MMIBDO’:________________
Sana__________
10-Mavzu: Iste’dodli bolalar – Vatan ishonchi. (rus fani oyligi doirasida)
Kun shiori: “YOSHLAR KAMOLI - YURT ISTIQBOLI.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, iste’dodli bolalarga havas ruhida tarbiyalash, fan oylikda faol ishtirok etish kerak ekanligini singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Aziz o`quvchi, istaymizki, Sendangi kuch-quvvat, iste'dod, qalbingdagi jo`shqinlik har qanday qiyinchiliklarni yengib o`tib, faqat yaxshiliklarga xizmat qilsin!”
O`qituvchi:
Biz demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish yo`lini tanlab, shu ezgu maqsad sari sobitqadamlik bilan intilmoqdamiz. Albatta, bunda biz iste’dodli yoshlarga suyanamiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O`zbekiston kelajagi yoshlar qo`lida”.
Bu hayotiy muhim vazifa Istiqlol tengdoshi bo`lgan, bugun katta va mustaqil hayotga qadam qo`ya boshlagan yoshlarimiz zimmasiga ham ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz so`zlari bilan aytganda "...farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga o`zlarini amalda namoyon etishlari uchun maydonni kengaytirish kerak".
Hammamiz ham ulkan madaniyatga, boy ma'naviyatga va jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko`rsatgan millat vakillari ekanliklarimizdan hamisha g`ururlanamiz. Yoshlar esa shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz shon-shuhratiga, bugungi O`zbekistonimizning obro`-e'tiboriga, davlatimiz raqbarining ishonchiga munosib bo`lishga harakat qilishadi.
Insoniyat tarixidan ma'lumki, davlat va jamiyatning kuch-qudrati asosan ikki narsaga bog`liq. Biri - ILM-FAN bo`lsa, ikkinchisi - TARBIYA. O`z o`tmishimiz ham bunga yorqin misol bo`la oladi. Qaysi zamonda ilm-fan, madaniyat, ma'rifat taraqqiy etgan bo`lsa, aynan o`sha davrda yurtimiz gullab-yashnagan, kuch-quvvatga, obro`-e'tiborga ega bo`lgan.
Yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko`rsatilayotgan g`amxo`rliklar qadrini chuqurroq anglash, his qilish uchun dunyoga nazar tashlab, mulohaza yuritishga to`qri keladi. Shunday mamlakatlar borki, bolalarini o`qitish, qornini to`q, ustuni but qilishga qurbi yetmaydi. Kambag`allik, ocharchilik, turli xil kasalliklar girdobidan chiqib ketolmay boshqalarga qo`l cho`zib, xayriya so`rab yashaydi. BMT ma'lumotlariga ko`ra, dunyoda 854 million odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda. YUNESKO ma'lumoti bo`yicha dunyoda maktab yoshidagi, 100 million bola o`qish imkoniyatidan mahrum.
Davlatimiz tarbiyadan hech narsani ayamayotgani, yoshlar siyosati izchillik bilan davom ettirilayotgani, yoshlarimiz o`z iste'dodlarini ro`yobga chiqarishi uchun imkoniyat maydoni kengayib borayotganini o`z ko`zimiz bilan ko`rib turibmiz. Masalan, ta'lim sohasidagi milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta'mirlandi. O`tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o`quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar yo`naltirildi.
Bularning barchasi o`z kuchimiz, mehnatimiz bilan amalga oshirildi. Umid bilan sug`irilgan tayoq bir kun berar mevayu yaproq, deganlaridek, qisqa vaqt ichida yoshlar tarbiyasi bilan bog`liq sa'y-harakatlarimizning natijalari bo`y ko`rsata boshladi. Bir necha yillardan beri o`tkazib kelinayotgan «Nihol», Zulfiya nomidagi mukofotlar, «Yangi avlod» respublika bolalar ijodiyoti festivali va «Kelajak ovozi» ko`rik-tanlovlari, «O`zbekiston madaniyati va san'ati forumi» iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan xayrli ishlar, «Barkamol avlod», Universiada musobaqalari yurtimizning deyarli barcha viloyat va tumanlarida, olis qishloqlarda iste'dodli yoshlar voyaga yetayotgani, ular buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo`lishga intilayotganlaridan dalolat beradi. Birgina sportning o`zida keyingi yillarda yoshlarimiz erishgan yutuqlardan har qancha faxrlansak oz.
(Internet materiallaridan foydalanildi)
Do'stlaringiz bilan baham: |