20
Yurtimiz qanday chiroyli!
Yozuvda gap oxiriga nuqta, so‘roq
yoki undov belgilaridan biri qo‘yiladi va har bir gap bosh
harf bilan boshlanadi.
61-mashq.
Quyidagi so‘zlardan foydalanib, gaplar tuzing, so‘zlarning
bog‘lanishiga alohida diqqat qiling.
1. Ma’naviyat, qalb, quyosh. 2. Biz,
Amir Temur, nabira. 3. Mus-
taqillik, abadiy, bo‘l. 4. Siz, o‘z, Vatan, sev. 5. Iste’dodli, bola, deganda,
kim, tushun. 6. Ona, tabiat, e’zoz.
62-mashq.
O‘qing. Har bir qatordagi gap, so‘z va so‘z birikmalari sonini
aniqlang.
1. Ko‘hna Samarqand. Har bir o‘zbek bu shahar bilan faxrlanadi.
2. Mana Registon. Binolarga hayrat bilan boqaman. 3. Kuch – adolatda.
Bu – Sohibqironning hayotdagi shiori edi. 4. Kuch – bilimda. U
insonni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi mayoqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: