67-d a r s.
TURDOSH VA ATOQLI OTLAR
1-topshiriq.
O‘zingiz yashayotgan shahar (tuman), mahalla nomini,
yaqinlaringiz ismini yozing. Ular gap ichida qanday yozilishini eslang.
2-topshiriq.
Sinfxonangizdagi narsa-buyumlarning nomini yozing. Ular
gap ichida qanday yoziladi?
Bir turdagi narsa-buyumning nomini bildirgan otlar tur-
dosh ot deyiladi. M a s a l a n:
qishloq, choynak, aka, daraxt.
Ayrim shaxs yoki narsa-buyumga atab qo‘yilgan nomlar
atoqli ot deyiladi. Kishilarning ism, familiyasi, joy hamda
hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, gazeta, jurnal, kitob,
tarixiy voqea kabilarning nomlari atoqli otlardir. Masalan:
Toshloq tumani, Mustaqillik kuni, «Gulxan» jurnali, Olapar.
Atoqli otlar doimo bosh harf bilan yoziladi.
234-mashq.
O‘qing, otlarni aniqlang. Ularning qaysilari biror shaxs yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |