29- topshiriqli matn
Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo`lsang, tuproqqa qayt ,
Aytgil, do`stim, nima qildik Vatan uchun?
( Iqbol Mirzo)
Topshiriq:
1.She’riy matndan qanday ma’no tushundingiz? O`z fikringizni qo`shib qayta hikoya qiling.
2.Undalma berilgan gapni aniqlang.
3.Matndagi fe’l kesimlarni aniqlang.
4.Hokim bo`lakka ko`makchi vositasida bog`langan to`ldiruvchili birikmalarni belgilang.
5.Shart ergash gapli qo`shma gapni belgilang.
6.Matndagi bog`lovchisiz qo`shma gapni aniqlang.
7.Qaysi qo`shimcha ko`makchi bilan ma’nodosh bo`la olishini izohlang.
8.Vositasiz to`ldiruvchi qaysi so`zga bog`langanini aniqlang.
9.Matndagi gaplarni eganing ishtirokiga ko`ra turini aniqlang.
10.Vatan so`zining ma’nodoshlarini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |