24- topshiriqli matn
Qadimiy madaniyat markazlaridan biri Samarqand 2500 yildan ortiq tarixga ega. Rivoyatlarga ko`ra uni
Iskandar Zulqarnayn barpo etgan. Arxeologik qazilmalardan ma’lum bo`lishicha, Samarqand daslab Siyob
daryosi bo`yida qad ko`targan. U So`g`diyona davlatining poytaxti bo`lib, so`g`dcha Smarakansa (ulug` shahar)
deb yuritilgan . Yunonlar uni Marokanda deb yuritganlar.
Topshiriq:
1.Hozirgi Samarqand shahri haqida bilganlaringizni bayon qiling.
2.Matnning turini aniqlang.
3.Matndagi atoqli otlarni tasniflang.
4.Matndagi nisbiy sifatlarni aniqlang.
5.Yuritilgan va yuritganlar fe’llarini vazifa shakli va nisbatiga ko`ra izohlang.
6.1- gapni sintaktik tahlil qiling.
7.2- gapdagi yordamchi so`zni aniqlang.
8.Matndagi qo`shma fe’llarni aniqlang.
9.Olmoshlar gapda qanday gap bo`lagi vazifasida kelganligini ayting.
10.Imlo xatoga yo`l qo`yilgan so`zni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |