Sinf: VI "A", "B"


Partitura deb nimaga aytiladi?



Download 85,32 Kb.
bet3/3
Sana26.01.2022
Hajmi85,32 Kb.
#411677
1   2   3
Bog'liq
dars-ishlanma-1


Partitura deb nimaga aytiladi?

  • Klavir nima?

  • Har qanday musiqa ohangi asar sifatida notaga tushirilgan holdagi ko’rinishi nima deb ataladia?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    “Ovoz sozlash” mashqlari kuylanadi.

    Tepaga chiqdik, so’ng pastga tushdik.

    Qo’ng’iroq chalindi, jiring, jiring, jiring.

    Darsga kech qolmasdan kiring, kiring, kiring.

    Chopqillqymiz tolmaymiz, darsga kechga qolmaymiz.

    Barmoqqa barmoq tuk, tuk, tuk.

    Qarsakka qarsak chap, chap, chap.

    Endi qarsak chalamiz

    Mana bundoq.

    Mana oyoqlarimiz, mana ko’rsatamiz.

    Endi do’ppillatamiz do’p, do’p, do’p.

    Aziz ustozlar

    To’lqin she’ri Sobir Boboyev musiqasi

    Boychechak

    O’zbek xalq qo’shigi Jo’rsiz xor uchun

    Shermat Yormatov bolalar xori uchun moslashtirgan

    Boychechagim boylandi,

    Qozon to’la ayrondi.

    Aoyroningdan bermasang

    Qozon tovog’ing vayrondi.

    Qattiq yerdan qazilab chiqqan boychechak,

    Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

    Boychechakni tutdilar

    Sim yog’ochga osdilar

    Qilich bilan chopdilar

    Baxmal bilan yopdilat.

    IV. Baholash V. Uyga vazifa berish: qo’shiqlarnibadiiy ijrosi ustida ishlash

    Sana 2 - chorak

    Sinf V «A” “B” “D”

    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Simfonik orkestr va uning torli kamonli cholg’ular guruhi

    Darsning maqsadi: a) talimiy: simfonik orkestr haqida uning torli kamonli cholg’ular guruhini tashkil etuvchi cholg’ular bilan tanishadilar

    b) tarbiyaviy: badiiy – estetik didlari shakllantirib boriladi

    s) rivojlantiruvchi: musiqiy qobilyatlari rivojlantirib boriladi

    Dars turi: yangi tushuncha berish

    Dars uslubi: ‘Xotira mashqi”, “Aqliy hujum”

    Dars jihozi: rubob, tasviriy ko’rgazmalar

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:


    1. Orkestr deb nimaga aytiladi?

    2. Xorda necha xil ovoz bor?

    3. Saprano va alt ovozlari kimlarga xos?

    4. Xor uchun qaysi kompozitorlar barakali ijod qilganlar?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    Simfonik orkestr - orkestr turlari ichida butun dunyoga keng tarqalgan. Uning tarkibiga kiradigan cholg’ular va ijro yo’nalishlari asosan XVIII asrda shakllangan. Nems bastakori - Lyudvig Van Betxoven, rus bastakori Pyotr Ilich Chaykovskiy, o’zbek bastakori Mirsodiq Tojiyevlar simfonik orkestr uchun yuksak ijod namunalarini yaratib, simfoniya, konsert, poema, uvertura kabi janrlardagi asarlarni avlodlarga qoldirishdi. Bu orkestr uchun ko’plab yangi bastakorlar ham namunali asarlar yaratib kelmoqda.

    Simfonik orkestrda cholg'ular 4 guruhga bo'linadi va partiturada yuqoridan pastga quyidagicha joylashadi.


    • Yog’och damli cholg’ular

    • Mis damli cholg’ular

    • Urma – zarbli cholg’ular

    • Torli – kamonli cholg’ular

    Torli – kamonli cholg’ular guruhi – orkestrning eng asosiy guruhi hisoblanadi. Bu guruhga I, II skripkalar, alt, violonchel, kontrabaslar kiradi.

    Jamoa bo’lib kuylash

    Oltin kuz qo’shig’i

    Normurod Nazrullayev she’ri Avaz Mansurov musiqasi

    Ko’rkam o’lkam jamoli,

    Shodlikdan quvnar yurak.

    Esar mezon shamoli,

    Kuzdan berib u darak.

    Tillo rangli yaproqlar

    Yerga qalin to’shalar.

    Qarang tiniq buloqlar,

    Qalbda orzum ushalar.

    Musiqa savodi

    Musiqada dinamik belgilar

    III. Mustahkamlash:


    1. Simfonik orkestr qachon shakllangan?

    2. Qaysi kompozitorlar simronik orkestr uchun yetuk asarlar yaradatganlar?

    3. Simfonik orkestrda cholg’ular necha guruhga bo’linadi?

    4. Dinamik belgilar nima uchun qo’llaniladi?

    IV. Baholash: faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar

    V. Uyga vazifa berish: 33 – 35 – sahifalarni o’qib, o’rganadilar

    Sana

    Sinf V “A” “B” “D’



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Simfonik orkestrning yog’och va mis damli cholg’ular guruhi

    Darsning maqsadi: a) talimiy: yog’och va mis damli cholg’ular guruhini tashkil etuvchi cholg’ular bilan tanishadilar

    b) tarbiyaviy: Vatanga sadoqatlilik ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: musiqiy qobilyatlari rivojlantirib boriladi
    Dars turi: yangi tushuncha berish

    Dars uslubi: ‘Xotira mashqi”, “Aqliy hujum”

    Dars jihozi: rubob, tasviriy ko’rgazmalar

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



    1. Simfonik orkestr qachon shakllangan?

    2. Qaysi kompozitorlar simronik orkestr uchun yetuk asarlar yaradatganlar?

    3. Simfonik orkestrda cholg’ular necha guruhga bo’linadi?

    4. Dinamik belgilar nima uchun qo’llaniladi?

    III. Yangi mavzu bayoni

    Dunyoda puflab cholinadigan cholg’ularning turi juda ko’p. Simfonik orkestrga kiritilgan bunday cholg’ular ikki turga - yog’och va mis damli cholg’ularga ajratiladi.

    Yog’och damli cholg’ular guruhiga fleytalar, goboylar, klarnetlar va fagotlar kiradi. Bu guruh ijrosi uchun musiqa partituraning eng yuqoridagi nota yo’llariga yoziladi.

    Mis damli cholg’ular guduhiga valtornalar ( ko’pincha 4 ta ), trubalar ( 2 ta ), trombonlar ( 3 ta ), va tuba ( 1 ta ) kiradi.

    Musiqa savodi

    Nota cho’zimlarini uzaytiruvchi belgilar

    Musiqa tinglash

    M. Tojiyevning simfoniyalaridan parchalar tinglash

    Jamoa bo’lib kuylash

    Oltin kuz qo’shig’i

    Normurod Nazrullayev she’ri Avaz Mansurov musiqasi

    Ko’rkam o’lkam jamoli,

    Shodlikdan quvnar yurak.

    Esar mezon shamoli,

    Kuzdan berib u darak.

    Tillo rangli yaproqlar

    Yerga qalin to’shalar.

    Qarang tiniq buloqlar,

    Qalbda orzum ushalar.

    III. Mustahkamlash:



    1. Simfonik orkestrga kiritilgan damli cholg’ular necha guruhga bo’linadi?

    2. Yog’och damli cholg’ular guruhini qaysi cholg’ular tashkil etadi?

    3. Valtorna cholg’usi qaysi cholg’ular guruhiga kiradi?

    4. “Oltin kuz qashigi” ning mualliflari kimlar?

    5. Nota cho’zimlarini uzaytiruvchi belgilarni sanang

    IV. Baholash: faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar

    V. Uyga vazifa berish: 38– 40– sahifalarni o’qib, o’rganadilar

    Sana

    Sinf V “A” “B” “D”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Simfonik orkestrning zarbli cholg’ular guruhi

    Darsning maqsadi: a) talimiy: zarbli cholg’ular guruhini tashkil etuvchi cholg’ular bilan tanishadilar

    b) tarbiyaviy: badiiy- estetik didlari shakllantiriladi

    s) rivojlantiruvchi: sof kuylay olish malakalari rivojlantirib boriladi
    Dars turi: yangi tushuncha berish

    Dars uslubi: ‘Xotira mashqi”, “Aqliy hujum”

    Dars jihozi: rubob, tasviriy ko’rgazmalar

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



    1. Simfonik orkestrga kiritilgan damli cholg’ular necha guruhga bo’linadi?

    2. Yog’och damli cholg’ular guruhini qaysi cholg’ular tashkil etadi?

    3. Valtorna cholg’usi qaysi cholg’ular guruhiga kiradi?

    4. “Oltin kuz qashigi” ning mualliflari kimlar?

    5. Nota cho’zimlarini uzaytiruvchi belgilarni sanang

    III. Yangi mavzu bayoni

    Simfonik orkestrning zarbli cholg’ular guruhida 20 dan ortiq butun dunyoga tarqalgan urma – zarbli cholg’ular ishlatilishi mumkin. Lekin litavra, baraban, tarelka kabi cholg’ular hamisha ishlatiladi.

    Musiqa o’zbekona yangrashi uchun O’zbekiston bastakorlari nog’ora, va doiralarni mohirona ishlatishlari qulog’umizga singib ketgan. Bu ohanglarda o’zgacha zavq bor.

    Musiqa savodi

    Musiqada pauzalar

    Jamoa bo’lib kuylash

    O’zbekistonim

    Fayzi Shohismoil she’ri Sharif Ramazonov musiqasi

    Ko’rkam diyorsan,

    Bag’ri bahorsan,

    Keng paxtazorsan,

    Gullagin , O’zbekistonim.

    Naqorat:

    Paxtang kabi oq,

    Iqboling porloq,

    Sharq uzra mayoq

    Paxtakor, O’zbekistonim.

    Tog’laringda kon-

    Ma’dangga makon,

    Senga fido jon,

    Gullagin, O’zbekistonim.

    Musiqa tinglash

    Avaz Mansurov asarlaridan parchalar tinglash

    III. Mustahkamlash:



    1. Simfonik orkestrning zarbli cholg’ular guruhida qancha cholg’u ishlatilishi mumkin?

    2. Doimo ishlatiladigan cholg’ular qaysilar?

    3. Simfonik musiqa yanada o’zbekona yangrashi uchun nog’ora va doiralarnig ishlatilishiga qanday qaraysiz?

    4. “O’zbekistonim” qo’shig’ining bastakori kim?

    IV. Baholash: faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar

    V. Uyga vazifa berish: 41– 43– sahifalarni o’qib, o’rganadilar

    Sana

    Sinf V “A” “B” “D”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Musiqada vokal - simfonik janrlar

    Darsning maqsadi: a) talimiy: vokal – simfonik janrlar bilan tanishadilar, bu janrda barakali ijod qilgan bastakorlar haqida bilimlarga ega bo’ladilar

    b) tarbiyaviy: bastakorlar hayot yo’liga mehr muhabbatlilik ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: vokal - xor malakalari rivojlantirib boriladi

    Dars turi: yangi tushuncha berish

    Dars uslubi: ‘Xotira mashqi”, “Kim chaqqon”

    Dars jihozi: rubob, tasviriy ko’rgazmalar

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:


    1. Simfonik orkestrning zarbli cholg’ular guruhida qancha cholg’u ishlatilishi mumkin?

    2. Doimo ishlatiladigan cholg’ular qaysilar?

    3. Simfonik musiqa yanada o’zbekona yangrashi uchun nog’ora va doiralarnig ishlatilishiga qanday qaraysiz?

    4. “O’zbekistonim” qo’shig’ining bastakori kim?

    III. Yangi mavzu bayoni

    Musiqa san’atida janrlar ko’pligini yaxshi bilasiz va sanab bera olasiz. Vokal – simfonik janrlari ham keng tarqalgan.

    “Vokal – simfonik” deganda nimani tushunishimiz lozim?

    “ Vokal” - bu ashula aytishni anglatsa, “Simfonik” degani – simfonik orkestr jo’r bo’lishini bildiradi. Ashulani yakkaxon ham, xor ham aytishi mumkin. Bunday ko’rinishda yaratilib, ijro etilayotgan asarlarning janrlarini aniq belgilash mumkin. Bular vokal simfonik syuita, poema, qasida, kantata yoki oratoriyalarga ajratiladi.

    Musiqa tinglash

    O’zbekiston bastakorlari yaratgan vokal – simfonik asarlardan parchalar tinglash

    Jamoa bo’lib kuylash

    Chumoli


    R. Is’hoqov she’ri Alisher Rasulov musiqasi

    Naqorat:


    Chumoli, chumoli –

    Charchash nima bilmaydi.

    Chumoli, chumoli –

    Mehnat qilib tinmaydi.

    Don yig’ib tolmas ishdan –

    Chumoli, chumoli.

    Muxtoj bo’lmaydi qishda –

    Chumoli, chumoli.

    Musiqa savodi

    Sof, katta va kichik intervallar

    “Interval” - bu lotinchadan olingan so’z bo’lib, oraliq yoki masofa ma’nosini anglatadi. Musiqada esa ikki tovush oralig’ini bildiradi. Musiqada 8 ta asosiy intervallar bor.

    III. Mustahkamlash:



    1. “Vokal” so’zining ma’nosi?

    2. Ashulani kim kuylaydi?

    3. Vokal – simfinik janrlarni sanang.

    4. Musiqada nechta asosiy intervallar bor?

    IV. Baholash: faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar

    V. Uyga vazifa berish: 45– 46 - sahifalarni o’qib, o’rganadilar

    Sana

    Sinf V “A” “B” “D”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Qasida janri, Kantata va oratoriyalar

    Darsning maqsadi: a) talimiy: ushbu janrlar bilan tanishadilar, bu janrda ijod qilgan bastakorlar haqida bilimlarga ega bo’ladilar

    b) tarbiyaviy: bastakorlar hayot yo’liga mehr – muhabbatlilik ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi
    Dars turi: yangi tushuncha berish

    Dars uslubi: ‘Xotira mashqi”, “Kim chaqqon”

    Dars jihozi: rubob, tasviriy ko’rgazmalar, bastakorlar rasmi

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:




    1. “Vokal” so’zining ma’nosi?

    2. Ashulani kim kuylaydi?

    3. Vokal – simfinik janrlarni sanang.

    4. Musiqada nechta asosiy intervallar bor?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    Badiiy so’z ustasi, yakkaxonlar, xor va orkestr uchun yaratilgan asarlarda biror – bir ulug’ siymo ulug’lansa yoki Vatanni madh etib, jo’shib kuylansa, ularni “Qasida” janrida yozilgan, deb belgilash mumkin. Bastakor va shoir hamkorlikda yaratilajak yangi asar librettosini, ya’ni mavzuni to’la ochib beruvchi so’zlarni va she’riy matnni oldindan kelishib yozib olishadi. So’ng bastakor bu libretto asosida yaxlit musiqa asari – qasida yaratishga kirishadi. Qasidalar ko’proq bayram va tantanalarda ijro etiladi. Mutal Burxonovning Abdulla Oripov she’riy librettosiga yozgan “Alisher Navoiyga qasida”sini aytib o’tish joiz. Vokal – simfonik musiqa yo’nalishida cantata janri ham krng tarqalgan. Bu janrda yaratilgan asarlarda hozirgi davr, yosh tarixning muhim voqealari aks ettirilgan. Kantatalar tantanali, lirik va epic xarakterda yozilib, bir necha qismdan iborat bo’lishi mumkin. Tugallangan ma’noga ega qismlarini alohida – alohida ijro etsa ham bo’ladi. Oratoriya - vokal – simfonik musiqaning eng yirik janri bo’lib, odatda dramatic mavzuda yoziladi.

    Jamoa bo’lib kuylash

    Chumoli


    R. Is’hoqov she’ri Alisher Rasulov musiqasi

    Naqorat:


    Chumoli, chumoli –

    Charchash nima bilmaydi.

    Chumoli, chumoli –

    Mehnat qilib tinmaydi.

    Musiqa savodi

    Musiqada qaytarish va tinish belgilari

    III. Mustahkamlash:


    1. Kantata janrida yaratilgan asarlarda nimalar aks ettiriladi?

    2. Oratoriyalar qanday mavzuda yoziladi?

    3. “Mening Vatanim” kantatasining bastakori kim?

    4. Repriza qanday belgi?

    IV. Baholash: faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar

    V. Uyga vazifa berish: 48– 49 - sahifalarni o’qib, o’rganad

    Sana

    Sinf V “A” “B” “D”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: 1 – nazorat ishi

    Darsning maqsadi: a) talimiy: chorak davomida o’rganilgan mavzular yuzasidan o’quvchilar bilimlarini aniqlash va mustahkamlash

    b) tarbiyaviy: o’zaro bir – birlariga hurmat ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: musidiy bilimlari rivojlantirib boriladi

    Dars turi: bilimlarni shakllantiruvchi

    Dars uslubi: test sinovi

    Dars jihozi: test matni

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:


    1. Kantata janrida yaratilgan asarlarda nimalar aks ettiriladi?

    2. Oratoriyalar qanday mavzuda yoziladi?

    3. “Mening Vatanim” kantatasining bastakori kim?

    4. Repriza qanday belgi?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    1. Simfonik orkestr nechanchi asrda shakllangan?

    1. XVIII asrda

    2. XX asrda

    3. XIX asrda

    4. XVII asrda

    1. Simfonik orkestrda cholg’ular guruhi nechta?

    1. 5 ta

    2. 6 ta

    3. 4 ta

    4. 3 ta

    1. Skripka qaysi cholg’ular guruhiga kiradi?

    1. Damli cholg’ular guruhiga

    2. Yog’och damli cholg’ular guruhiga

    3. Torli- kamonli cholg’ular guruhiga

    4. Zarbli cholg’ular guruhiga

    1. “Vokal” nimani anglatadi?

    1. Ashula aytishni

    2. Kuy chalishni

    3. Musiqa tinglashni

    4. She’r yozishni

    1. Vokal – simfonik janrlar to’g’ri yozilgan javobni toping?

    1. Qo’shiq, lapar, alla

    2. Qasida, kantata, oratoriya

    3. Musiqali drama, opera, balet

    4. Orkestr, xor , yakkaxon

    1. “Mening Vatanim” kantatasining bastakori kim?

    1. M. Burxonov

    2. A. Mansurov

    3. S. Yudakov

    4. Sh. Yormato

    1. Repriza qanday beigi?

    1. Qaytarish belgisi S. Tinish belgisi

    2. Tugallash belgisi D. Pauza belgisi

    IV. Uyga vazifa berish: chorak davomida o’rganilgan mavzularni o’qib, o’rganis

    Sana


    Sinf V “A” “B” “D”

    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Dars - konsert

    Darsning maqsadi: a) talimiy: chorak davomida o’rganilgan qo’shiqlarning badiiy ijrosi ustida ishlanadi

    b) tarbiyaviy: estetik tuyg’ulari shakllantiriladi

    s) rivojlantiruvchi: sof kuylay olish malakalari rivojlantirib boriladi


    Dars turi: bilimlarni shakllantiruvchi

    Dars uslubi: qo’shiq kuylash

    Dars jihozi: rubob, nootbuk

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

    1 – nazorat ishi tahlili

    III. Yangi mavzu bayoni:

    “Ovoz sozlash” mashqlari kuylanadi.

    Tepaga chiqdik, so’ng pastga tushdik.

    Qo’ng’iroq chalindi, jiring, jiring, jiring.

    Darsga kech qolmasdan kiring, kiring, kiring.

    Chopqillqymiz tolmaymiz, darsga kechga qolmaymiz.

    Barmoqqa barmoq tuk, tuk, tuk.

    Qarsakka qarsak chap, chap, chap.

    Endi qarsak chalamiz

    Mana bundoq.

    Mana oyoqlarimiz, mana ko’rsatamiz.


    Chumoli

    R. Is’hoqov she’ri Alisher Rasulov musiqasi

    Naqorat:

    Chumoli, chumoli –

    Charchash nima bilmaydi.

    Chumoli, chumoli –

    Mehnat qilib tinmaydi

    O’zbekistonim

    Fayzi Shohismoil she’ri Sharif Ramazonov musiqasi

    Ko’rkam diyorsan,

    Bag’ri bahorsan,

    Keng paxtazorsan,

    Gullagin , O’zbekistonim.

    Naqorat:

    Paxtang kabi oq,

    Iqboling porloq,

    Sharq uzra mayoq

    Paxtakor, O’zbekistonim.


    IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar

    V. Uyga vazifa berish: chorak davomida o’rganilgan qo’shiqlarning badiiy ijrosi ustida ishlaydilar, kuylash malakalarini shakllantiradilar

    Sana

    Sinf VI “A” “B” “D”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Sharq xalqlari mumtoz musiqasi. Sharq taronalari

    Darsning maqsadi: a) talimiy: Sharq xalqlari mumtoz musiqasi, “Sharq taronalari” musiqa festivali haqida bilimlarga ega bo’ladilar

    b) tarbiyaviy: boshqa xalqlar musiqalarini hurmatlash ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: musiqiy qobilyatlari rivojlantirib boriladi
    Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

    Dars uslubi: “Tezkor savollar”, “Xotira mashqi”

    Dars jihozi: rubob, tasviriy ko’rgazmalar

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



    1. Mumtoz musiqa deb nimaga aytiladi?

    2. Shashmaqom qachon, qayerda shakllangan?

    3. Katta ashula qaysi vohaga xos?

    4. “Bolalar” qo’shig’ining bastakori kim?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    Sharq xalqlari mumtoz musiqasi qadimdan bir – biri bilan o’zaro bog’liq holda rivojlanib kelgan. Xususan, Sharq mumtoz musiqasi “maqom” janri orqali uzviy bog’lanadi. O’rta va Yaqin Sharq xalqlqri musiqasiga xos ladlar, usullar, nola va bezaklarda juda ko’p umumiylik mavjuddir.

    Samarqand shahrida an’anaviy tarzda o’tkazilayotgan “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalining mohiyati ham Sharq mumtoz musiqasi vositasida millatlararo ma’naviy rishtalarini qayta tiklamoq va ularga zamonaviy mazmun bag’ishlamoqdan iboratdir.

    Bu festival YUNESKO va musiqa bo’yicha Xalqaro Kengash tomonidan tasdiqlangan va unda o’zbek, tojik, turkman, qirqiz, qozoq, ozarbayjon, afg’on, eron, turk, arab, xitoy, yapon va boshqa millat vakillari o’z san’atlari hamda mumtoz musiqalarini namoyish etadilar.

    Jamoa bo’lib kuylash:

    Sharq taronosi

    (Festival madhiyasi)

    Usmon Azim she’ri Dilorom Omonullayeva musiqasi

    Dunyoning ko'ngliga sen berding hayot,

    Ruhingdan, ona – Sharq, yaraldi bayot.

    Kuylamoq shavqida mohir o’zingsan,

    Hofiz o’zingdirsan, shoir o’zingsan.

    Naqorat:

    Salom, Samarqand – Sharq darvozasi,

    Taral jahonga – Sharq taronasi.

    Jo’r bo’lgin insonga musiqa – qanot,

    Qo’shiqdan ko’ngillar bo’lg’usi bunyod.

    Qo’shiqda o’rtangan tilaksan, o Sharq.

    Jumlai jahonga yuraksan, o Sharq.

    Musiqa tinglash

    “Sharq taronasi” festival madhiyasini tinglash

    Musiqa savodi

    Dirijyorlik harakatlarini mustahkamlash

    III. Mustahkamlash:



    1. “Sharq taronalari” festivali haqida nimalarni bilasiz?

    2. “Sharq taronalari”ning vazifasi va mohiyati haqida so’zlab bering.

    3. “Sharq taronalari” festival madhiyasining mualliflari kimlar?

    IV. Baholash. V. Uyga topshiriq: 26 – 28 – sahifalarni o’qib o'rganish.

    Sana


    Sinf VII “A” “B”

    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Maqom haqida tushuncha. Shashmaqom

    Darsning maqsadi: a) talimiy: maqom san’arti va Shashmaqom haqida bilimlarga ega bo’ladilar

    b) tarbiyaviy: xalq musiqa merosimizni asrab, avaylash ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi


    Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

    Dars uslubi: “Xotira mashqi”, “Aql charhi”

    Dars jihozi: 7 – sinf darsligi, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatmalar

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



    1. Diyorimiz nechta vohaga bo’lingan?

    2. Sozandachilik san’ati kimlar ijodi bilan bog’liq?

    3. Katta ashula qaysi vohaga xos?

    4. Dostonlar qanday asar?

    III. Yangi mavzu bayoni

    Maqom san’ati o’zining ko’p asrlik tarixiga ega. Bu turdagi musiqiy san’at avladdan avlodga “ustoz – shogird” an’anasi orqali meros bo’lib o’tibkelgan kasbiy musiqaning yuksak namunalaridir. Kasbiy musiqaning ilk shakllanishida esa dastlab “saroy madaniyati” muhim o’rin tutadi. Chunki, dastlabki davrlarda xalq orasidan yetishib chiqqan iste’dodli musiqachilar xon saroylariga musiqachi bo’lib xizmat qilish uchun jalb etilganlar. Xuddi ana shunday vaziyat vas hart – sharoitlar yuzaga kelgan davrlardan boshlab kasbiy musiqa qaror topa boshlagan. Demak, o’tmishda maqom san’ati bilan asosan kasbiy musiqachilar maxsus shug’ullanib hayot kechirganlar.

    Maqomlar shakl – tuzilishi jihatidan juda salobatli san’at namunalaridir. Ko’p qismli maqom turkumlarining yuzaga kelishida kasbiy musiqa ijodkorlari – bastakorlik ijodi bilan birga yana musiqa ilmi ham muhim ahamiyat kasb etgan.

    “Maqom” atamasi asli arabcha bo’lib, ko’p ma’noli, shu jumladan, “o’rin”, “joy”, “daraja”, “martaba”, “manzilgoh” kabi tushunchalarni ifodalaydi. Musiqada dastlab “cholg’u asboblarida tovush hosil etadigan joy”, ya’ni parda ma’nosiga bog’liqdir.

    Shashmaqom – bu olti maqom degani bo’lib, u quyidagi maqomlardan tashkil topgan

    I. Buzruk – ma’nosi “katta”, “ulug’”, “buyuk”.

    II. Rost – ma’nosi “to’g’ri”, “chin”, “haqiqiy”.

    III. Navo – ma’nosi “kuy”, “mungli kuy”.

    IV Dugoh - ma’nosi “ikki o’rin”, “ikki joy”, “ikki parda”.

    V. Segoh - ma’nosi “uch o’rin”, “uch joy”, “uch parda”.

    VI. Iroq - ma’nosi shu nomli arab mamlakatiga nisbat berilan.

    Shashmaqom XVIII asr o’rtalarida Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqashunos olimlar tomonidan Olti maqomdan iborat turkum tarzida ifoda etilgan edi.

    Musiqa tinglash:

    Shashmaqomdan namunalar tinglash


    III. Mustahkamlash:

    1. Maqomlarning qadimda shakllanishida qayerning o’rni muhim bo’lgan?

    2. Maqom so’zining ma’nosi?

    3. Hozirda O’zbekistonda maqomning necha turi mavjud?

    4. Shashmaqom qachon, qayerda shakllangn?

    5. Iroq so’zining ma’nosi?

    IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

    V. Uyga topshiriq: 46 – 48 – sahifalarni o’qib o’rganish.

    Sana

    Sinf VII “A” “B”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Shashmaqom cholg’u kuylari. Shashmaqom aytim yo’llari

    Darsning maqsadi: a) talimiy: Shashmaqom cholg’u va ashula yo’llari haqida bilimlarga ega bo’ladilar

    b) tarbiyaviy: milliy musiqa merosimizni e’zozlash ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlay olish malakalari rivojlantirib boriladi

    Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

    Dars uslubi: “Xotira mashqi”, “Aql charhi”

    Dars jihozi: 7 – sinf darsligi, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatmalar, nootbuk

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash


    1. Maqomlarning qadimda shakllanishida qayerning o’rni muhim bo’lgan?

    2. Maqom so’zining ma’nosi?

    3. Hozirda O’zbekistonda maqomning necha turi mavjud?

    4. Shashmaqom qachon, qayerda shakllangn?

    5. Iroq so’zining ma’nosi?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    Olti maqom tizimidagi har bir maqom ikki yirik bo’lim – cholg’u va aytim (ashula) yo’llaridan tarkib topgan. Maqomlarning cholg’u kuylari bo’limi Boxoro an’anasiga ko’ra “Mushkilot” deb yuritiladi. “Mushkilot” bo’limi besh asosiy qismdan iborat bo’lib, ular quyidagicha nomlanadi:



    1. Tasnif - tasnif etilgan, ijod etilgan, mukammal asar.

    2. Tarji - qaytariq, takrorlash, takrorlanuvchi.

    3. Gardun - falak gardishi, qismat.

    4. Muxammas - beshlik, beshlangan.

    5. Saqil - vazmin, og’ir.

    Shashmaqom an'anasiga ko'ra, dastavval, cholg'u bo'limi – “Mushkilot” kuylari birin – ketin beto’xtov ijro etilib, yaxlit turkumni tashkil etadi. Bunda doyra usullari qismdan qismga qarab murakkablashib boradi. Cholg’u bo’limining so’nggi “Saqil” nomli kuyi ijro etilgach, maqomning aytim (ashula) bo’limiga o’tiladi. Maqomlarning aytim bo’limi umumiy nom bilan “Nasr” deb ataladi. Nasr - arabcha “ko’mak”, “zafar” demakdir. Maqom ashulalari aytim san’atining murakkab va mukammal namunalarini namoyon etadi. Shu bois ham ularni kuylash uchun maxsus amaliy malaka va ijroviy mahorat talab etiladi. Bunga erishish uchun esa musiqiy tahsilning “ustoz – shogird” an’anasi qo’llanib kelingan. Ushbu an’anaga binoan, maqomchi ustoz o’z san’atini o’rgatish va shu tariqa meros qoldirish yo’lida o’ziga qobilyatli shogird tanlagan.

    Shashmaqomning “Nasr” nomli aytim yo’llari ikki guruhdan iborat ashula turkumlariga bo’linadi. Birinchi guruhning tarkibi, odatda, “Saraxbor”, “Talqin”, “Nasr” deb nomlanuvchi asosiy aytim yo’llari hamda ularning Taronalari va yakuniy Ufar ashula qismlaridan tashkil topadi.

    Musiqa tinglash

    Shashmaqom cholg’u va ashula yo’llaridan namunalar tinglash

    III. Mustahkamlash:


    1. Shashmaqom cholg’u yo’li nima deb ataladi?

    2. “Mushkilot” cholg’u kuylari necha qismdan iborat?

    3. “Tasnif” so’zining ma’nosi?

    4. Ashula yo’li nima deb nomlanadi?

    5. “Nasr” nomli aytim yo’li necha guruhdan iborat?

    IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

    V. Uyga topshiriq: 52 – 58 – sahifalarni o’qib o’rganish.

    Sana

    Sinf VI “A” “B” “D”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Turk, ozarbayjon va Turkman xalqlarining mumtoz musiqasi

    Darsning maqsadi: a) talimiy: ushbu sharq xalqlarining mumtoz musiqalari bilan yaqindan tanishadilar

    b) tarbiyaviy: ushbu xalqlar musiqalarini hurmatlash ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi.

    Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

    Dars uslubi: “Xotira mashqi”, “Aql charhi”

    Dars jihozi: 6– sinf darsligi, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatmalar, rubob

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:


    1. “Sharq taronalari” festivali haqida nimalarni bilasiz?

    2. “Sharq taronalari”ning vazifasi va mohiyati haqida so’zlab bering.

    3. “Sharq taronalari” festival madhiyasining mualliflari kimlar?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    Turk musiqasi Markaziy Osiyo xalqlari, ayniqsa, o’zbek musiqasi bilan ko’p jihatdan o’xshashdir. Turk musiqasining asosiy kasbiy janri “maqom” deb nomlanadi. Zamonaviy turk Estrada musiqasi o’zining milliy tarovati, sharqona o’ynoqiligi bilan jahonga mashhurdir.

    Ozarbayjon xalqi turkey xalqlar avlodiga mansub bo’lib, o’zinin uzoq o’tmishiga va milliy qadriyatlariga ega. Ozarbayjon xalqining ijtimoiy hayoti negizida janrlarga boy bo’lgan an’anaviy madaniy merosi to’plangan. Ular, asosan, turmush tarzi qo’shiqlaridan iboratdir. Tasniflar ozarbayjon xalqining usulda ijro etiladigan ko’plab tizimdagi qo’shiqlari bo’lsa, mug’omlar erkin ijroga asoslangan badiha uslubiga xos bo’lgan yirik mumtoz janrdir.

    Turkmaniston O’rta Osiyo xalqlari orasida qadimiy tarixga ega davlatlardan biridir. Uning uzoq o’tmishiga unosib boy qadriyatlari va milliy an’analari shakllangan. Turkmanistonning yana bir olamshumul jihati, bu hududdan “Buyuk Ipak yo’li” o’tganligida va qadimiy ilm maskanlaridan bo’lgan Marv shahri shu yerda joylashganligidadir.

    Turkman xalqi o’zining o’tmishda yashab ijod qilgan buyuk allomalari bilan faxrlanadi. Ular orasida turkman xalq shoiri Maxtumqulining adabiy merosiga ko’pchilik xonandalar murojaat qiladilar

    Jamoa bo’lib kuylash

    Istiqlolim

    Po’lat Mo’min she’ri Avaz Mansurov musiqasi

    Istiqlolim, istiqlolim,

    Kulib turgan baxt misoli.

    Istiqlolim, istiabolim,

    Yaxshilikdir o’y – xayoli

    Istiqlolim, istiqbolim,

    O’ – xayolim, tilda bolim.

    Musiqa tinglash

    “Gushlar” turkman xalq qo’shig’ini tinglash.

    Musiqa savodi

    Notalarni sof kuylab, dirijyorlik harakatlarini bajarish

    III. Mustahkamlash:


    1. Turk mumtoz janri nima deb ataladi?

    2. Turk musiqalari qaysi xalqlar musiqalariga o’xshash?

    3. Nima uchun Turkmaniston qadimiy tarixga ega davlat hisoblanadi?

    4. “Istiqlolim” qo’shig’ining mualliflari kimlar?

    5. Turkman mumtoz musiqasining asosiy janrlariqaysilar?

    IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

    V. Uyga topshiriq: 29 – 33 – sahifalarni o’qib o’rganish.

    Sana

    Sinf VII “A” “B” Fan: Musiqa madaniyati



    Mavzu: Xorazm maqomlari. Xorazm maqomlari chertim yo’li

    Darsning maqsadi: a) talimiy: Xorazm maqomlari haqida, chertim yo’li kuylari to’g’risida bilimlarga ega bo’ladilar

    b) tarbiyaviy: Vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi

    Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

    Dars uslubi: “Xotira mashqi”, “Aql charhi”

    Dars jihozi: 7 – sinf darsligi, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatmalar, rubob

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



    1. Shashmaqom cholg’u yo’li nima deb ataladi?

    2. “Mushkilot” cholg’u kuylari necha qismdan iborat?

    3. “Tasnif” so’zining ma’nosi?

    4. Ashula yo’li nima deb nomlanadi?

    5. “Nasr” nomli aytim yo’li necha guruhdan iborat?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    Xorazm maqomlari muayyan tizimdagi turkum shaklida XIX asrning birinchi yarmida qaror topgan bo’lib, bu turkum Buxoro maqomlari singari, asosan, Olti maqomdan iborat:



    1. Rost maqomi ( yoki Maqomi “Rost” );

    2. Buzruk maqomi ( yoki Maqomi “Buzruk );

    3. Navo maqomi ( yoki Maqomi “Navo” );

    4. Dugoh maqomi ( yoki Maqomi “Dugoh” );

    5. Segoh maqomi ( yoki Maqomi “Segoh” );

    6. Iroq maqomi ( yoki Maqomi “Iroq” );

    Yozma manbalarda ma’lum bo’lishicha, Xorazm maqomlarining uzil – kesil qaror topishida Boxoro maqomchilik an’analari katta ta’sir ko’rsatgan. Bu o’rinda atoqli musiqachi Niyozjon Xo’janing xizmatlari alohida ko’rsatib o’tiladi. Shunga ko’ra, Niyozjon Xo’ja XIX asr boshlarida Buxoroga kelganligi va Olti maqom tizimini o’rganib, so’ngra bu san’atni Xorazm musiqachilariga o’rgatganligi aytiladi. Ayni vaqtda, maqomlar Xorazm sharoitiga moslanib, mahalliy badiiy an’analar bilan bog’liq jihatlarga ega bo’lganligi ham ta’kidlangan.

    Jamoa bo’lib kuylash: O’zbegimdan aylanay

    Habib Rahmat she’ri Nadim Norxo’jayev musiqasi

    O’zbekiston - ona yurt,

    Dunyoda durdona yurt.

    Xalqi tanti, mehnatkash,

    Do’stlikda yagona yurt.

    Hammani teng siylaydi,

    Tinchlik, omad tilaydi.

    O’ylagani yaxshilik,

    Kundan - kunga gullaydi.

    III. Mustahkamlash:



    1. Xorazm maqomlari muayyan tizmdagi turkum shaklida qachon qaror topgan?

    2. Xorazm maqomlarining shakllanishida kimning xizmatlari katta?

    3. Xorazm maqomlari chertim yo’li nima deb ataladi?

    4. “O’zbegimdan aylanay” qo’shig’ining mualliflari kimlar?

    IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadila

    V. Uyga topshiriq: 64 – 66 – sahifalarni o’qib o’rganish.

    Sana

    Sinf VI “A” “B” “D”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Eron va Arab xalqlari mumtoz musiqasi

    Darsning maqsadi: a) talimiy: ushbu xalqlar mumtoz musiqalari bilan yaqindan tanishadilar, bilimlarga ega bo’ladilar.

    b) tarbiyaviy: boshqa xalqlar musiqalarini hurmatlash ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlay olish malakalari rivojlantirib boriladi

    Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

    Dars uslubi: “Kim chaqqon”, “Aql charhi”

    Dars jihozi: 6– sinf darsligi, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatmalar, rubob

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:


    1. Turk mumtoz janri nima deb ataladi?

    2. Turk musiqalari qaysi xalqlar musiqalariga o’xshash?

    3. Nima uchun Turkmaniston qadimiy tarixga ega davlat hisoblanadi?

    4. “Istiqlolim” qo’shig’ining mualliflari kimlar?

    5. Turkman mumtoz musiqasining asosiy janrlari qaysilar?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    Eron musiqasining tarixiy ildizlari o’zbek, tojik, turkman xalqlari madaniyatining ko’hna sahifalari bilan chambarchas bog’langan. O’zbek va tojik musiqasining bobokaloni - Barbod Marviy ( VII asr ) Eron musiqasining ham asoschisi hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz - Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Rudakiy, Firdavsiy va boshqa mutafakkirlarning musiqa sohasida qoldirgan ulkan merosi Eronda ham milliy - ma’naviy qadriyat sifatida e’zozlanadi. O’zbek - tojik maqomlariga o’xshash bo’lgan Eron kasbiy musiqasining asosiy janri “ dastgoh “ deb ataladi. Eronda 7 ta dastgoh turkumi mavjud: Shur, Mohur, Humoyun, Segoh, Chorgoh, Navo, Rost – Panjgoh. Eronda soz, tanbur, santur, nay, sunray, ud, doyra, chang kabi milliy cholg’u asboblaridan keng foydalaniladi. Arab xalqlari ko’hna va boy musiqa an’analariga ega. Bu mintaqa jozibador va o’ziga xos tarovati bilan farqlanuvchi samoniy, taqasim, bashraf muvanshoh, mavval, dar, kuba kabi aytim janrlari handa taxlima, samoniy, taqasim, bashraf singari cholg’ular keng tarqalgan. Qadimda asli Markaziy Osiyoda ixtiro qilingan al - ud barcha arab xalqlarining milliy cholg’u asbobi hisoblanadi. Diniy marosim janrlari - tavjid, madh, zikr ramazon qo’shiqlari arab musiqasida azaldan shakllanib kelgan. Arab musiqasining mashhur namoyondalari Uim Kulsim va Said Darveshning nomlari jahonga mashhurdir.

    Istiqlolim

    Po’lat Mo’min she’ri Avaz Mansurov musiqasi

    Istiqlolim, istiqlolim,

    Kulib turgan baxt misoli.

    Istiqlolim, istiabolim,

    Yaxshilikdir o’y – xayoli

    Istiqlolim, istiqbolim,

    O’y – xayolim, tilda bolim.


    II. Mustahkamlash:

    1. Eron musiqasining bobokaloni Barbod Marviy haqida nimalarni bilasiz?

    2. Eron kasbiy musiqasining asosiy janri nima deb ataladi?

    3. Eronda ijodiy merosi qadrlanadigan Sharq allamalaridan kimlarni bilasiz?

    4. Arab xalqining milliy cholg’ulari haqida gapiring.

    5. Arab musiqasining mashhur namoyondalaridan kimlarni bilasiz?

    IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

    V. Uyga topshiriq: 35 – 39 – sahifalarni o’qib o’rganish.

    Sana

    Sinf VI “A” “B” “D”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Xitoy va Uyg’ur mumtoz musiqasi. Yapon va Hind mumtoz musiqasi

    Darsning maqsadi: a) talimiy: ushbu sharq xalqlari mumtoz musiqalari bilan yaqindan tanishadilar

    b) tarbiyaviy: boshqa xalqlar musiqalarini hurmatlash ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: musiqiy qobilyatlari rivojlantirib boriladi.
    Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

    Dars uslubi: “Kim chaqqon”, “Xotira mashqi”

    Dars jihozi: 6– sinf darsligi, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatmalar, rubob

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



    1. Eron musiqasining bobokaloni Barbod Marviy haqida nimalarni bilasiz?

    2. Eron kasbiy musiqasining asosiy janri nima deb ataladi?

    3. Eronda ijodiy merosi qadrlanadigan Sharq allamalaridan kimlarni bilasiz?

    4. Arab xalqining milliy cholg’ulari haqida gapiring.

    5. Arab musiqasining mashhur namoyondalaridan kimlarni bilasiz?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    Xitoy qadimiy va boy madaniy an’analarga ega mamlakatdir. Xitoy musiqasi, ayniqsa, xalq qo’shiqchiligi qadim zamonlardan pentatonika tovushqatorlarga asoslanadi. Tan sulolasi davrida xitoy musiqasining asosiy pardalari va tovushqatorlari Lyuy - lyuy tizimi asosida shakllanadi. XIX asrda bu janrning 300 dan ortiq shakllari yuzaga keladi.

    Uyg’ur xalqi ko’p asrlik tarixga ega bo’lib, o’zining boy madaniy merosi bilan Markaziy Osiyo xalqlari orasida alohida o’rin tutadi. Uyg’ur xalq musiqa san’ati ikki yo’nalishda, ya’ni folklore va og’zaki an’anadagi kasbiy musiqa yo’nalishida shakllangan. Uyg’ur kasbiy musiqasi uchta katta hududga ajratilgan. Bular: Qashqar, Kumul, Ili vodiysi. Kasbiy musiqada Ili vohasining musiqa san’ati yetakchi hisiblanadi. Uyg’ur musiqasining kasbiy tizimiga kiruvchi janrlar: maqom va maqom tizimiga kiruvchi turkumlar janrlar – doston, naxsho va sanam. Uyg’urlarning yetakchi milliy cholg’u sozlari: tanbur, dutor, safoil, qashqar rubobi, g’ijjak, nog’ora va sunray. Odatda, musiqa ijrochilari xalq orasida maqomchi, dostonchi, naxshichi, sanamchi, mashrapchi, usulchi, aytimchi va cholg’uchi kabi iboralar bilan nomlanadi. Uyg’ur musiqasi o’ziga xos jozibali va serqochirimdir.

    Yaponiya qadimdan Xitoy va Koreya xalqlari bilan yaqin madaniy aloqalar o’rnatgan bo’lib, keyinchalik, O’rta asrlarda o’z orollari chegarasida cheklanib qoladi. XiX asrda Yaponiya madaniyatida Yevropa ta’siri kuchayadi. 1879 – yili Musiqa san’ati institute, 1886 – yilda esa Tokio musiqa maktabi tashkil etiladi va ushbu ta’lim dargohlarida yaponiyaliklar G’arb mamlakatlari musiqasibilan tanisha boshladi. Yaponiya musiqasida cholg’u janrlari rivojlangan bo’lib, milliy cholg’ular – siyamisen va kato keng qo’llaniladi. Yaponiya butxonalari va saroy marosimlarida shakllangan bugaki musiqasi ansambl jo’rligida ashula va raqslar bilan ijro etiladi.

    Musiqa tinglash:

    Ushbu xalqlar mumtoz kuy ohanglaridan tinglash.

    Jamoa bo’lib kuylash:

    Sport


    K. Turdiyeva she’ri Hurshida Xasanova musiqasi

    III. Mustahkamlash:



    1. Xitoy xalq mumtoz musiqasi va xitoy operasi haqida nimalarni bilasiz?

    2. Uyg’ur kasbiy musiqasi nechta katta hududga ajratilgan?

    3. Qadimda Yaponiya qaysi xalqlar bilan madaniy aloqalar o’rnatgan?

    4. Nechanchi asrda Yaponiya madaniyatida Yevropa ta’siri kuchaydi?

    IV. Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.

    V. Uyga topshiriq: 40 – 44 – sahifalarni o’qib o’rganish.

    Sana

    Sinf VI “A” “B” “D”



    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Qozoq va qirqiz xalq mumtoz musiqasi

    Darsning maqsadi: a) talimiy: qozoq va qirg’iz xalqlarining musiqiy madaniyati haqida bilimlarga ega bo’ladilar

    b) tarbiyaviy: qozoq va qirqiz xalqlari mumtoz musiqalarini hurmatlash ruhida tarbiyalanadilar

    s) rivojlantiruvchi: vokal – xor malakalari rivojlantirib boriladi.

    Dars turi: yangi bilim va tushunchalar berish

    Dars uslubi: “Aql charhi”, “Xotira mashqi”

    Dars jihozi: 6– sinf darsligi, tasviriy ko’rgazmalar, tarqatmalar, rubob

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:


    1. Xitoy xalq mumtoz musiqasi va xitoy operasi haqida nimalarni bilasiz?

    2. Uyg’ur kasbiy musiqasi nechta katta hududga ajratilgan?

    3. Qadimda Yaponiya qaysi xalqlar bilan madaniy aloqalar o’rnatgan?

    4. Nechanchi asrda Yaponiya madaniyatida Yevropa ta’siri kuchaydi?

    III. Yangi mavzu bayoni:

    Qozoq xalqining musiqiy madaniyati ko’p jihatlari bilan shug’ullangan. Musiqa san’ati, asosan og’zaki an’ana tarzida rivojlanib kelgan. U xalq qo’shiqchiligi, dostonchilik, cholg’u musiqasi kasbiy janriga xos aqin darajadagi musiqiy namunalardir. Qozoqlar qo’shiqni – “an” va “o’lan” deb yuritadilar. Qo’shiqchilar esa “anshi”, “o’lanshi’ deb ataladi. Doston qozoq musiqa san’atida chuqur tarixga ega bo’lgan yetakchi janrlardan hisoblanadi. Mashhur dostonlari “Qizjibek”, “Aman va Sho’lan” va boshqalar. Doston, asosan do’mbira cholg’usi bilan ijro etiladi. Bu janrni ular “jir” deyishadi. Musiqiy cholg’ulari esa xalqning ijtimoiy hayotidan kelib chiqqan. Bunga do’mbira, qo’biz, sibizg’a, chanqobiz, chanqo’biz kabilarni misol qilish mumkin. Qozoq xalq musiqa madaniyati XIX va XX asrlarda Yevropa musiqasi ta’siri ostida keng rivojlandi. Qirqizlar turkey xalqlar jumlasiga kirib, etnik jihatdan qozoqlarga yaqin hisoblanadi. Qirqiz musiqasida keng ma’nodagi qo’shiq janri “Ir” deb nomlanadi. Jumladan, bu shakl turli xil shart – sharoitlar va marosimlar bilan bog’liq bo’lgan aytimlarda keng qo’llaniladi.


    III. Mustahkamlash:

    IV. Baholash

    Sana


    Sinf VI “A” “B” “D”

    Fan Musiqa madaniyati

    Mavzu: Evropa mumtoz musiqasi

    Darsning maqsadi: a) talimiy: Evropa mumtoz janrlari haqida bilimlarga ega bo’ladilar.

    b) tarbiyaviy:

    s) rivojlantiruvchi:


    Dars turi:

    Dars uslubi:

    Dars metodi:

    I. Darsning borishi: a) tashkiliy qism:

    b) axborot daqiqasi:

    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:



    III. Mustahkamlash:

    IV. Baholash
    Download 85,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish