2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish.
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. O‘quvchilarga yangi harakatli o‘yinlar mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berish. O‘quvchilarga “Sehrli kataklar”, “Man etilgan mashq” o‘yinlari, ularning o‘yin elementlari va shartlari, bajarish usullari va bosqichlari tushuntiriladi. Nazariy ma’lumotlar berib bo‘lingach, mazkur o‘yinlar o‘quvchilarni guruhlarga bo‘liish orqali amaliy bajariladi.
«Tulki bilan na’matak» o‘yini. O‘quvchilar ikki jamoaga bo‘linadilar. Birinchi jamoa o‘yinchilari — «na’mataklar» ko‘zlarini yumib, qo‘llarini yon tomonga uzatgan holda ikkinchi jamoaga orqalarini o‘girib zalning o‘rtasidagi chiziqqa turadilar. Ikkinchi jamoa o‘yinchilari — «tulkilar» esa chiziqning tashqarisida, zalning bir tomonida turadilar. «Tulkilar» zalning narigi tomoniga «na’matak» tikanlariga tegib ketmaslik uchun ovoz chiqarmasdan sekingina o‘tishlari kerak. «Na’matak»ka tegib o‘tgan «tulki» zalning bir chekkasiga chizilgan doiraga — g‘orga kirib ketadi. So‘ngra o‘yinchilar o‘z o‘rinlarini almashtiradilar. Qaysi jamoa o‘yinchilari zalning narigi tomoniga tinch va ehtiyotkorlik bilan o‘tsa, shu jamoa o‘yinda g‘olib chiqqan hisoblanadi. «Na’mataklar» o‘yinida oxirigacha ko‘zlarini ochib yubormasliklari lozim. «Tulkilar» «na’mataklar»ning orasidan o‘tadilar, chetlab o‘tish mumkin emas. Zalning bir chekkasida turgan o‘qituvchining bayroq ko‘tarishi zalning u tomoniga o‘tishi uchun signal hisoblanadi.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
2
|
Yangi mavzuni mustahkamlash:
a) harakatli o‘yinlar mavzusi yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish;
b) harakatli o‘yinlar mavzusi yuzasidan olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
10 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
|