Xalq Ta’limi Vazirligining 2007 - yil 20 - yanvardagi 19-sonli buyrug’iga 2-ilova
Ta’lim muassasalari sinf raxbari tug’risida NIZOM.
Umumiy qoidalar
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf raxbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ta’lim soxasidagi qarorlari, Xalk ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy xujjatlar va ushbu Nizom asosida tashkil etiladi.
Sinf raxbari ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o’quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.
Sinf o`quvchilarining ma’naviy va ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda o`qituvchilar, bolalar etakchisi, psixolog, ota-onalar, shuningdek, ta’lim muassasasi raxbariyati orqali voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar, maxalla, xuquq-tartibot idoralari, xomiylik va vasiylik komissiyalari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan xamkorlikda ish tashkil etadi.
Sinf raxbari ta’lim muassasasida va keng jamoatchilik orasida sinf o`quvchilarining (ota-onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasi ga javobgar shaxs xisoblanadi.
Uning maqsadi har tomonlama etuk, barkamol - ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o`quvchilarining qobiliyatlarini to`liq namoyon etishlari uchun etarli pedagogik sharoit yaratishdir. Bu borada ta’lim muassasalari pedagogik va o`quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishini yo`lga qo`yadi.
5—9-sinflarda sinf raxbarlari tajribali o`qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan tanlab olinib, tayinlanadi.
Bir o`qituvchiga faqatgina bitta sinf raxbarligi topshiriladi.
Sinf raxbarlari faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor urinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi.
Sinf raxbarining vazifalari
Sinf raxbarining asosiy vazifasi — o`quvchilarning axil guruxlarini aniq maqsadga yo`naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning xaqiqiy egalari, komil insonlar etib voyaga etkazishdir.
Sinf raxbarlari o`quvchilariga mexribon bo`lishi, ularning usib- ulg`ayishlarlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etishi, yordamga muxtoj o`quvchilarga yakka xolda yondasha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy g’urur, vatanparvarlik, mexr-muruvvat, mas’uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg’otadi.
Sinf raxbari ishini o`quvchilarning yosh xususiyatlarini va umumiy rivojlanish darajalarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.
Jumladan:
O`quvchilarni Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari ruxida tarbiyalash yunayaishida:
O`quvchilarni Vatanga, O`zbekistan Respublikasi Prezidentiga muxabbat va fidoyilik, Davlat ramzlariga sadoqat, Milliy g’oya ruxida tarbiyalash;
O`quvchilar ongiga o`z tug’ilib ulg’aygan yurtiga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak extirom tuyg’ularini singdirish, ularni yurtimizda bunyod etilayotgan inshootlar, ma’rifat maskanlari bilan tanishtirib borish;
Sinfda o`quvchilarni milliy va umuminsoniy kadriyatlar ruxida tarbiyalash muxitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me’yorlarini tatbik etish, mexnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;
Barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila, maktab, maxalla xamkorligi” konstepsiyasini hayotga tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o`tkazib borish;
O`quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo`yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muxtoj bolalar, ota-onasiz bolalarning, xomiylik va vasiylikka berilgan voyaga etmaganlarning ijtimoiy xuquqlarini ximoyalash;
O`quvchilarning maktabga belgilangan libosda kelishlarini nazoratga olish;
O`quvchilarning kundaliklarini yuritishlarini nazorat va taxlil qilish, ularning o`quv qurollari mavjudligi va saqlashlarini kuzatib borish;
O`quvchilarning turar joylari, uy sharoitlari bilan tanishish. Ularni sog’ligi, maishiy xolatlarini o`rganish, yaxshilashga yordam berish. Uyda va ta’lim muassasasida madaniy dam olishlariga va mustaqil ishlashlariga sharoit yaratishga xarakat qilish;
O`quvchilarning turli salbiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish, bu borada targibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Sinfda o`tkazilgan tarbiyaviy ishlar yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish; darslarga muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og’ir o`quvchilar bilan ishlashda ularnig ota-onalari, xuquq-tartibot idoralari bilan xamkorlik qilish;
O`quvchilarni ota-onalar va kattalarga xurmat ruxida tarbiyalash, kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berishga tayyor turish, mexribonlik, mexnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.
O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish bo`yicha:
O`quvchilarni har tomonlama kamol toptirish, ularning qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab fan to`garaklari, sport sekstiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyoxlik va ulkashunoslik yunalishidagi to`garaklarga, klublarga jalb qilish;
Qobiliyatli va iste’dodli o`quvchilarni rag’batlantirish, iqtidorli bolalar ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga kumaklashish;
O`quvchilar dunyoqarashini milliy madaniyatning asosi bo`lgan musiqa va qo`shiq, raqs, kino, adabiyot, xalk og’zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga jalb etish;
O`quvchilarning yozgi sog`lomlashtirish oromgoxlarida dam olishini tashkil etish, shuningdek, kuzgi, qishki va baxorgi ta’tillarning mazmunli o`tkazishlari uchun sharoit yaratish;
O`quvchilarning madaniy dam olishlari, sayoxatlarini uyushtirish, yul xarakati xavfsizligini ta’minlash;
talim muassasasida o`tkaziladigan turli tadbirlar (bayramlar, kurik-tanlov, sport musobakalari, uchrashuvlar, kechalar va boshkalar)da o`z sinfining faol ishtirokini ta’minlash.
O`quvchilarning o`zini o’zi boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Sinf jamoasi bilan birgalikda sinf faollarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy soatlarni belgilash, o`quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish;
Sinfda o`quvchilarni axil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o`quvchilarni qo`llab-quvvatlash, sinf jamoasining extiyoj va qiziqishlarini chuqur va har tomonlama o`rganish;
Har bir o`quvchining o`zi uchun kun tartibini tuzishlarini tashkil etish va bu tartibning bajarilishini nazorat qilish;
O`quvchilarning o`zini o`zi boshqarish tuzilmalarini, jumladan "Kamolot ” yoshlar ijtimoiy karakati, “Kamalak” bolalar tashkiloti, bolalar etakchisi, o`quvchilar ijodiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, “Kamalak” bolalar tashkilotining faoliyati, asosiy mazmun - moxiyati va jamiyatdagi mavqeini targ’ib etish;
“Kamolog” yoshlar ijtimoiy xarakati boshlangich tashkiloti xamda “Kamalak” bolalar tashkilotlarining hisobot saylov yigilishlarining belgilangan tartibda o`tkazilishida sardorlarga amaliy yordam berish;
O`quvchilar xuquqiy savodxonligini oshirish, xar bir fuqaro, shaxs va muassasalar tomonidan bajarilishi shart bo`lgan qonun xujjatlari haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish;
bolalar va usmirlar uchun chop etiladigan gazeta va jurnallarni targ’ib etish, obunani tashkil qilish. Sinf devoriy gazetasining chiqarilishiga kumaklashish.
Ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi bilan birgalikda:
Sinf o`quvchilarining ta’lim muassasasi (ustavida belgilangan) ichki tartib-qoidalarini bajarishlarini ta’minlash;
Sinf jurnallarining va boshqa zaruriy hujjatlarning tug’ri yurtilishini ta’minlash;
O`quvchilarning o`zlashtirishini yuqori darajaga kutarish. tartib-intizomni saqlash maqsadida sinf majlislarini o`tkazib borish;
O`quvchilarning o`qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mexnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib taqdirlash haqida taklif berish;
Sog`lom turmush tarzi, oilaviy xayot gigienasi hamda jismoniiy tarbiya bilan shug’ullanish hamda zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e’tibor berish;
O`quvchilarning o`zlashtirmaslik sabablarini aniqlash va buni bartaraf etish uchun fan o`qituvchilari bilan birgalikda yordam berish;
pedagogik jamoa, psixologlar bilan hamkorlikda bitiruvchi sinf o`quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga yo`naltirish:
Maktab tibbiyot xodimlari, o`qituvchilari, psixolog, ota - onalar bilan xamkorlikda o`quvchilarning sog’ligini muxofaza qilish. ma’naviy, ma’rifiy, jismoniy va aqliy jixatdan revojlanish muvofiqligini nazorat qilish;
Ta’lim muassasasida xavfsizlik qoidalariga, sanitariya-gigiena tartibiga, o`quvchilarni muxofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilishni ta’minlash;
Shuningdek, o`z malakasini oshirib turish, o`z soxasi bo`yicha o`tkaziladigan turli miqyoslardagi seminarlarda ishtirok etish kabi vazifalardan iborat.
Sinf raxbarining xuquqlari
O`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarning dars va imtixonlarida ishtirok etadi. Bush O`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun Qo`shimcha darslar tashkil etilishi buyicha takliflar beradi.
O`quvchilar tarbiyasiga oid ilg’or ish tajribalarini amalga oshirish buyicha ta’lim muassasasi ma’muriyatiga tashabbus bilan chiqadi.
Tarbiyaviy soatlarni rejalashtirishda o`quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim muassasasining umumiy rejasiga qo`shimcha yoki o`zgartirishlar bo`yicha taklif kiritishi mumkin.
Sinf faollari ishini nazorat qiladi. O`quvchilarning sinf yig’ilishlarini uyushtiradi va sinf faollari (kengashi) bilan birgalikda yig’ilish kun tartibini belgilaydi.
O`quvchilarning o`qishda erishgan yutuqlari, umumiy foydali mexnatda, maktab xayoti va jamoatchilik ishlarida faol qatnashganliklarini e’tiborga olib taqdirlashga tavsiya etish xaqida takliflar beradi.
O`quvchilarning ota-onalari bilan ta’lim-tarbiya masalalari yuzasidan suxbatlashadi, xamkorlik qiladi, pedagogik maslaxatlar beradi. O`quvchilar xulqini baxolaydi.
Sinf raxbarlari ishlarini rejalashtirish va ularni tashkil etish
Sinf raxbarining ishi reja asosida olib boriladi. Uning ish rejasi ta’lim muassasasining umumiy rejasi asosida direktorining ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari buyicha o`rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Sinf raxbarining yillik ishlarini rejalashtirish, sinfda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o`tkazishga yordam berish, ular samaradorligini oshirish, sinf rabarlari ishlarini muvofiklashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida ta’lim muassasasida sinf raxbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf raxbarlari uslubiy birlashmasiga maktabdagi barcha sinf raxbarlari a’zo buladilar.
Sinf raxbarlarida oylik (o`quv yili buyicha), choraklik va yillik rejalari, umumxalk bayramlarini o`tkazish buyicha tadbirlar rejalari va senariylar, tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mashg’ulot ishlanmalari, o`quvchilarning qiziqishlari asosida ijodiy birlashmalar (to`garaklar, sport sekstiyalari, klublar va boshkalar)ga jalb etish daftari, tarbiyasi og’ir (muntazam dars koldiradigan) bolalar xamda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash rejalari, ota-onalar majlisi bayonlari, ota-onalar bilan suxbat daftari, o`quvchilarning turar joylari, ularning ota-onalari xaqida batafsil ma’lumot kabi ish xujjatlari yuritilishi lozim.
Shuningdek, sinf raxbari o`quvchilar shaxsiga oid ma’lumotlarni (shaxsiy delo) shakllantiradi va saqlaydi. O`quv yili choraklari va yakuni buyicha hisobotlar beradi.
Sinf raxbarlari faoliyat yo`nalishlari bo`yicha hisobotlarini ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosariga topshiradi.
Sinfning ijtimoiy pasporti .
2015 – 2016 – o`quv yili 9 – a sinf.
Sinf raxbari: Fozilov Zarif Iskandarovich
O`quvchilari soni : 25 nafar ;
Jumladan: Qizlar: 11 nafar ; O`g`il bolalar 14 nafar ; Yoshi (to`g`ilgan yili): 2000 – 2001 yilda to`g`ilganlar
Oilalar tarkibi: Ko`p bolali oilalar ( soni va ismi sharifi ); Sinfdagi barcha o`quvchilarning oilalari 2 – 3 bolali oilalar tarkibiga kiradi
To`liq bo`lmagan oilalar: (soni, va ismi sharifi) 3 nafar : Toshkanova Tursuntosh Toshkant qizi ;
Burxonova Hilola Kamol qizi ; Xushvaqtov Baxtishod
Homiylik va vasiylikka olingan bolalar: (Soni va ismi sharifi): Sinfda birorta ham homiylikka olingan bolalar yo`q
Bobolari va buvilari bilan birga yashaydigan bolalar (soni va ismi sharifi) _________
Oilada yakka farzandlar ( soni va ismi sharifi) 1 nafar . Toshkanova Tursuntosh Toshkant qizi
Opa – singil va aka – ukalari bor bolalar (soni ): 24 nafar o`quvchilarning opa – singillari va aka - ukalari bor
Yashash sharoitlari:
Kommunal kvartira : (soni) ______________ Alohida kvartira ( soni) ____________ Mahalla xonadonida ( soni) 22 nafar
Dars xonasi mavjudmi? (soni) 25 nafar o`quvchilarning barchasida dars tayyorlash xonalari bor
O`quvchilarning bilim darajasi :
Namunali : ( soni) 16 nafar Yaxshi : ( soni) 6 nafar Qoniqarli : ( soni) 3 nafar Qoniqarsiz : ( soni) ______
Ota – onalarining ma`lumot darajasi :
Oliy ma`lumotli : otalar _______ onalar 1 nafar Orta maxsus : otalar 25 nafar onalar 24 nafar
O`rta : otalar __________ onalar ____________ To`liqsiz o`rta : otalar _____ onalar __________
Ilmiy darajasi borlari : otalar __________ onalar __________________
Tarbiyasi og`ir o`quvchilar (soni va ismi sharifi ) _________________________
Sinfning milliy tarkibi : ( soni ) 25 nafar o`quvchilar o`zbekmillatiga mansub
O`quvchilarning salomatlik holati 25 nafar o`quvchilarning barchalari sog`lom
Yakka tartibda o`qitiladigan bolalar (soni va ismi sharifi) _____________________________________________
Xronik kasallangan bolalar ( soni) _______________ Ko`rish holatlari o`zgargan bolalar ( soni) _____________________
Boshqa kasalliklari bor bolalar ( soni) 3 nafar o`quvchilarda qulini senishi kuzatilgan
O`quvchilarni ng maktabdan tashqari ta`limga jalb etilganligi:
Musiqa maktabida : (soni) _______________ Sport seksiyalari, klublarida ( soni) ___________
Teatr studiyalarida (soni) ______________ Ijodiyot markazlarida va boshqa faoliyat turlarida ( soni) ____________
Fan to`garaklarida ( soni) 25 nafar o`quvchilarning barchalari maktabda tashkil etilgan turli fan to`garaklarida ishtirok etadilar
Sinf raxbari : _______________ Zarif Fozilov
9 – A SINF TAVSIYANOMASI
Shahrisabz tuman XTMFMTTEB ga qarashli 38 – sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining IX - a sinf o`quvchilari soni 25 nafar bo`lib, shulardan 11 nafari qizlar va 14 nafari o`g`il bolalarni tashkil etadi.
O`quvchilar a`lo va yaxshi baholarda, namunali hulq bilan ta`lim tarbiya oladilar.
Sinfda a`lo baholarda o`qiydigan o`quvchilar 13 nafarni yaxshi baholar bilan o`qiydigan o`quvchilar 9 nafarni qoniqarli baholarda o`qiydigan o`quvchilar 3 nafarni tashkil etadi.
O`quvchilarning hammasi darsliklar bilan ta`minlangan.
Sinfda 2 qishloq , Qutchi va Eski Chorshanbe qishloqlaridan qatnab kelib ta’lim tarbiya oladilar.
Sinf o`quvchilari bir – birlari bilan juda yaxshi munosabatda , bir - birlari bilan do`st bo`lib maktab jamoat ishlarida faol ishtirok etadilar.
Sport musoboqalari hamda to`garak ishlarida faol qatnashadilar .
Muntazam ravishda darslarda kechikmay kelishga o`qituvchilarni topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishga harakat qiladilar .
Maktabda maktab formasiga kelish, maktab ichki tartib qoidalariga rioya qiladilar.
sinf raxbari : ________ Zarif Fozilov.
9 –A SINF O`QUVCHILARINING YANGI O`QUV YILIDAGI MAQSAD VA VAZIFALARI
Boshlangan yangi o`quv yilida har bir o`quvchi va o`qituvchi o`z oldiga bir qancha maqsad va vazifalarni qo`yishi shahrt.
O`quvchilar oldiga qo`yiladigan maqsad va vazifalar.
Yangi o`quv yilida barcha darsliklar va o`quv qurollari taxt bo`lishi shart.
Yangi o`quv yilida o`g`il va qiz bolalar belgilangan maktab formasida kelishi shart.
O`quvchilar qoidasiga barcha o`quvchilar amal qilishlari shart.
O`quvchilar barcha fanlardan a`lo va yaxshi baholarda o`qishlari shart.
Har bir o`quvchi o`zining namunali hulqi bilan boshqalarga o`rnak bo`lishi lozim.
Sinf o`quvchilari sinfdan tashqari bo`ladigan tadbirlarda , jamoat ishlarida va shanbaliklarda faol ishtirok etishlari lozim.
Har doim tozalikka rioya qilishlari kerak .
O`quvchilar ustozlarini va bir – birlarini hurmat qilishlari lozim.
O`qituvchining vazifalari .
Muntazam ravishda o`quvchilarni hulqi va bilimini nazorat qilish.
O`quvchilar haqida, ularning ota – onalari bilan suhbat o`tkazish .
O`quvchi qizlarning tarbiyasiga alohida e`tibor qaratish .
O`quvchilarni rag`batlantirib borish.
9 – A SINF O'QUVCHILARI UCHUN QOIDALAR.
l. Mustaqil O'zbekistonning yetuk fuqarosi bo'lish, Vatan himoyasida doim tayyor turish.
2. Tirishqoqlik bilan o'qish, o'qituvchini har bir topshirig'ini mustaqil bajarish.
3. Maktab, sinf ishlariga faol qatnashish, o' rtoqlariga ko'maklashish.
4. Har kuni badantarbiya qil, ozoda va sarishta - saranjom bo'l.
5 . Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullan. shaxsiy gigiena qoidalarga amal qil.