17- topshiriqli matn
Pastliklarda g`uj- g`uj pista daraxtlari, azamat toshlar orasida ko`k suv goh ko`rinadi, goh ko`rinmaydi. Soyning
narigi tomonida yalang`och tog`lar yuksala- yuksala vodiy yo`lini to`sib yotibdi. Uning qizil cho`qqilariga oftob
tushib turibdi. O`ngirlarda saratondan yashirinib qolgan qor uyimlari ko`rinadi.
Topshiriq:
1.Matnda qaysi fasl tasvirlanganganligini aniqlang..
2. Qaysi gapda paronim so`z qo`llash bilan bog`liq xato mavjudligini aniqlang.
3.Taqlid so`z ishtirok etgan qapni aniqlang.
4.1- gapni sintaktik tahlil qiling.
5.Qo`shma gapning bog`lanish usuliga ko`ra turini va bog`lovchisini aniqlang.
6.Gaplardagi fe`llarning zamonini aniqlang.
7.Sifatlarni asliy va nisbiy turlarga ajrating.
8. Ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmasi ishtirok etgan gapni aniqlang.
9.Takroriy fe’lning vazifa shaklini aniqlang.
10 Shakldosh so`zni aniqlang va uning ma’nosini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |