*
512-mashq.
Berilgan ma’nodosh so‘zlar qatoridagi qaysi so‘z ijobiy,
qaysi so‘z salbiy ma’noni ifodalayotganini, qaysinisi betaraf ekanini
aniqlang. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
1. Yuz, bashara, chehra. 2. Tirjaydi, kuldi, jilmaydi.
513-mashq.
Berilgan ma’nodosh so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Ma’nolaridagi farqni tushuntiring.
Nam, ho‘l, shalabbo; tiqillatdi, taqillatdi, do‘pillatdi.
Savol va topshiriqlar
1. Ma’nodosh so‘zlardagi umumiy va o‘ziga xos ma’noni tushuntiring.
2.
To‘satdan
so‘zining ma’nodoshlarini tushuntiring, ular ishtirokida
gaplar tuzing.
514-mashq.
Uyga topshiriq.
Xato qo‘llangan so‘zni uning ma’nodoshi bilan
almashtiring.
1. Keksalarning nuroniy aftidan xonadonlar yorishganday bo‘ladi.
2. Gap bilan shoshma, mehnat bilan shosh. 3. Bizda doimo kattalar
izzatda, kichiklar hurmatda. 4. Fazoda qushlar qanot qoqib uchadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |