Dars o`tish metodi:
“Aqliy hujum”
Darsning jixozi:
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat uchun gul maketlari
Darsning rejasi;
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)
4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa)
6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:1.Tashkiliy qism.Salomlashish.Davomatni aniqlash.
2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.
O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. Kasrlarni qanday ko`paytiramiz?
2. Sonning qismini qanday topamiz?
3. Ko`paytirishning taqsimot qonunini ayting.
4. O`zaro teskari son deb nimaga aytiladi?
5. Oddiy kasrlarni qanday bo`lamiz?
6. Qismiga ko`ra o`zini qanday topamiz?
7. Kasr ifoda deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |