3. Yangi mavzuni yoritish:
Teng yonli trapetsiyaning xossasi
ABCD teng yonli trapetsiyani qaraylik. Bunda AD = a – katta asosi, BC = b – kichik asosi bo’lsin. Kichik asosining B uchidan BP balandlik o’tkazaylik (19-rasm). Balandlikning P asosi AD asosni AP va PD kesmalarga ajratsin.
Teorema: Teng yonli trapetsiyaning o'tmas burchagi uchidan o'tkazilgan balandlik katta asosini uzunliklari asoslari ayirmasining yarmiga va asoslari yig'indisining yarmiga teng bo'laklarga ajratadi, ya'ni:
Isbot. C uchidan CF AD ni o'tka-zamiz. To'g'ri burchakli ABP va DCF uchburchaklar teng: AB = DC — shartga ko'ra, BP = CF - BC va AD parallel to'g'ri chiziqlar orasidagi masofa bo'lgani uchun. Uchburchaklar tengligidan, AP= FD kelib
chiqadi.
To'g'ri chiziqqa perpendikular ikki to'g'ri chiziq o'zaro parallel bo'ladi. Parallel to'g'ri chiziqlar orasidagi masofa teng bo'lgani uchun BC= PF= b.
Do'stlaringiz bilan baham: |