxshi
ko`raman. Shu rangga ko`zim tushsa, butun umrim ko`z oldimga keladi. Yayrab ketaman. Chunki
yoshligimda gunafsha rang qog`ozdan varrak yasab uchirardim. Shunisi qiziqarli ediki, ko`m- ko`k bahor
osmoni bolalar uchirgan anvoyi rang varraklarga to`lib ketardi. Ular orasida mening gunafsha rang
varragim alohida ajralib turardi.
Topshiriq:
1.Matnni qayta hikoya qiling . Sizga qanday rang yoqishi haqida gapirib bering.
2.Matndagi kirish so`z ishtirok etgan gapni aniqlang.
3.Matndagi atash ma’nosiga ega bo`lmagan so`zlarni izohlang.
4. Matndagi ergashgan qo`shma gaplarning turini aniqlang.
5.Tovush o`zgarishiga uchragan so`zlarning turkumini aniqlang.
6.Orttirma darajadagi sifatni belgilang.
7.Moslashuvli birikmalarni aniqlang.
8. 2-gapni sintaktik va morfologik tahlil qiling.
9.Sodda yig`iq gapni aniqlang.
10. Matndagi ixtiyoriy so`zning zid ma’nosini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |