17. Okeaniyadagi qaysi orollarda oltin konlari bor?
A) Yangi Zellandiya va Nauruda
B) Yangi Kaledoniya va Yangi Zellandiyada
C) Fiji va Yangi Gvineyada
D) Gavayi va Nauruda
18. Okeaniyadagi qaysi hududlar subtropik va mo‘tadil iqlim mintaqalariga to‘g‘ri keladi?
A) Yangi Zellandiya va unga yaqin orollar
B) Yangi Gvineyaga yaqin orollar
C) Gavayi orollarining g‘arbidagi orollar
D) Yangi Kaledoniya va Mariana orollari
19. Okeaniyada o‘rta hisobda qancha yog‘in yog‘adi?
A) 1500 – 2000 mm B) 2000 – 3000 mm
C) 3000 – 4000 mm D) 3500 – 4500 mm
20. Qaysi orolda yiliga 12500 – 14000 mm yog‘in yog‘ishi kuzatilgan?
A) Yangi Zellandiya B) Yangi Kaledoniya
C) Yangi Gvineya D) Gavayi
21. Quyidagilardan qaysi orolda kauri tilog‘ochi, karam daraxti, zig‘ir va boshqa endemiklar o‘sadi?
A) Yangi Zellandiya B) Yangi Kaledoniya C) Yangi Gvineya D) Gavayi
22. Tog‘larning shamolga ro‘para bo‘lgan yonbag‘irlarning teskari tomonida qanday landshaft hosil bo‘lgan?
A) qalin o‘rmonlar B) musson o‘rmonlar
C) savannalar D) aralash o‘rmonlar
Do'stlaringiz bilan baham: |