Savol va topshiriqlar
1. Ibora deganda nimani tushunasiz?
2. Quyidagi iboralarni gap ichida keltiring va ularning qaysi so‘zlarga
teng kelishini ayting:
Qo
‘
li kaltalik qildi, yetti o
‘
lchab, bir kesdi, mum tishlab qoldi.
539-mashq
.
Uyga topshiriq.
Quyidagi iboralarning ma’nosini aytib bering.
Ular ishtirokida gap tuzing.
Belni bog‘lamoq –
Do‘ppisini osmonga otmoq –
Tirnoq ostidan kir qidirmoq –
Ko‘kka ko‘tarmoq –
Tomdan tarasha tushganday –
177-d a r s.
IBORALARNING QO‘SHMA SO‘Z VA SO‘Z
BIRIKMALARIDAN FARQI
Topshiriq.
Berilgan misollarni so‘z birikmalari, qo‘shma so‘zlar va
iboralarga ajrating:
og‘zi qulog‘ida, og‘zining chekkasi, otquloq, chap ber-
moq, burnidan ip o‘tkazmoq, ipning uzunligi, toshbaqa, temiryo‘l
.
Do'stlaringiz bilan baham: |