KLUB ISHI
Klub ishining boshqa mashg’ulot turlaridan farqi shuki, u guruh holida olib borilib, klubda bolalar erkin faolyati ko’rsatadilar, o’zaro munosabatlar uchun erkin vaziyat yaratiladi, o’yinlarga ehtiyoj va qiziqishlar qondiriladi.
Klub majlisida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga -“Bu nima?”, “Nima uchun bu yuz beradi?”, “Qaerda buni ko’rish mumkin” kabilarga javob oladilar. Bunga barcha o’quvchilarni jalb qilish uchun “So’ngra javob beramiz”, “Nimachinchining savollari» deb yozib qo’yilgan qutichalar ilib qo’yiladi va ularga savollar tashlanadi.
Klub yig’ilishidan bir hafta oldin o’quvchilar savollarini olib, qabul a‘zollariga bo’lib beradi, va topishni taklif qiladi.Buning uchun o’quvchilarga spravochnik va ilmiy-ommabop adabiyotlarga murojaat qiladilar. O’simlik va hayvonlar ustida kuzatishlar oddiy tajribalar o’tkazadilar. Javob berish paytida ko’rgazma vositalari, diapozitif va diafilmlardan foydalaniladi. Bu ishlar bolalarda chuqur izlanish, kuzatuvchanlik, adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmasini rivojlantiradi.
Klub majlisi o’tkazilayotgan xonada axborot stendi tayyorlanadi, unda bo’lajak majlis temalari ko’rsatiladi. Bu yerda kitob va ko’rgazma qurol ko’rgazmasi ham namoyish qilinadi.
“Nima uchun” qabul yig’ilishiga misol.
Mavzu: “Bahor keldi”.
O’simliklar olamida qaysi hodisa bahor boshlanishini, qaysi daraxt barg chiqargan gulcha gullashini daraxda qachon kurtak bo’rtishini va barglar paydo bo’lishini aniqlash taklif qilinadi.
Stenda erta gullovchi o’t o’simliklar gullari qo’yiladi. Bolalarga shu gullarga taaluqli o’simliklar nomerini aytib berish bahor kelishi bilan qaysi hasharotlar paydo bo’lishini eslash taklif qilinadi.
Keyin eng yaxshi javoblar uchun tanlov e‘lon qilinadi.
Axborot stendiga o’simlik va hayvonlar aks ettirilgan. Fotosuratlar, otkritkalar, gerbariylar namunalari joylashtiriladi. O’quvchilar bular asosida o’z bilimlarini umumlashtiradilar. “Bilasizmi?”, “Bu qiziqarli” sarlavhasida bolalar adabiyotidan, o’z kuzatishlari asosida ma‘lumot beriladi:
Bilasizmi? Fanerkadan qush uyasi yasab bo’lmaydi chunki unda sovuq va notinch bo’ladi, - fanera ovoz o’tkazmaydi.
Bunday hisobiga yashovchi va unga zarar keltiruvchi 120, so’li hisobiga yashovchi 42 tur hasharotlar borligini olimlar aniqlaganlar.
Doimo yashil o’simliklar boshqalar kabi barglarini almashtirib turadilar. Lekin bu sezilmasada amalga oshadi, chunki bir xil o’simliklarda bir necha yil, boshqalarda 1 yil yashaydi.
Qaldirg’ochlar yoz bo’yi yarim mildan to bir milgacha chivin, pashsha va shiralarni tutib yeydi.
“Kim zehnliroq” sarlavhasi uchun, “Yoz yomg’irli, qish serqorli sovuq”, “No’xat ming taomga sochilgan, uni hech kim terib olmaydi”, “Qorsiz qish - nonsiz yozdir” kabi topishmoqlar maqollar beriladi.
Klub ishida bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirish uchun quyidagi mazmunida savollar, topshiriqlar beriladi.
Yozda sayr qilinadi, qishda dam olinadi (Ayiq)
Oyog’i yo’q yuradi, parlari bor ucholmadi, o’zi bor pirillatolmaydi. (Baliq)
Mushuk itdan pokizaligi nimada?
Qish izlari yozda qaerda yaxshi kuzatiladi?
31-fevralda nima bo’ladi? (hech narsa 31-fevral o’zi yo’q).
Qanaqa qo’ng’iroq jaranglamaydi? (Gul qo’ng’irog’i).
Kaklik 7-yoshda kirgach nima bo’ladi? (8 yoshga kiradi).
Nima uchun sigir yotib oladi? (chunki u o’tirishni bilmaydi).
Kluk mashg’ulotida krassvord, chaynvord boshqotirmalari ham beriladi.
!O’!rik
Gul !s! apsar
Q !i! zilcha
Ol!m!a
!L!imon
G !i! los
!K! artoshka
!L! ola
!A! nor
!R! ayhon.
Do'stlaringiz bilan baham: |