297-mashq.
Ko‘makchilar o‘rniga kelishik qo‘shimchalaridan mosini
qo‘ying. Gap ma’nosida qanday o‘zgarish sodir bo‘layotganini aniqlang.
1. Onam
(uchun, -ga)
sovg‘a oldim. 2. Mustaqillik
(haqida, -dan)
gaplashdik. 3. Maktab
(tomon, -ga)
qarab jo‘nadim. 4. Oynayi jahon
(orqali, -dan)
eshitdik.
*
298-mashq.
Quyidagi so‘z shakllari ishtirokida gaplar tuzing.
Siz bilan, shahrimiz haqida, daryo bo‘ylab, yurtimiz uchun.
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘makchi deb qanday yordamchi so‘zlarga aytiladi?
2. Ko‘makchilar qanday so‘zlarni qanday so‘zlarga bog‘laydi?
299-mashq.
Uyga topshiriq.
Tushirib qoldirilgan ko‘makchilarni o‘rniga
qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Mustaqillik ... xalqimizning turmushi o‘zgardi. Hamma Vatan, yurt
... o‘zining kerakligini anglab yeta boshladi. Istiqlol ... gap ketsa, o‘z
fikrini bemalol ayta oladigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |