!!
2-topshiriq.
Berilgan gapning boshidagi ikki so‘z orasiga
va
bog‘lovchi-
sini qo‘ying.
Shahar, qishloqlarimizda bugun o‘zgacha hayot hukm surmoqda.
Gap tarkibida ishtirok etgan so‘zlar bir-biri bilan bog‘lanadi. M a s a l a n:
qir va adir, Oygul bilan Baxtiyor; gulni hidlamoq, maktabga kelmoq
kabi.
Misollardan ko‘rinadiki, so‘zlarning bog‘lanishi bir xil emas. Ayrim so‘zlar
va, ham, hamda, bilan
singari bog‘lovchi va bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar
yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanadi.
Boshqalarida esa birinchi qism ikkinchi qismga
-ni, -da, -dan, -ning
kabi
qo‘shimchalar,
tomon, to‘g‘risida, haqida, uchun
singari yordamchi so‘zlar
bilan bog‘lanadi. M a s a l a n:
akasiga olmoq, akasi uchun olmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |