V. Darsni yakunlash va baholash: darsda ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi, ishtirok etmaganlari esa ogohlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: -mavzu -misol - bet Ko’rildi O’IBDO’: .
-sinf to’garak a’zolari Matematika
Mavzu: Asosiy geometrik shakllar
Darsdan maqsad. a) Ta’limiy: –Kesma. Kesmaning uzunligi
b) Tarbiyaviy: - O’quvchilarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish.
c) Rivojlantiruvchi:
- Mavzuga doir misollar yechish.
Dars turi: Darslik bilan ishlash Dars mtodi: interfaol
Dars mtodi: an’anaviy
Dasr jihozi: matematikadan misollar to’plami va5-sinf Matematika o’quv qo’llanmasi
Dars tafsilotlari
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O’tilgan mavzuni so’rash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
28 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
5
Darsni yakunlash va baholash
2 daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
I. Tashkiliy qism Salomlashish
Davomatni aniqlash
O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O’tilgan mavzuni so’rash: o’quvchilar o’rtasida savol-javob o’yinini tashkil qilish. III.Yangi mavzu bayoni Bugungi darsda bilishimiz kerak bo’ladigan asosiy tushunchalar hamda siz O‘quvchilar ega bo‘lishlari lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar
- Kesma. Kesmaning uzunligini bilish.
- Kesma. Kesmaning uzunligiga doir misolar yecha olish.
Kesma. Daftaringiz sahifasiga 2 ta nuqta qo’ying. Ularning birini A bilan, ikkinchisini B bilan belgilang. Bu nuqtalarni chizg’ich yordamida tutashtirsangiz, kesma hosil bo’ladi. Bunda A va B nuqtalar kesmaning uchlari deyiladi. Kesma AB yoki BA kabi belgilanadi.(1-rasm)
Har bir kesma tayin uzunlikka ega.
_________________ _________________
A B A C B
B yoki BA kesma
AB kesmada olingan ixtiyoriy C nuqta AB ni AC va CB qismlarga ajratadi. (2 - rasm)
AB kesmaning uzunligi uning uzunliklarining yig’indisiga teng:
AB = AC + CB Uzunligi 1 deb qabul qilingan kesma birlik kesma deyiladi.
To’g’ri chiziq. Kesmani uchlaridan boshlab har ikki tomonga chaksiz davom ettirsak, to’g’ri chiziq hosil bo’ladi. To’g’ri chiziq ham ikkita harf bilan belgilanadi bu harflar to’g’ri chiziqning istalgan ikki nuqtasiga qo’yilishi mumkin. Bunda u AB yoki BA kabi ba’zan bitta kichik harf bilan belgilanishi mumkin.
Ikki nuqta orqali bitta va faqat bitta to’gri chiziq o’tkazish mumkin.
Nur. To’g’ri chiziqda belgilangan biror O nuqta uni ikki qismga ajratadi: AO va OB . Bu qismlarning har biri nurdir.
O – nurning boshi OA nur OB nur
To’gri chiziqning bir tomondan chegaralangan bo’lagi nur deyiladi.
O nuqta – nurning boshi.
Son nuri. Sonlarni to’g’ri chiziq nuqtalari bilan tasvirlash ko’pgina qulayliklarga ega.
U chi O nuqtada bo’lgan Ox nur chizaylik. Nur O nuqtadan o’ngga yo’nalgan bo’ladi.
- birlik kesma O - nuqta boshi
O nuqta sanoq (hisob) boshi deyiladi va unga 0 (nol ) soni mos keladi. Hosil bo’lgan nur son nuri deyiladi. Son nuri ba’zan son o’qi yoki koordinata nuri ham deyiladi.
Son nurida ixtiyoriy natural son n ga mos keluvchi nuqtani topish uchun hisob boshidan boshlab birlik kesmani n marta qo’yish kerak. Bunda birlik kesmaning o’ng uchiga mos keluvchi A nuqta n sonini ifodalaydi. n soni shu A nuqtaning koordinatasi deyiladiva bu A(n) kabi yoziladi.
T ayin nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalardan iborat shakl aylana deyiladi
` Berilgan O nuqta aylananing markazi deyiladi. Aylananing ixtiyoriy nuqtasini uning markazi bilan tutashtiruvchi kesma aylananing radiusi deyiladi. Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma vatar deb ataladi.