169-d a r s.
MA’NODOSH SO‘ZLAR QATORIDA
BOSH SO‘Z
Topshiriq.
Sovg‘a, hadya, tuhfa, armug‘on
so‘zlari ishtirokida gaplar tuzing.
Bu so‘zlardan qaysi biri nutqda keng qo‘llanilishini aniqlang.
Ma’nodosh so‘zlarning bir qatorga tizilib kelishiga ma’nodoshlik qatori
deyiladi. Boshqalariga nisbatan nutqda keng qo‘llaniladigan va ma’nosi
barchaga tushunarli bo‘lgan so‘z bosh so‘z deb yuritiladi. Masalan,
kulmoq,
jilmaymoq, iljaymoq, tirjaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq, hiringlamoq
ma’nodoshlik qatoridagi
kulmoq
so‘zi boshqalariga nisbatan nutqda ko‘proq
qo‘llaniladi va uning ma’nosi barchaga tushunarli bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bu
so‘z bosh so‘z sanaladi.
Ma’nodosh so‘zlarda ijobiy va salbiy ma’nolar bo‘lishi mumkin.
Kulmoq,
jilmaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq
so‘zlarida ijobiy ma’no kuzatilsa,
hiringlamoq, iljaymoq, tirjaymoq
so‘zlarida salbiy ma’no mavjud. Ammo bosh
so‘zda bunday ma’nolar bo‘lmaydi.
?
181
515-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |