Sinf: VI "A", "B"



Download 85,32 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2022
Hajmi85,32 Kb.
#411677
  1   2   3
Bog'liq
dars-ishlanma-1


Sana:

Sinf: VI “A”, “B”

Fan: Musiqa madaniyati

Mavzu: Shashmaqom - mumtoz musiqamiz asosi

Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Shashmaqom san’ati to’g’risidq bilim va tushunchalarga ega bo’ladilar.

b) tarbiyaviy: milliy musiqa merosimizni hurmatlash ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi

Dars jihozi: 6 – sinf darsligi, rubob, tasviriy ko’rgazmalar

Dars turi: bilim yangi va tushunchalar berish

Dars uslubi: ‘Xotira mashqi”, “Aql charxi”

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qisim:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:


  1. Ashula qanday asar?

  2. Ashulalar qanday asarlar asosida kuylanadi?

  3. Mumtoz ashulalrni sanang.

  4. Mumtoz ashulalarning mohir ijrochilarini ayting.

III. Yangi mavzu bayoni:

Shashmaqom - o’zbek va tojik xalqlarining mumtoz musiqasi hisoblanadi. Shashmaqom Buxoroda XVIII asrga kelib to’la shakllangan. Uning tarkibida 250 dan ortiq yirik shakldagi kuy va ashulalar mavjud. Shashmaqom – olti maqom deganidir. Ular “Buzruk”, “Rost”, “Navo”, “Dugoh”, “ Segoh”, “Iroq” deb nomlanadi.

Shashmaqomni maxsus bilimga ega bo’lgan sozanda va xonandalar ijro etishadi. Ularni biz “maqomchilar” deb ataymiz. Azaldan Shashmaqomni ijro etadigan maxsus ansambllar faoliyat ko’rsatib kelgan. Bunday ansambllarga Toshkentda O’zbekiston Teleradiokompaniyasi qoshida tashkil etilgan Yunus Rajabiy nomidagi “Maqomichilar”, Buxoro, Xorazim, Samarqand, Andijon, Farg’ona viloyatlaridagi maqomchilar ansambllari misol bo’la oladi.

Jamoa bo'lib kuylash:

Munajjim bobom

Po’lat Mo’min she’ri Nadim Norxo’jayev musiqasi

Osmonlarda nur ko’zlaringiz

Charaqlaydi yulduzlariz.ing

Amir Temur ruhi bo’lib yor,

Yashnamoqda bu ozod diyor.

Naqarot:

Samarqandda bordaysiz mudom,

Ey munajjim, Ulubek bobom.

Fan ko’ksida yashaysiz hamon,

Ardoqlagay jahon - u zamon.

O’chmagaydir hech izlaringiz,

Biz yerdagi yulduzlaringiz.

Naqarot


IV. Mustahkamlash:


  1. Shashmaqom nima?

  2. Shashmaqomning tarkibiy qismlarini bilasizmi?

  3. Shashmaqom qayerda va qachon shakllangan?

4. Maqom ansambllari haqida gapirib bering

5. “Munajjim bobom” qo’shigining mualliflari kimlar?


V. Baholash:

Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

VI. Uyga vazifa berish:
13 – 14 – sahifalarni o’qib, o’rganish

Sana :

Sinf: VI “A”, “B”

:

Fan: Musiqa madaniyati



Mavzu: Katta ashula. Farg’ona - Toshkent vohasining mumtoz musiqasi

Darsning maqsadi: a) ta’limiy: katta ashula haqida, Farg’ona – Toshkent vohasining mumtoz musiqasi to’g’risida bilim va tushunchalarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: badiiy – estetik didlari shakllantirib boriladi

s) rivojlantiruvchi: musiqiy qobilyatlari rivojlantirib boriladi

Dars jihozi: : 6 – sinf darsligi, rubob, tasviriy ko’rgazmalar

Dars turi: : yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “Tezkor savollar”, “Aql charxi”

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qisim:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:




  1. Shashmaqom nima?

  2. Shashmaqomning tarkibiy qismlarini bilasizmi?

  3. Shashmaqom qayerda va qachon shakllangan?

4. Maqom ansambllari haqida gapirib bering

5. “Munajjim bobom” qo’shigining mualliflari kimlar?


III. Yangi mavzu bayoni:
Katta ashula Farg’ona vodiysining mahalliy uslubiga xos vokal janrlardan biridir. Xalq orasida patnisaki ashula deb ham yuritiladiir. Katta ashula, odatda , cholg’u asboblarisiz ikki – uch xonandalar tomonidan ijro etiladi. Katta ashulaning kuy tuzilishi va ijrosi murakkab shaklda bo’lganligi uchun malakali mohir ashulachilar ijro etadilar. Shu bois, ularni xalqimiz katta ashulachilar deb atashadi.

Katta ashula ijro etish uchun ashulachida juda katta diapazonli, baquvvat, chiroyli ovoz bo’lishi kerak. Ijrochilik sirlarini ustozlardan o’rganish talab qilinadi. Chunki katta ashula keng ko’lamli ohangi, usul jihatidan erkinligi, faqat Farg’ona vodiysiga xosligi bilan ajralib turadi. Ijro paytida katta ashulachilar qo’llarida likobcha ushlab oladilar.

O’zbekistonda har bir vohaning o’ziga xos musiqiy an’analari mavjud. Farg’ona - Toshkent

vohasining mumtoz musiqasi shu yerda yashaydigan xalqlarning turmush tarsi, mashg’ulati va etnik hayoti asosida vujudga kelgan. Ushbu voha mumtoz musiqasiga maqom yo’llarida yaratilgan asarlar kiradi. Bular: “ Bayot I – V “, “ Gulyor – Shaxnoz I – V “, “Dugoh Hunsayniy I – VII”, “ Chorgoh .Shu bilan birga, vohaga xos bo’lgan cholg’u turkumlari, sunray yo’llari va ayniqsa , katta ashula janri alohida e’tiborga loyiqdir.

Bu vohaning mumtoz musiqasiga serjilolik, kuychanlik, joziba va shu bilan birga, erkinlik xosdir. Shu bois, bu vohadan ijrochilik yo’llariga ega bo’lgan sozanda va xonandalar ko’p chiqqan. Jumladan, Erka qori Karimov, Mamatbuva Sattorov, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Abduqodir Ismoilav, G’anijon Toshmatov, Yunus Rajabiy, Faxrddin Sodiqov, Fattohxon Mamadaliyev kabi ustoz san’atkorlarni tilga olishimiz mumkin.

Jamoa bo’lib kuylash:

Munajjim bobom

Po’lat Mo’min she’ri Nadim Norxo’jayev musiqasi

Musiqa tinglash:
Farg’ona – Toshkent vohasiga xos mumtoz musiqa namunalaridan tinglash.

IV. Mustahkamlash:



  1. Katta ashula qanday janr va Respublikamizning qaysi vohasiga xos?

  2. Nimaga patnisaki ashula deyiladi?

3. Katta ashula ijrochilaridan kimlarni bilasiz?

4. Voha qanday mumtoz musiqaga ega?

5. Vohaning ustoz san’atkorlaridan kimlarni bilasiz?

V. Baholash: Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

VI. Uyga vazifa berish: 16 – 17 - sahifalarni o’qib, o’rganish
Sana

Sinf VI “A” “B” “D”

Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Xorazm vohasining mumtoz musiqasi

Darsning maqsadi: a) talimiy: Xorazm vohasining mumtoz musiqasi haqida bilimlarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: xalq musiqa merosimizni asrab avaylash ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari shakllantirib boriladi
Dars jihozi, tasviriy ko’rgazmalar

Dars turi: : : 6 – sinf darsligi, rubob yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “Tezkor savollar”, “Aql charxi”

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



  1. Katta ashula qanday janr va Respublikamizning qaysi vohasiga xos?

  2. Nimaga patnisaki ashula deyiladi?

3. Katta ashula ijrochilaridan kimlarni bilasiz?

4. Voha qanday mumtoz musiqaga ega?

5. Vohaning ustoz san’atkorlaridan kimlarni bilasiz:

III. Yangi mavzu bayoni:

Xorazm eng qadimiy madaniyatga ega bo’lgan, o’zining madaniyati va san’ati bilan O’rta Osiyo madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan vohalardan biri.

Xorazm mumtoz musiqasi janrlarga boy. Chunonchi, maqom, maqom yo’llarida yaratilgan mumtoz kuy va ashula hamda o’ziga xos doston ijrochiligi san’atlariga ega. Xorazm maqomlari “Rost”, “Buzruk”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”, “Iroq” va “Panjgoh”(to’liq bo’lmagan qismi) lardan iborat. Umuman, ular “ Olti yarim maqom” deb yuritiladi.

Xorazm maqomlaridan tashqari, bu vohaga xos bo’lgan “Suvora”, “Naqsh”, “Faryod” kabi mumtoz kuy va ashulalar ham bor. Bular aynan Xorazm mumtoz musiqasining namunalaridir. Ularning ijro uslublarida o’ziga xoslik mavjud. Ular cholg’u va ashula ijrochiligida yaqqol seziladi. XIX asrda esa Xorazm maqomlari “Xorazm tanbur chizig’I” asosida notaga olingan.

Xorazm mumtoz musiqasining yana bir turi – bu doston ijrochiligidir. Chunki bu vohada dostonlar ham ashula uslubida ijro etiladi. Doston ijrochilari xalq orasida baxshi deb yuritiladi (jumladan, Bolabaxshi).

Xorazm vohasi mumtoz musiqasi ilrochiligiga xos cholg’ular quyidagilardir: tor, g”ijjak, qo’shnay, tanbur, dutor, sunray va doyra.

Xorazm mumtoz musiqasining ustozlari Madrahim Sheroziy, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozovlar.

Musiqa tinglash

Xorazm xalq mumtoz musiqa namunalaridan tinglash.

IV. Mustahkamlash.


  1. Xorazm vohasi madaniyati haqida nima bilasiz?

  2. Xorazm mumtoz musiqasi namunalari xususida gapirib bering.

  3. Qaysi Xorazm maqomlarini bilasiz?

  4. Xorazm dostonchilik san’atini aytib bering.

  5. Xorazm vohasiga xos an’anaviy cholg’ularni sanang

  6. Xorazm maqomlari nima deb yuritiladi?

IV. Baholash:


Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

V. Uyga vazifa:


19 – 20 – sahifalarni o’qib, o’rganish

Sana


Sinf VI “A” “B” “D”

Fan Musiqa madaniyati


Mavzu: Surxondaryo – Qashqadaryo mumtoz musiqasi
Darsning maqsadi: a) talimiy: ushbu voha mumtoz musiqasi, milliy musiqa merosi haqida bilimlarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: milliy musiqa merosimizga hurmat ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi

Dars jihozi: : 6 – sinf darsligi, rubob

Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “Tezkor savollar”, “Aql charxi”

:

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:



b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:




  1. Xorazm vohasi madaniyati haqida nima bilasiz?

  2. Xorazm mumtoz musiqasi namunalari xususida gapirib bering.

  3. Qaysi Xorazm maqomlarini bilasiz?

  4. Xorazm dostonchilik san’atini aytib bering.

  5. Xorazm vohasiga xos an’anaviy cholg’ularni sanang

6. Xorazm maqomlari nima deb yuritiladi
III. Yangi mavzu bayoni:

Surxondaryo – Qashqadaryo vohasi o’zining mahalliy urf – odatlari va an’analari bilan alohida ajralib turadi . Ularning mumtoz musiqasi asosan dostonchilik bilan bog’liqdir. Doston ijrochilik an’analarida esa adabiy – nasriy va musiqiy xislatlar mujassamlashgan.

Doston ijrochiligining o’ziga xosligi - ularning ovoz ishlatilishida (tomoqda kuylash) va do’mbira cholg’usida jo’r bo’lishidadir. Shu bois , bu voha ko’proq dostonchilik san’ati bilan mashhur. Doston ijrochilari xalq orasida dostonchi, baxshi, shoir deb ataladi.

Bu vohada eng ko’p tarqalgan dostonlardan “Alpomish”, “Sohibqiron”, “Avazxon”, “Iskandarnoma”, “G’o’ro’g’li”, “Oshiq G’arib va Shohsanam” va boshqalar. Ular tarixiy bahodirlik va ishqiy dostonlar hisoblanadi.

Tamoshosini
Kel, G’aribim, gasht etaylik bu bog’da (yo),

Bulbul ko’rsin gulning tamoshosini


III. Mustahkamlash:

1. Surxondaryo – Qashqadaryo mumtoz musiqasining asosini qanday janrlar tashkil etadi?

2. Bu voha doston ijrochiligining o’ziga xos hususiyati nimada?

3. Doston ijrochilarini kim deb atashadi?

4. Ushbu vohaga xos qanday dostonlarni bilib oldingiz?

5. Dostonlarning qo’shiq qilib kuylanadigan qismi nima deb ataladi?

6. Xalq baxshilarini sanab bering.
IV. Baholash:

Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

V. Uyga vazifa berish:

21 – 22 – sahifalarni o’qib, o’rganish

Sana

Sinf VI “A” “B” “D”



Fan Musiqa madaniyati
Mavzu: Mumtoz musiqa. Klassik musiqa
Darsning maqsadi: a) talimiy: ozbek xalq klassik va mumtoz musiqasi, uning janrlari haqida bilimlarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: badiiy - estetik didlari shakllantirib boriladi

s) rivojlantiruvchi: musiqiy qobilyatlari rivojlantiriladi
Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “Aql charxi”, “Domino”

Dars jihozi: 6 - sinf darsligi, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Surxondaryo – Qashqadaryo mumtoz musiqasining asosini qanday janrlar tashkil etadi?

2. Bu voha doston ijrochiligining o’ziga xos hususiyati nimada?

3. Doston ijrochilarini kim deb atashadi?

4. Ushbu vohaga xos qanday dostonlarni bilib oldingiz?

5. Dostonlarning qo’shiq qilib kuylanadigan qismi nima deb ataladi?

6. Xalq baxshilarini sanab bering.


III. Yangi mavzu bayoni:

III. Mustahkamlash:

IV. Baholash:

V. Uyga vazifa berish:

Sana

Sinf V “A” “B” “D”



Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: O’zbek xalq cholg’ulari orkestrining torli – kamonli cholg’ular guruhi

Darsning maqsadi: a) talimiy: orkestirning torli – kamonli cholg’ular guruhini tashkil etuvchi cholg’ular bilan tanishadilar

b) tarbiyaviy: badiiy estetik didlari shakllanrtirib boriladi

s) rivojlantiruvchi: sof kuylay olish malakalari rivojlantirib boriladi
Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “xotira mashqi”, “aqliy hujum”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



  1. Orkestr deb nimaga aytiladi?

  2. 1 – o’zbek xalq cholg’ulari orkestiri nechanchi yilda tashkil topgan?

  3. Ushbu orkestrda cholg’ular guruhi nechta?

  4. O’zbekistom Respublikasi davlat madhiyasi qachon qabul qilingan?

III. Yangi mavzu bayoni:

O’zbek xalq cholg’ulari orkestrining torli – kamonli cholg’ular guruhiga – I, II G’ijjaklar, G ’ijjak – altlar, Qobuz – baslar, Qobuz – kontrabaslar kirgan va ular 5 ta nota chizig’ini egallb, partituraning eng pastki qismidan joy olishgan. Sanab o’tilgan cholg’ular asarning asosiy kuy - ohangini ijro etish bilan birga yo’ldosh ohanglar va usul - garmoniya ko’rinishlarida jo’r bo’lishlari ham mumkin.

Jamoa bo’lib kuylash.

Aziz ustozlar

To’lqin she’ri Sobir Boboyev musiqasi

Doim aziz hurmatingiz,

Ununtmaymiz mehnatingiz.

Naqarot:


Jonajonlar, mehribonlar,

Aziz ustozlar.

Boshimizni siladingiz,

Bizga oq yo’l tiladingiz.

Naqarot:

Sizlar bizning baxtimizsiz,

Dillardagi axtimizsiz.

Naqarot:


Sizga izzat, sizga hurmat,

Yosh qalblarda bo’ling har vaqt.

Naqarot:

Jonajonlar, mehribonlar,

Aziz ustozlar

Musiqa tinglash.

Farhod Alimovning “Shodiyona” asarini tinglash

Musiqa savodi.

Tovushqatorlar va oktavalar

IV. Mustahkamlash:

1. O’zbek xalq cholg’ulari orkestrining torli – kamonli cholg’ular guruhini qaysi cholg’ular tashkil

etadi?


2. Nima uchun torli – kamonli cholg’ular guruhi deyiladi?

3. “Aziz ustozlar” qo’shig’ining bastakori kim?

IV. Baholash:

V. Uyga vazifa berish: 15 – 16 – sahifalarni o’qib, o’rganish.

Sana

Sinf VII “A” “B”



Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Sozandachilik san’ati

Darsning maqsadi: a) talimiy: Buxoro – Samarand vohasiga xos bo’lgan sozandachilik san’ati to’g’risida bilimlarga ega bo’ladilar.

b) tarbiyaviy: xalq og’zaki musiqa san’atini e’zozlash ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi.

Dars turi: : yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “xotira mashqi”, “aqliy hujum”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:


  1. Buxoro – Samarqand musiqa uslubi deb nimaga aytiladi?

  2. Ushbu voha musiqiy ananalarini sanang

  3. Bu vohaning o’ziga xosligi nimada?

  4. Bahor faslida qanday bayram keng nishonlanadi?

III. Yangi mavzu bayoni:

Buxoro – Samarqand musiqa uslubida sozandachilik san’ati ham shakllangan bo’lib, u ayollar ijodi bilan bog’liq. Sozanda - bu yakkaxon aytimchi bo’lib, u qo’lida qayroq yoki zang (qo’ng’iroqcha) ushlab raqsga tushadi hamda qo’shiq bandlarini kuylaydi. Ikki – uch ayoldan iborat doyrachilar dastasi esa naqoratlar bilan jo’r bo’lib turadi. Demak, sozanda dastasida jami uch – to’rt ayol – yakkaxon sozanda, doyrachi, naqoratchi qatnashadi.

An’anaga ko’ra, sozanda dastasi o’z san’atini faqat xotin – qizlar davrasida o’tkaziladigan yig’in, to’y va turli bayramlarda namoyish etadi. Ularning repertuarini o’zbek va tojik tilida bo’lgan ko’p qisimli o’yin – aytim turkumlaridan iborat bo’ladi. Shuningdek, aytim qo’shiqlarni ham o’zbek, ham tojik tillarida kuylash an’anasi mavjud. Odatda, sozanda o’z aytimini vazmin, lekin

tantanavorlik ruhi bilan sug’orilgan “To’y muborak” qo’shig’I bilan boshlaydi. So’ngra asta jadallashib boruvchi raqs – o’yin aytimlari birin – ketin, to’xtovsiz ijro etila boshlanadi.

Doyrachilar ham naqoratlar, ham usullar bilan jo’r bo’lib turishadi, ba’zan esa turkum davomida ikki xil tuzilishga ega ritmlarni o’zaro mutanosib ijro etadilar.

Jamoa bo’lib tinglash.

Bo’yi – bo’yi

Xalq qo’shig’i

Bo’yu – bo’yi, bo’yi

Abro’yash dume more.

Nigori nozanini ahli dardam,

Abro’yash dumi more.

Bo’yu – bo’yi, bo’yi

Abro’yash dume more.

Saramro gar burri bo xanjari tez

Aaro’yash dumi more.

Bo’yu – bo’yi, bo’yi

Abro’yash dume more.

Musiqa tinglash.

Sozanda dastasi ijrosidagi qo’shiqlardan tinglash

III. Mustahkamlash:


  1. Sozandachilik san’ati kimlar ijodi bilan bog’liq?

  2. Sozanda dastasi necha ayoldan tashkil topadi?

  3. Ushbu ansambl repertuari qanday qo’shiqlardan tashkil topgan?

  4. “Bo’yu – bo’yi” qanday qo’shiq?

IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

V. Uyga vazifa berish: 19 – 20 – sahifalarni o’qib, o’rganish.

Sana

Sinf VII “A” “B”



Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Farg’ona - Toshkent musiqa uslubi

Darsning maqsadi: a) talimiy: Farg’ona - Toshkent musiqa uslubi, uning musiqiy an’analarining o’ziga xos jihatlari to’g’risida bilimlarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: xalq og’zaki musiqa ijodini hurmatlash ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi.
Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “tezkor savollar”, “aqliy hujum”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



  1. Sozandachilik san’ati kimlar ijodi bilan bog’liq?

  2. Sozanda dastasi necha ayoldan tashkil topadi?

  3. Ushbu ansambl repertuari qanday qo’shiqlardan tashkil topgan?

  4. “Bo’yu – bo’yi” qanday qo’shiq?

III. Yangi mavzu bayoni:

Farg’ona – Tashkent musiqa uslubi – Farg’ona vodiysi, Toshkent shaxri va viloyati hududlarida qaror topgan musiqiy an’analar majmuidir. Bunda xalq musiqasiga oid kuy, terma, lapar, qo’shiq, yalla, ashula kabi aytim janrlari, shuningdek, dostonchilik, ashulachilik, maqomchilik kabi kasbiy musiqa an’analari o’z aksini topgan.

Farg’ona – Toshkent musiqa uslubida bolalar folklori, xotin – qizlarning qo’shiqchilik ijodi, yallachilik, ashulachilik va cholg’u kuylari munosib o’rin tutadi. Jumladan, mazkur uslubdagi bolalar folklori bo’lgan ”Boychechak”, “Yomg’ir yog’aloq”, “Laylak keldi”, “Oftob chiqdi”, “Chuchvara qaynaydi”, “Chittigul” kabi qo’shiqlar nafaqat shu sarhadda, balki butun diyorimiz bo’lab mashhurdir.

Xotin – qizlar davrasida lapar – u yallalar, to’y marosimi qo’shiqlari bo’lgan “Yor – yor”, “Kelin salom” va boshqa qo’shiq namunalari sevib aytiladi.

Farg’ona - Tashkent musiqa amaliyotida deyarli barcha xalq cholg’ularini, jumladan, dutor, tanbur, rubob, chang, sato, g’ijjak, nay, qo’shnay, sunray, karnay, doyra, nog’ora va boshqa sozlarni ko’rish mumkin. Bu sozlar vaziyatga qarab yakka yoki ansambl shaklida namoyon bo’ladi. Xususan, ommaviy bayram, xalq tantanalari va to’y marosimlarida sunray, karnay, nog’ora va doiralardan iborat ansambl sadolari yangrasa, xona sharoitlarida esa sadolanishi nisbatan yumshoq cholg’ular – dutor, tanbur, g’ijjak, qo’shnay va boshqqlar qo’llaniladi.

Musiqa tinglash.

“Tanavor I” xalq ashulasini tinglash

Jamoa bo’lib kuylash.

Ey nozanin

Muqimiy g’azali Xalq kuyi

Ey, nozanin, ishqing bilan devonaman,

Oqshomlari uyqum kelmay to’lg’onaman.

Parilardek ochib yuzing, nihon bo’lding,

Xudba – xudba rashkim kelib qizg’onaman.

III. Mustahkash:


  1. Farg’ona – Toshkent musiqa uslubi deb nimaga aytiladi?

  2. Ushbu voha musiqa an’analarini sanang.

  3. Xotin – qizlar davrasida qanday qo’shiqlar sevib aytiladi?

  4. Ommaviy bayram va tantanalarda qaysi cholg’ular keng qo’llaniladi?

  5. Farg’ona – Toshkent musiqa uslubiga xos raqs kuylarini sanang.

IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.
V. Uyga vazifa berish: 24– 27 – sahifalarni o’qib, o’rganish.

Sana


Sinf VII “A” “B”

Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Katta ashula va yallachilik san’ati

Darsning maqsadi: a) talimiy: ushbu musiqiy janrlar to’g’risida bilimlarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: do’stlik bir – biriga o’zaro hurmat ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: sof kuylay olish malakalari rivojlantirib boriladi.

Dars turi: : yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “tezkor savollar”, “aql charxi”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



  1. Farg’ona – Toshkent musiqa uslubi deb nimaga aytiladi?

  2. Ushbu voha musiqa an’analarini sanang.

  3. Xotin – qizlar davrasida qanday qo’shiqlar sevib aytiladi?

  4. Ommaviy bayram va tantanalarda qaysi cholg’ular keng qo’llaniladi?

  5. Farg’ona – Toshkent musiqa uslubiga xos raqs kuylarini sanang.

III. Yangi mavzu bayoni:

Katta ashula Farg’ona – Toshkent musiqa uslubining o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chunki, kasbiy musiqaga oid bu ashula janri boshqa mahalliy uslublarda uchramaydi. Katta ashula – yirik hajmli va kuy – ohanglari keng nafasga mo’ljallangan ashula bo’lib, u yakka hofiz - ashulachi yoki 2- 4 hamnafas hofizlar tomonidan aytiladi. Bunda jo’rnavoz cholg’ular qo’llanilmaydi. Katta ashulalarning nazmiy asoslarini aruz vaznida bo’lgan diniy – fazlsafiy , ishqiy – muhabbat, pand – nasihat kabi mavulardagi she’riyat namunalari tashkil etadi. Bu turdagi ashulalar rivojlangan kuylarga ega bo’lib, odatda, erkin ritm – o’lchov asosida badihaviylik xususiyatlari bilan kuylanadi. Mazkur janrning “patnusaki ashula”, “likobi ashula” singari boshqacha nomlanishlari ham ma’lumki, zero hofizlar ijro paytida qo’llarida patnis yoki likob (tarelka) ushlab turadilar. Farg’ona – Toshkent musiqa uslubida xotin – qizlar ijodi unumli bo’lib, ular orasida, jumladan, tarafma – taraf bo’lib lapar aytishlar, turli qo’shiqlarni kuylash, to’y marosimi aytimlari bo’lgan yor – yor, kelinsalom va o’lanlarni kuylash ommaviy tus olgan. Bular ichida, ayniqsa, yallalar sevib ijro etiladi. Yalla – bu band – naqarot shakliga ega aytim bo’lib, u raqsga tushib kuylanadi. Bunda yakkaxon yallachi doyra jo’rligida raqsga tushib bandlarni kuylasa, naqarotlarni davrada hozir bo’lgan ko’pchilik qo’shilib aytadi. Bundan tashqari, Buxoro – Samarqand sozandalari va Xorazm xalfalari san’atiga yaqin bo’lgan kasbiy yallachilar ham bo’lib, ular yakka holda yoki ansambl tarzida namoyon bo’ladi.

Musiqa tinglash.

“Yallama - yorim” xalq yallasini tinglash

Jamoa bo’lib kuylash.

Ey nozanin

Muqimiy g’azali Xalq kuyi

Ey, nozanin, ishqing bilan devonaman,

Oqshomlari uyqum kelmay to’lg’onaman.

Parilardek ochib yuzing, nihon bo’lding,

Xudba – xudba rashkim

III. Mustahkamlash:



  1. Katta ashulalar qanday ijro etiladi?

  2. Mazkur janr yana qandqy nomlanadi?

  3. Yallachilik san’ati kimlar ijodi bilan bog’liq?

  4. Yalla qanday aytim?

IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.
V. Uyga vazifa berish: 30 – 32 – sahifalarni o’qib, o’rganish.

Sana


Sinf VII “A” “B”

Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Xorazm musiqa uslubi

Darsning maqsadi: a) talimiy: Xorazm musiqa uslubi haqida, ushbu vohada qaror topgan barcha musiqiy – badiiy an’analar to’g’risida bilimlarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: ushbu voha musiqiy merosini e’zozlash ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi.


Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “tezkor savollar”, “aql charxi”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:




  1. Katta ashulalar qanday ijro etiladi?

  2. Mazkur janr yana qandqy nomlanadi?

  3. Yallachilik san’ati kimlar ijodi bilan bog’liq?

  4. Yalla qanday aytim?

III. Yangi mavzu bayoni:

Xorazm musiqa uslubi – mazkur vohadagi xalq qo’shiqlari va laparlari, turli marosim, tomosha va o’yin – raqs kuylari hamda dostonchilik, ashulacnilik va maqom san’atikabi kasbiy musiqa an’analaridan tashkil topgan. O’zbek musiqasining tarkibiy qismi bo’lgan Xorazm musiqasi, ayni vaqtda, o’zgacha tarovatga ega bo’lib, uning ma’lum darajada turkman va ozarbayjon musiqasiga yaqin jihatlari ham bor.

Xorazm musiqa uslubining o’ziga xosligi uning an’anaviy cholg’ularida ham namoyon bo’ladi. Masalan, bulamon damli – puflama cholg’usi bu uslubda keng qo’llaniladi. U boshqa mahalliy uslublar uchun xos emas. Bulamon – tut daraxtidan ishlangan kichik surnay shaklidagi cholg’u bo’lib, unda yakka holda va ansambl tarkibida ijro etish mumkin.

Xorazmda Kavkazning mashhur tor cholg’usi ham keng tarqalgan. XIX asr oxiridan boshlab esa, “garmon” cholg’usi ham qo’llana boshlangan. Uni “soz” deb atashadi. Bulardan tashqari, Xorazm musiqa amaliyotida deyarli barcha o’zbek xalq cholg’ulari ( dutor, tanbur, g’ijjak, nay va boshqalar) qo’llangani holda do’mbira sozi kam uchraydi.

Xorazm dostonchilik maktabi o’z an’analariga ega bo’lib, u boshqa mahalliy dostonchilik maktablaridan farqli jihatlarga ega.

Musiqa tinglash:

“Norim – norim” xalq kuyi

Jamoa bo’lib kuylash:

Ona tilim – o’zbek tilim

Po’lat Mo’min she’ri Farxod Alimov musiqasi

Tilim chiqqan so’zing bilan,

Dilim ravshan o’zing bilan.

Faxr etadur xalqim elim,

O’zbek tilim – ona tilim.

III. Mustahkamlash:



  1. Xorazm musiqa uslubi deb nimaga aytiladi?

  2. Qaysi cholg’u keng qo’llaniladi?

  3. Xorazmda Kavkazning qaysi cholg’usi keng tarqalgan?

  4. Ushbu vohada qaysi cholg’u kam uchraydi?

  5. Xorazm dostonchilik an’analarining o’ziga xos jihatlarini sanang.

IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

V. Uyga vazifa berish: 34 – 38– sahifalarni o’qib, o’rganish.

Sana

Sinf VII “A” “B”



Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Xorazm ashulachilik san’ati

Darsning maqsadi: a) talimiy: ushbu voha ashulachilik san’ati haqida, mohir ijrochilari to’g’risida bilimlarga ega bo’ladilar.

b) tarbiyaviy: mashhur ashula ijrochilarining hayot yo’liga mehr – muhabbatlilik ruhida tarbiyalanadilar.

s) rivojlantiruvchi: sof kuylay olish malakalari shakllantirib boriladi.
Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “tezkor savollar”, “aql charxi”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



  1. Xorazm musiqa uslubi deb nimaga aytiladi?

  2. Qaysi cholg’u keng qo’llaniladi?

  3. Xorazmda Kavkazning qaysi cholg’usi keng tarqalgan?

  4. Ushbu vohada qaysi cholg’u kam uchraydi?

  5. Xorazm dostonchilik an’analarining o’ziga xos jihatlarini sanang

III. Yangi mavzu bayoni:

Xorazm ashulachilik san’ati ravnaq topgan bo’lib, ashulachilarni xalq orasida “go’yanda” deb ataydilar. Ashula janrining muhim jihatlari shundan iboratki, u, asosan, mumtoz she’riyat namunalariga asoslanadi. Kuy – ohanglari esa qo’shiq va laparlarga nisbatan keng rivojlangan bo’lib, ovoz ko’lami (diapazoni) bir oktava va undan ortiq bo’ladi. Xorazmda “Suvora” nomi bilan ma’lim va mashhur ashula turkumlari mavjud. “Suvora” so’zi fors – tojikcha bo’lib, otliq ma’nosini bildiradi. Ustozlar “Suvora” ashula yo’llarini “ot tuyog’idan hosil bo’lgan turli ritmik tuzilmadagi usullar va ularga asoslangan kuylar”ni ifodalaydi, deb ta’kidlaydilar. Xorazm “Suvora”lari Naavoiy, Mashrab, Nodira, Ogahiy, Munis, Avaz O’tar, Bedil kabi shoirlarning she’rlari asosida aytiladi. Xorazmda “Suvora” ijrochilarining didalashma yoki diydalashma deb yuritiladigan o’ziga xos musobaqalari o’tkazilib turiladi. Bunday musobaqada qatnashayotgan bir necha ashulachilarning har biri dastlabki ashulachi taklif etgan ashula kuyi asosida yangi she’rlar bog’lab, navbatma – navbat kuylaydilar.

Musiqa tinglash: “Savti Suvora I” ni tinglash

Jamoa bo’lib kuylash:

Ona tilim – o’zbek tilim

Po’lat Mo’min she’ri Farxod Alimov musiqasi

Tilim chiqqan so’zing bilan,

Dilim ravshan o’zing bilan.

Faxr etadur xalqim elim,

O’zbek tilim – ona tilim.

III. Mustahkamlash:


  1. Ashulachilarni xalq orasida kim deb atashadi?

  2. Ushbu vohada qaysi ashula turkumi mashhur?

  3. Xorazm “Suvora”lari qaysi shoirlarning g’azallari asosida kuylanadi?

  4. “Suvora” ijrochilarining qanday musobaqalari o’tkaziladi?

  5. “Suvora”larning mashhur ijrochilarini sanang.

IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

V. Uyga vazifa berish: 44 – 45– sahifalarni o’qib, o’rganish.

Sana

Sinf VII “A” “B”



Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Takrorlash

Darsning maqsadi: a) talimiy: chorak davomida o’rganilgan mavzular yuzasidan o’quvchilar bilimlarini interfaol usullar yordamida mustahkamlash

b) tarbiyaviy: do’stlik ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: musiqiy bilimlari rivojlantirib boriladi.

Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “tezkor savollar”, “aql charxi”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar


I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:


  1. Ashulachilarni xalq orasida kim deb atashadi?

  2. Ushbu vohada qaysi ashula turkumi mashhur?

  3. Xorazm “Suvora”lari qaysi shoirlarning g’azallari asosida kuylanadi?

  4. “Suvora” ijrochilarining qanday musobaqalari o’tkaziladi?

  5. “Suvora”larning mashhur ijrochilarini sanang.

III. Yangi mavzu bayoni:

Chorak davomida o’rganilgan mavzular yuzasidan savol – javob o’tkazish




  1. Xorazm musiqa uslubi deb nimaga aytiladi?

  2. Qaysi cholg’u keng qo’llaniladi?

  3. Xorazmda Kavkazning qaysi cholg’usi keng tarqalgan?

  4. Ushbu vohada qaysi cholg’u kam uchraydi?

  5. Xorazm dostonchilik an’analarining o’ziga xos jihatlarini sanang

  6. Katta ashulalar qanday ijro etiladi?

  7. Mazkur janr yana qandqy nomlanadi?

  8. Yallachilik san’ati kimlar ijodi bilan bog’liq?

  9. Yalla qanday aytim?




  1. Farg’ona – Toshkent musiqa uslubi deb nimaga aytiladi?

  2. Ushbu voha musiqa an’analarini sanang.

  3. Xotin – qizlar davrasida qanday qo’shiqlar sevib aytiladi?

  4. Ommaviy bayram va tantanalarda qaysi cholg’ular keng qo’llaniladi?

  5. Farg’ona – Toshkent musiqa uslubiga xos raqs kuylarini sanang.

15. Sozandachilik san’ati kimlar ijodi bilan bog’liq?

16. Sozanda dastasi necha ayoldan tashkil topadi?

17. Ushbu ansambl repertuari qanday qo’shiqlardan tashkil topgan?

18. “Bo’yu – bo’yi” qanday qo’shiq?

19. Buxoro – Samarqand musiqa uslubi deb nimaga aytiladi?

20 .Ushbu voha musiqiy ananalarini sanang

21. Bu vohaning o’ziga xosligi nimada?

22. Bahor faslida qanday bayram keng nishonlanadi?


IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.
V. Uyga vazifa berish: chorak davomida o’rganilgan barcha mavzularni mustahkamlash

Sana


Sinf V “A” “B” “D”

Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Xor san’ati. Xor ijrosi uchun xalq qo’shiqlarini moslashtirish

Darsning maqsadi: a) talimiy: xor san’ati haqida umumiy tushunchalarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: do’stlik ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: sof kuylay olish malakalari rivojlantirib boriladi


Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “tezkor savollar”, “aql charxi”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

1. O’zbek xalq cholg’ulari orkestrining torli – kamonli cholg’ular guruhini qaysi cholg’ular tashkil

etadi?


2. Nima uchun torli – kamonli cholg’ular guruhi deyiladi?

3. “Aziz ustozlar” qo’shig’ining bastakori kim?

III. Yangi mavzu bayoni:

Musiqa madaniyatida xor san’ati katta ahamiyatga egadir. Avvalambor “xor” o’zi nima ekanligini bilib olish zarur. Cholg’ular ijrosida ko’p ovozli musiqani tinglaganimizdek, xor vositasida ham ikki, uch va undan ortiq ovozli asarlarni kuylashga va tinglashga o’rganganmiz. Xor so’zini ikki xil ma’noda anglash mumkin. Birinchisi - kuylovchi jamoa bo’lsa, ikkinchisi – xor jamoasining ijro qilishga mo’ljallab yozilgan musiqa asaridir.

Xorda 4 xil ovoz bor: xotin – qizlarga yoki bolalarga xos bo’lgan – soprano va alt ovozlar, erkaklarga xos bo’lgan – tenor va bas ovozlaridir. Sanab o’yilgan ovozlardagi har bir kuylovchi o’z vazifasini tushungan holda to’g’ri ijro etgandagina xorning mukammal, yoqimli va badiiy obrazli eshitilishiga imkon yaratadi.

Professional bastakorlar xor uchun orginal asarlar yaratish bilan birga xalq qo’shiqlarini ham ko’p ovozli qilib xor ijrosiga moslashtirishgan. XX asrning 50 – yillaridayoq Mutal Burxonovning jo’rsiz xorlari namuna darajasida e’tibor qozongan. Bu o’rinda uning “Yorlarim”, “Endi sendek”, “Bibigul”, “ Sari ko’xi baland” kabi asarlarini sanab o’tish lozim.

Musiqa savodi:

Ton va yarim tonliklar

Royal, pianino va akkordeonda oq va qora klavishlar bor. Agar yonma – yon kelgan oq klavish oralig’da qora klavish bo’lmasa bu klavishlarda hosil bo’ladigan tovushlar oralig’I yarim ton bo’ladi. Bunday yarim tonlar Mi – Fa va Si – Do klavishlari oraliqlarida uchraydi.

Agar ikki oq klavish oralig’ida qora klavish bo’lsa, bu ikki oq klavish oralig’I butun ton bo’ladi.

Musiqa tinglash:

Bolalar xori uchun Shermat Yormatov moslashtirgan “Boychechak” o’zbek xalq qo’shig’ini tinglash.

Jamoa bo’lib kuylash:

Aziz ustozlar

To’lqin she’ri Sobir Boboyev musiqasi

Doim aziz hurmatingiz

Unutmaymiz mehnatingiz

III. Mustahkamlash:



  1. Xor deb nimaga aytiladi?

  2. Xorda necha xil ovoz bor?

  3. Tenor va bas ovozlari kimlarga xos?

  4. Mutal Burxonov xor uchun qanday asarlar yaratgan?

  5. Qaysi tovushlarning oralig’I yarim tonga teng?

IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

V. Uyga vazifa berish: 44 – 45– sahifalarni o’qib, o’rganish.

Sana

Sinf V “A” “B” “D”



Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Xor uchun professional janrlarda ijod qilish

Darsning maqsadi: a) talimiy: O’zbekiston bastakorlari tomonidan xor uchun yaratilgan xilma – xil asarlar bilan tanishadilar

b) tarbiyaviy: bastakorlar hayot yo’liga mehr muhabbatlilik ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi
Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “tezkor savollar”, “aql charxi”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



  1. Xor deb nimaga aytiladi?

  2. Xorda necha xil ovoz bor?

  3. Tenor va bas ovozlari kimlarga xos?

  4. Mutal Burxonov xor uchun qanday asarlar yaratgan?

  5. Qaysi tovushlarning oralig’I yarim tonga teng?

III. Yangi mavzu bayoni:

O’zbekiston bastakorlari tomonidan xor uchun yaratilgan asrlarning janrlari xilma – xildir. Bular – qo’shiq, syuita, cantata, oratoriya, simfoniya kabilar bo’lib, ushbu janrlarda ko’plab asarlar yaratilganligi talaygina ilmiy maqolalarda, kitob va darsliklarda e’tirof etilgan.

Bastakorlardan Mutal Burxonovning “Davlat madhiyasi”, “Zarra gul”, “Go’zal qizga”qo’shiqlari, “Alisher Navoiyga qasida”si, Mardon Nasimovning “Dilbarim” vokal – simfonik syyitasi, Sulaymon Yudakov “Mirzacho’l” syuitasi, “Mening vatanim” kantatasi, Sobir Boboyevning “Xoral”I, “Aziz ustozlar” qo’shig’I, Botir Umidjonovning “Qora soch”, “Alla”, “Oq kaptar” qo’shiqlari, Mustafo Bafoyevning “Buxoro haqida” oratoriyasi, “Xor uchun” simfoniyasi, Shermat Yormatovning “Maysa”, “O’zbekiston tong yurtim”, “Sog’lom avlod qo’shig’I”, “Nurli avlod” kabi qo’shiqlari, G’afur Qodirov

Ning “Ona qo’llari”, “Maktajon – oftobjon” kantatasi, Nadim Norxo’jayevning “Chamandagi gullarmiz”, “Zavqing soch qaldirg’och”, “Gul terdi gullar” , “Yaxshi bola” kabi qo’shiqlari, Avaz Mansurovning “Hur Respublikam”, “Oq kaptarning parvozi”, “Ming assalom ustozlar”, “Bolarilar qo’shig’I”, “Bolalar xori va orkestr uchun” 1 – simfoniyasi, Rustam Abdullayevning “Parvozdagi qushchalar” qo’shig’I, Dilorom Omonullayevaning “Etikcham”, “Diloromning qo’shig’I” kabilar xor uchun professional janrlarda ijod qilishning yorqin namunalari bo’lib musiqa tarixida qoladi.

Jamoa bo’lib kuylash:

Boychechak

O’zbek xalq qo’shig’I Jo’rsiz xor uchun

Shermat Yormatov bolalar xori uchun moslashtirgan

Musiqa savodi: Lad va tonallik

Lad deb tovushqator pog’onalarining o’zaro ma’lum bir munosabatiga aytiladi. Tonallik deb major yoki minor ladini aniq bir notadan qurilishiga aytiladi.

III. Mustahkamlash:


  1. O’zbekiston bastakorlari xor uchun qanday janrlarda ijod qilmoqdalar?

  2. Mutal Burxonov qanday asarlar yaratgan?

  3. “Maysa”, “O’zbekiston tong yurtim” qo’shiqlarining bastakori kim?

  4. Nadim Norxo’jayev xor uchun qanday qo’

  5. “Boychechak” xalq qo’shig’ini qaysi bastakor bolalar xori uchun moslashtirgan?

IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

V. Uyga vazifa berish: 25 – 26– sahifalarni o’qib, o’rganish.

Sana

Sinf V “A” “B” “D”



Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Xor jamoalarining tuzilishi va turlari

Darsning maqsadi: a) talimiy: xor jamoalarining tuzilishi va turlari to’g’risida bilimlarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: do’stlik ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi
Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “tezkor savollar”, “aql charxi”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:




  1. O’zbekiston bastakorlari xor uchun qanday janrlarda ijod qilmoqdalar?

  2. Mutal Burxonov qanday asarlar yaratgan?

  3. “Maysa”, “O’zbekiston tong yurtim” qo’shiqlarining bastakori kim?

  4. Nadim Norxo’jayev xor uchun qanday qo’

  5. “Boychechak” xalq qo’shig’ini qaysi bastakor bolalar xori uchun moslashtirgan

III. Yangi mavzu bayoni:

Har qanday badiiy ijrochilik jamoasi o’rnatilgan qonun – qoidalarga asoslangan holda tuziladi. Xor jamoalari ham qoidalarga muvofiq bir necha turga bo’linadi. Faqat erkaklardan tuzilgan xor - erkaklar xori, faqat xotin – qizlardan tuzilgzn xor – xotin – qizlar xori deb ataladi. Erkaklar va xotin – qizlardan tuzilgan xorga aralash xor deyiladi. Faqat bolalardan tuzilgan xor esa bolalar xori deb nomlanadi. Bolalar xori aralash xorda ham ishtirok etishi mumkin.

Xor jamoalari xor asarini orkestr yoki cholg’ular jo’rligida ijro qiladilar. Cholg’ular jo’rligisiz, faqat o’z ovozlarida kuylovchi xor jamoasi kapella deyiladi. Kapella ijrosi uchun yozilgan xor asari a’kapella deb ataladi.

Xor qatnashchilarining soni 20 – 30 dan boshlab, ayrim hollarda 1000 va undan ortiq kishi bo’lishi ham mumkina . Kamer xor, Katta xor, Yig’ma xor deb asosan xor qatnashchilarining soniga qarab aytiladi.

Xor jamoalarining sahnaga chiqishi, shovqinsiz joylashishi va chiqib ketishini dars jarayonida o’quvchilar yordamida amalda ko’rsatib berish mumkin:


  • Sahnaga chiqayotganda avval 1 – qator chiqib turib oladi, so’ng qolgan qatorlar joylashadi;

Sahnadan chiqib ketayotganda 1 – qator bir qadam oldinga surilib, qolgan qatorlarning tartibi chiqib ketishini kutib turiladi. Bu - sahna madaniyati deyiladi.

Jamoa bo’lib kuylash:

Dovyuraklar kerak

Musiqa savodi:

Alteratsiya belgilari

Musiqa tinglash: Bolalar xori ijrosidagi asarlardan tinglash

III. Mustahkamlash:


  1. Xor jamoalarining tuzilishi, turlari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Sahna madaniyati xor ijrochiligiga ham taalluqlimi?

  3. Tinglangan qo’shiqlar qanday jamoalar ijrosida yozib olingan?

  4. Alteratsiya belgilarini ta’riflab bering

  5. Xor qatnashchilarining soni necha kishi bo’ladi?

  6. A’kapella deb nimaga aytiladi?

IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

V. Uyga vazifa berish: 29 – 30– sahifalarni o’qib, o’rganish.

Sana

Sinf V “A” “B” “D”



Fan Musiqa madaniyati

Mavzu: Xalq cholg’ulari orkestri va xor uchun O’zbekiston bastakorlari ijodining ahamiyati

Darsning maqsadi: a) talimiy: o’zbek bastakorlari ijodining ahamiyati to’g’risida bilimlarga ega bo’ladilar

b) tarbiyaviy: bastakorlar hayot yo’liga mehr muhabbatlilik ruhida tarbiyalanadilar

s) rivojlantiruvchi: musiqiy qobilyatlari rivojlantirib boriladi
Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

Dars uslubi: “tezkor savollar”, “aql charxi”

Dars jihozi: rubob, nootbuk, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatma materiallar

I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

b) axborot daqiqasi:

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



  1. Xor jamoalarining tuzilishi, turlari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Sahna madaniyati xor ijrochiligiga ham taalluqlimi?

  3. Tinglangan qo’shiqlar qanday jamoalar ijrosida yozib olingan?

  4. Alteratsiya belgilarini ta’riflab bering

  5. Xor qatnashchilarining soni necha kishi bo’ladi?

  6. A’kapella deb nimaga aytiladi?

III. Yangi mavzu bayoni:

Bugungi kunda O’zbekiston xalq cholg’ularidan tuzilgan bir talay orkestrlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bular – To’xtasin Jalilov nomidagi Davlat orkestri, O’zdavtelerodio kompaniyasi qoshidagi Doni Zokirov nomidagi orkestr, “Sug’diyona” kamer orkestri, Konservatoriya, madaniyat institute va Respublika musiqa, san’at bilim yurtlari talabalaridan tuzilgan orkestrlardir.

Respublikamizdagi mavjud xor jamoalari va ular uchun yaratilgan asarlar, bastakorlar

Ijodi haqidagi ma’lumotlarni siz o’tgan darslarimizda o;zlashtirib oldingiz.

Hozirgi davrda ham sanab o’tilgan jamoalar uchun bastakorlar yangi – yangi ijod yo’nalishlarida ko’plab asarlar yaratib berishmoqda. Ular har kuni radio va televieniye to’lqinlarida, konsert zallarida yangrab turadi.

Musiqa madaniyatimizning yanada rivojlanib borishida xalq cholg’ulari orkestri va xor uchun O’zbekiston bastakorlarining ijodi katta ahamiyatga ega.

Musiqa tinglash.

Mustafo Bafoyevning “Naqshlar” asarini, Sulaymon Yudakovning “Mirzacho’l” vokal – simfonik syuitasini tinglash

Musiqa savodi.

Partituralar va klavirlar

Har qanday musiqa ohangi asar sifatida notaga tushirilgan holda, uning ko’rinishi partitura yoki klavir shaklida bo’ladi.

Partitura – ansambl, xor, orkestr uchun yozilgan asarlarning nota yozuvidir. Bunday jamoalarning har bir qatnashchisi birgalikda ijro etadigan ohang yo’llari, partiturada qoidalar bo’yicha ost – ust qilib ko’p qatorli maxsus nota daftariga joylashtirilgan bo’ladi.

Klavir esa shu ansambl, xor, orkestr yoki sahna asarlari musiqasini ixcham shaklda, ovoz va fortepiano ijrosi uchun mo’ljallab yozilgan nota daftaridagi yoki to’plamlarda chop etilgan ko’rinishidir.

III. Mustahkamlash:



  1. Bugungi kunda O’zbekistonda xalq cholg’ularidan tashkil topgan qanday orkestrlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda?

  2. Download 85,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish