Kurash, yonbosh, chala, halol
so‘zlari dunyoning barcha tillariga
kirib borayotgani kabi, bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir
qator yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so‘zlar hisobiga boyib
bormoqda.
2-topshiriq
. Savollarga javob bering.
1. Tilning so‘z boyligi nima uchun o‘zgaradi?
2. Til qanday yo‘llar bilan boyiydi?
524-mashq.
Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Hayotda yuz
berayotgan o‘zgarishlarning tilimizga ta’siri haqida mulohaza yuriting.
1. Bugun Toshkentda «Ekologiya va salomatlik» mavzusida
o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini yakunladi.
2. Chustdagi stol tennisi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktabi
mamlakatimizda ko‘pchilikka ma’lum. 3. Kichkintoylar sportning
yengil atletika, futbol, shaxmat, akrobatika, gimnastika kabi turlari
bo‘yicha bellashdilar.
(«Ma’rifat»)
Do'stlaringiz bilan baham: |