Metalmaslar – Bolg‘alanmaydigan, yaltiroq bo‘lmagan, issiqlik va elektr tokini yomon, deyarli o‘tkazmaydigan moddalar. Hammasi bo‘lib davriy sistemada 22 ta element atomlari metalmas shulardan, 11 tasi (H2 – vodorod, N2 – azot, O2 – kislorod, F2 – ftor, Cl2 – xlor, He – geliy, Ne – neon, Ar – argon, Kr – kripton, Xe – ksenon, Rn – radon) odatdagi sharoitda gaz moddalar, 1 tasi (Br2 – brom) suyuqlik, 10 tasi (B – bor, C – uglerod, Si – kremniy, P – fosfor, As – mishyak, S – oltingugurt, Se – selen, Te – tellur, I2 – yod, At2 – astat) qattiq moddalar. Metalmaslardan ftor, xlor, brom nisbatan suvda eriydi, qolganlari esa juda kam miqdorda eriydi yoki deyarli suvda erimaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |