O’zbek tilini sohaga yo’naltirib o’qitishning maqsadi, vazifalari Tayyorladi: Sattorova Mohinur Reja - Tilning jamiyatda tutgan o’rni
- Til va tafakkur
- Davlat “tili” tushunchasi
Tilning jamiyatda tutgan o’rni - Ilm-fan, san‘at va madaniyat, ma‘naviyat hamda ma‘rifat haqida gap ketganda dunyo ma‘rifatparvarlik maktabining taraqqiyotida tilning, ya‘ni milliy tilning o’rni va roli alohida o’rin tutishini ta‘kidlash zarur. Chunki har qanday ixtiro yoki kashfiyot til bois ajdodlardan-avlodlarga meros bo’lib yashab kelmoqda. Shu bois har bir til o’z egasi uchun nihoyatda qadrli va aziz hisoblanadi.
- Til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo’lmaydi. Til va tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo’lmaganidek, til ham tafakkursiz bo’lmaydi
- Tafakkur jarayonida insonda quyidagilar paydo bo’ladi:
Fikr
Mulohaza
G’oya
Faraz
Til – bu tovushlar va belgilarning kombinatsiyasi bo‘lib, ularning har biri ma’lum ma’noga ega. Til insonning o‘zaro munosabati va aloqasi uchun muhim vositadir. Til tufayli biz o‘z fikrlarimizni moddiy nutq shaklida ifoda eta olamiz. Til nafaqat aloqa vositasi, balki har bir xalqning tarixiy xotirasidir. Har bir tilda, ma'naviy madaniyatda, har bir millatning ko‘p asrlik tarixi o‘z aksini topadi. - Til – bu tovushlar va belgilarning kombinatsiyasi bo‘lib, ularning har biri ma’lum ma’noga ega. Til insonning o‘zaro munosabati va aloqasi uchun muhim vositadir. Til tufayli biz o‘z fikrlarimizni moddiy nutq shaklida ifoda eta olamiz. Til nafaqat aloqa vositasi, balki har bir xalqning tarixiy xotirasidir. Har bir tilda, ma'naviy madaniyatda, har bir millatning ko‘p asrlik tarixi o‘z aksini topadi.
Og’zaki nutq
Yozma nutq
Orfoepiya
Orfografiya
Til ijtimoiy hodisadir, chunki ijtimoiy munosabatlardan tashqarida uni o‘zlashtirish mumkin emas. Inson tug‘ilgandan boshlab nutqsiz bo‘ladi. Axir, kichkina bola atrofdagilarning fonetik tovushlarini takrorlashni o‘rganishni boshlaganida, gapira boshlaydi va o‘ylash qobiliyati tufayli ularga to‘g‘ri ma'noni beradi. - Til ijtimoiy hodisadir, chunki ijtimoiy munosabatlardan tashqarida uni o‘zlashtirish mumkin emas. Inson tug‘ilgandan boshlab nutqsiz bo‘ladi. Axir, kichkina bola atrofdagilarning fonetik tovushlarini takrorlashni o‘rganishni boshlaganida, gapira boshlaydi va o‘ylash qobiliyati tufayli ularga to‘g‘ri ma'noni beradi.
- Tilning asosiy funksiyalari aloqa, bilish va ta'sir qilishdir.
O’zbek milliy madaniyatining mashxur vakillaridan biri, ma’rifatparvar olim Abdulla Avloniy “Har bir millatning o’zligini ko’rsatadurg’on oynayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak, millat ruhini yo’qotmakdur” – deb ta’kidlaydi.
YUNESKO tashkiloti ekspertlari 1953 - yilda «davlat tili» va «rasmiy til» tushunchalarini farqlashni taklif etgan. Unga ko’ra:
Davlat tili — siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda ma‘lum bir davlatda integratsiya (birlashtiruvchi) vazifasini amalga oshiradigan, shuningdek ushbu davlatning ramzi sanaladigan tildir.
Rasmiy til – davlat boshqaruvi, qonunchilik, sud jarayoni tilidir.
O’zbekiston – ko’p millatlik davlat. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. - O’zbekiston aholisining 80 foizdan ortig’ini O’zbeklar tashkil etib, ularning umumiy aholi sonidagi ulushi muntazam oshib bormoqda. Shuningdek, boshqa millatlarning katta jamoalari ham mavjud. 10 foizdan ortig’i – Markaziy Osiyo xalqlarining boshqa vakillari (5 foizga yaqini – tojiklar, 3 foizga yaqini – qozoqlar, 2 foizi – qoraqalpoqlar, 1 foizi — qirg’izlar, shuningdek turkmanlar va boshqalar). Rus va boshqa slavyan xalqlari vakillari respublika aholisining 10 foizini tashkil qiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |