Sinfi uchun darslik



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/374
Sana11.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#341433
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   374
Bog'liq
Ona tili. 5-sinf (2015, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

29-d a r s. 
MUSTAHKAMLASH DARSI
Bu dars bahs, musobaqa shaklida o‘tkaziladi. Buning uchun, avvalo,
4 guruhga bo‘lining. Musobaqa bir necha bosqichda o‘tkaziladi. Qaysi
guruh bir tan-u bir jon bo‘lib o‘z bilimdonligini, sinchkovligini ko‘rsatsa
va eng ko‘p ball yig‘sa, g‘olib bo‘ladi.
1-bosqich. 
«Tez yurar» o‘yini. O‘qituvchi guruhning har bir a’zosiga
o‘tilgan mavzu bo‘yicha navbatma-navbat bittadan savol beradi.
O‘quvchilar o‘rnidan turib 3 lahza ichida javob berishi kerak. Shu
muddat ichida javob berolmagan o‘quvchi tik turgan holda qoladi.
Shu muddat ichida javob bergan guruh 10 ball oladi. Tikka qolgan
o‘quvchilar soni 10 dan ayiriladi va bu guruh to‘plagan ball hisoblanadi.
2-bosqich.
 O‘qituvchi har bir guruhga quyidagi 4 gapni bo‘lib beradi:
1. Har ikkimizning ham baxt izlab yurgan o‘spirinligimiz ma’lum bo‘ldi.
(G‘afur G‘ulom)
 2. Qo‘shish, ayirish, bo‘lish, ko‘paytirishlarni bilib
oldim. 
(Hakim Nazir)
 3. Unga Shakarbek deb ism qo‘yishibdi. 
(«Shirin
bilan Shakar» dostonidan)
 4. Shahar ko‘chalari keng va chiroyli.
Ushbu darak gaplardan imkoni boricha ko‘proq so‘roq, buyruq,
istak hamda his-hayajon gaplar hosil qilinadi. Bu gaplarni hosil qiluvchi
vositalardan, albatta, foydalaniladi. Shuningdek, gaplarga boshqa
so‘zlarni, ayniqsa, fe’llarni qo‘shish mumkin. Faqat gapning mazmuni
o‘zgarib ketmasin. Har bir to‘g‘ri tuzilgan gapga 1 ball beriladi, noto‘g‘ri
bo‘lsa, ball berilmaydi.
3-bosqich. 
O‘qituvchi sinf taxtasiga har bir guruh uchun bittadan
gap yozadi. Gaplarda tinish belgilari hamda imlo bilan bog‘liq 5 ta xato
bo‘ladi. Guruhlar uni qog‘ozga ko‘chirib, 2 daqiqada xatolarni tuzatib,
o‘qituvchiga topshirishi kerak. O‘qituvchi javoblarni sinf taxtasida tahlil
qilib beradi. Har bir to‘g‘ri tuzatilgan xato uchun 1 ball beriladi.
4-bosqich. 
Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi taklif qilinadi.
O‘qituvchi ifoda maqsadi hamda his-hayajon ishtirokiga ko‘ra turlicha
bo‘lgan 5 ta gapni o‘qib eshittiradi. Guruh vakillari beshala gapni bexato
yozishlari, zarur bo‘lgan tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishlari kerak. Eng
yuqori ball 10 ball, har bir xato uchun bir balldan olib tashlanadi.
5-bosqich
. Musobaqa yakunlanib, natijalar xulosalanadi.
Agar guruhingiz g‘olib bo‘lolmasa yoki oxirgi o‘rinlarda qolib ketgan
bo‘lsa, xafa bo‘lmang. Yaxshisi, keyingi shunday musobaqalarda g‘olib
bo‘lish uchun o‘tilganlarni takrorlab turing, puxta va izchil bilim oling.


38

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish