23- topshiriqli matn
Xorazmlik ulug` alloma Najmiddin Kubro nafaqat falsafiy she’r va ilmiy risolalari, balki o`zining vatanparvarligi
bilan ham xalqimiz hotirasida abadiy yashaydi. Chingizxon boshchiligidagi mo`g`il bosqinchilari taklif etgan
ozodlikni rad etgan keksa alloma dushman bayrog`ini tortib olib, uni yiqitib, mahkam ushlagancha halok bo`lgan.
Uning Vatanga bo`lgan mehri avlodlar uchun o`rnakdir.
Topshiriq:
1.Matnni o`z fikringizni qo`shgan holda qayta bayon qiling.
2.Matnda imlo xatoga yo`l qo`yilgan so`zni aniqlang.
3.Mavhum otlarni aniqlang.
4.Matndagi fe’llarning nisbatlari aniqlang.
5.Ixtiyoriy gapni davom ettirib uni qo`shma gapga aylantiring.
6. Matndagi yordamchi so`zlarning turini aniqlang.
7. 1-gapda qaysi bo`laklar uyushganligini aniqlang.
8. O`rnak so`zini fonetik tahlil qiling.
9.Matndagi yordamchi so`zlarning turini aniqlang.
10. Oxirgi gapni sintaktik tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |