Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo



Download 25,02 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi25,02 Kb.
#234264
Bog'liq
1-joriy uchun qayta topshiriq


1-joriy uchun topshiriq

  1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo’lgan talablar

  2. Ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikasi

  3. O’quvchiga pedagogik ta'sir ko’rsatish mahorati


Javoblar

1. Sinfdan tashqari ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o`quvchilar o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy ishlardan iboratdir.

Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunining II bob 17-moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim” ni tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarni tashkil etishlari mumkin”. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.

O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yordam beradi.

Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar bo`yicha darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina maqsadga muvofiq ravishda hal qilish mumkin.

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar har tomonlama kamol topgan inson tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda o`quvchilarning tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi.

Bundan tashqari o`quvchilarning yoshi, ularning qiziqish-havaslari ishning u yoki bu turiga tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning mazmuni va usulini belgilashda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun qiziqarli bo`lishi kerak.

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilar tashkilotlari hamda ota-onalarjamoasiyordamiga suyangan holda olib boriladi.

Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari, ommaviy tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir.

Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi;


  • Fan to’garaklari;

  • Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar;

  • Sport to’garaklari;

  • San’at yo’nalishidagi to’garaklar.

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek, o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari, ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish kerak.

O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur.

Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi.

Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir.Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak.



2. Har bir o’quv yilining boshida o’tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy,nazariy,ma’naviy va metodik jihatdan mazmundor tashkil qila bilish,ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib,doimiy qatnashuvchi bo’lishiga zamin hozirlaydi.Bunday majlis o’qituvchidan ko’p bilim va mahorat talab etadi.

Undagi masalalar yo`zasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak.Bular:

- Har bir oila a’zosi va uning shart -sharoiti haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish;

1.Oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitining soz yoki nosozligini aniqlash;

2.Har bir o’quvchi shaxsi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish;

3.Oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.

Birinchi majlisni o’tkazishdan oldin o’qituvchining tayyorgarligi:

1.Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash;

2.Majlis o’tkazadigan joyni jihozlash;

3.Majlis o’tkazish metodini tanlash, suhbat, tushuntirish;

4.Maktab tarixi va kelajakdagi istiqboli haqida qisqa ma’lumot tayyorlash;

5.Donolar bisotidan foydalanish kabilar.

Ma’naviyat darsida o`quvchilarga "Ota-ona ulug` zot" mavzuini yoritishda ota-onani norozi qilganning ahvoli yomon bo`lishini "Ona qarg`ishi" rivoyatini misol qilib gapirib berish mumkin.

"Ona qarg`ishi" rivoyatining qisqacha mazmuni: Bir mushtipar, ko`zi ojiz qolgan onaning bir o`g`li bo`lib, ona o`z o`g`lining qaramog`ida bo`ladi. Kunlardan bir kun o`g`il o`z onasiga shu kungacha xizmat qilganini aytib, onani vaqtincha tashlab, haj qilgani borishni aytadi. Onaizor qanchalik qarshilik qilmasin, o`g`liga yolg`iz tashlab ketmasligini yalinib so`ramasin, o`g`il baribir ona bilan xayrlashib ko`chaga qadam bosayotganda ona: "Iloyim meni yolg`iz tashlab ketganing uchun, borgan joyingda quruq tuhmatga uchragin" — deb alam dardida qarag`ab yuboradi. Bola uyidan ketib, uzoq yo`l yurib, bir qishloqqa yetib keladi, qorong`u tushub qolgani va tunashga joyi bo`lmagani uchun mahaliy masjidga kirib nomoz o`qish va tonggacha u yerda qolishni rejalashtiradi. Shu kecha qishloqdagi bir xonadonga o`g`ri tushadi. Uy egalari uyg`onib ketadi va o`g`ri qo`lidagi barcha narsalarni olib, qochib ketayotib to`g`ri masjidga kirib, o`g`irlangan mollarni namoz o`qib turgan musofir yigitning yoniga qo`yib, o`zi oynadan sakrab qochib qoladi. Xonadon egalari o`g`rini ortidan quvlab kelayotgani, uning masjidga kirganini ko`radilar va borib qarasalar, o`g`irlangan molni namoz o`qiyotgan yigit yonidan topadi.Yigitni ushlab, do’pposlab, ertasiga to’g’ri qozining oldiga olib kelishadi. Xonadon egasi musofir yigitni o’g’rilik qilib, namoz o’qiyotgandan shikoyat qiladi, unga qattik jazo berishni talab qiladi. Qozi shunday xulosa chiqaradi: o’g’rilik qilgani uchun yigitning 2 qo’lini kestiradi, yugurib masjidga kirgani uchun 2 oyog`ini xam kesadilar. Yigitning tana qismi qoladi. SHunda qozi xalqqa murojaat qilib: "Birovning uyiga og`irlikka tushganning axvolini ko`rib quyinglara-a" — deydi. Musofir yigit esa, qozining gapiga qoshimcha qilib: "O`g`rilik qilganning emas, onani norozi qilib, uning qarg`ishiga uchragan odamning axvolini ko`rib qo`yinglar"—deb, olamdan o`tadi.



3.O‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning xilma-xil manbalari ichida alohida ahamiyat pedagogga beriladi. Tarbiyalanuvchining ongi, hissiyoti, faoliyati va xulqiga ta’sir etishda pedagoglar qanday imkoniyat vositalariga ega? Hamma ham, ayniqsa, yangi ish boshlovchi pedagoglar bu usullarni biladimi yoki tushunadimi, o‘quvchilar bilan muomala qilish va ta’sir etish ko‘nikmalarini egallaganmi?

Ijtimoiy-psixologik nazariyani va muomala qilishning pedagogik amaliyotini o‘rganish asosida kommunikativ ta’sirning ikki asosiy usullarini ajratish mumkin. Bular so‘z yordamida ishontirish va ta’sir etish; his-tuyg‘u, tarbiya xatti-harakatini shakllantirish, mustahkamlash va o‘zgartirishga qaratilgan usullar yig‘indisidir. Lekin ishontirish va ta’sir etishning psixologik mexanizmi bir xilda emas. O‘quvchilarga ta’sir etishning har qanday usullari o‘zining spesifikasiga ega.

Pedagogik adabiyotlarda «Pedagogik ta’sir» tushunchasi qabul qilingan. Bu o‘rinda mazkur tushuncha tarbiyalanuvchining tarbiyachi bilan munosabati jarayonida uning faoliyati passivlashtirilib, qat’iy programmalashtirilib qo‘yilmaydimi? – degan savolni tug‘diradi.

Ta’lim sohasidagi olib borilayotgan islohotlar maktablar oldiga yangidan yangi vazifalarni, xususan o‘quvchilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, ijodkor, tashabuskor, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan qilib tarbiyalashni qo‘yimoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim – tarbiya jarayonini xamkorlik pedagogikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarda ilgari surilgan qonuniyat, qoida va usullar asosida tashkil etishni taqozo etadi. Ta’sir ko‘rsatishning bu xildagi ko‘rinishini taniqli pedagog A.S. Makarenko “Parallel ta’sir ko‘rsatish”, “Kelajak chizig‘lar tizimi” ta’limotlarida ta’riflagan edi.

Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish kerakki, parallel ta’sir ko‘rsatishmi yoxud pedagogik ta’sir ko‘rsatishmi baribir jarayonda o‘qituvchi asos hisoblanadi. Uning uchun o‘quvchi ta’sir ko‘rsatishning obyekti hisoblanadi. Biroq o‘qituvchi ta’sir ko‘rsatish jarayonida o‘z navbatida o‘quvchi (obyekt)dagi ijobiy fazilatlarga hamda o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy kuchiga tayanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik ta’sir har bir o‘quvchida o‘z – o‘ziga ta’sir ko‘rsatish ham yuzaga keladiki, bu xol o‘zaro ta’sir ko‘rsatishni yuzaga keltiradi.

O‘sayotgan yosh avlod ijtimoiy muhit, tabiat bilan doimo o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. O‘zaro ta’sirning natijasi uning ishonchliligi bilan o‘lchanadi. Ya’ni uning egallagan bilim, qarashlari va munosabatlari, xulq normalari sistemasining mukammalligi bilan belgilanadi. Endi biz ishontirishni pedagogik o‘zaro ta’sir natijasi sifatida qarab chiqaylik. Ishontirish haqiqiy va yolg‘on bo‘lishi mumkin. Haqiqiy ishontirish haqiqatga to‘g‘ri keladi va shaxsni ijtimoiy foydali odamga aylantiradi. Inson o‘zining haqiqatda to‘g‘riligini himoya qilib, hatto o‘limga ham bora oladi. Yolg‘on ishonch salbiy qarashlar, salbiy hayotiy tajribalar tufayli yuzaga keladi.

Yolgon ishonch bilan qaraydigan o‘quvchilarni ko‘plab uchratish mumkin. Lekin, biz ularni ajrata olamizmi? Yolg‘on ishonch bilan qaraydigan o‘quvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin:

- «a’lo»ga o‘quvchi bolalar faqat maqtanish uchun o‘qiydilar va ular darsni yodlab oluvchilardir;

- haqiqiy o‘quvchi o‘qituvchidan tanbeh eshitib turishi kerak, aks holda bunday o‘quvchini hurmat qilishmaydi;

- o‘qituvchini aldash - aqllilik, topqirlik belgisi;

- maktabda axloq qoidalarini buzish, demak, o‘qituvchining doimiy nazorati ostida bo‘lish demakdir. Bundaylar kuchli xarakterli bolalar hisoblanadi;

- butun kuch-quvvatini sarflab ishlash keraksiz urinishdir. Bunday ishonch mustahkamlana borib, o‘quvchini keyinchalik odamovi, egoist, shaxsiyatparast qilib qo‘yadi, oqibat aqliy va jismoniy mehnatda sustkashlik va befarqlikka olib keladi.

Noto‘g‘ri ishonchni qayta o‘zgartirish juda ko‘p vaqt talab etadi.

Uni tezlik bilan uch yo‘nalishda amalga oshirish zarur:

a) sinf, guruh jamoasida sog‘lom ijtimoiy muhitni (qarashlar) yaratish kerak.

b) maxsus qimmatli hayotiy tajribalarni to‘plash orqali;



v) noto‘g‘ri qarashlarni (ishonchni) chuqur asoslangan motivlarga tayanib inkor etish zarur.
Download 25,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish