Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: an’anaviy, interfaol.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, slaydlar, sport anjomlari.
Kompetensiya: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
№
|
Darsning borishi
|
Vaqt
|
Uslubiy ko‘rsatma
|
Tashkiliy qism
|
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish.
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. «Kim uzoqqa otadi» o‘yini.
O‘quvchilar har birida 8—10 tadan o‘yinchi bo‘lgan 4 ta jamoaga bo‘linadilar. Devordan 2—3 m uzoqlikda start chizig‘i chiziladi. Shunga parallel qilib 10 m uzoqlikda, keyinchalik ketma-ket har 1,5—2 m oraliqda 4—5 ta chiziq chiziladi. Qo‘lida to‘p tutgan o‘yinchilar (4 kishi) start chizig‘iga kelib, to‘p otishga shaylanib turadi. O‘qituvchi signal berishi bilan ular to‘pni iloji boricha uzoqroqdagi chiziqqa tushirishga harakat qilib uloqtiradi. Hakamlar boshqalardan uzoqqa otgan o‘yinchini, shuningdek, uzoqdagi chiziqqa ko‘proq to‘p tushirgan jamoani aniqlab, ularni mukofotlaydi. «NINA, IP VA TUGUNCHA» O‘YINI
O‘yinchilarning hammasi ikki doiraga bo‘linib, qo‘l ushlashib turishadi. Har bir doirada uchtadan onaboshi saylanadi. Ular doiradan tashqarida turadilar, ularning biri «nina», ikkinchisi «ip», uchinchisi «tuguncha» bo‘ladi. Doira hosil qilib turgan bolalar qo‘l ushlashib, «bir-ikki-uch», deb sanab chap-o‘ng tomonga qadam tashlab yuradilar. «Nina» har tomonda: goh doira ichida, goh doira tashqarisida yugurib yuradi. «Ip» bilan «tuguncha» ninaning ketidan ketma-ket ergashib yurishadi. Agar «ip» chigalib qolsa (boshqa tomonga ketib qolsa) yoki uni «tuguncha» ushlab olsa, o‘yin qaytadan boshlanadi va yangi «nina», «ip» va «tuguncha» saylanadi. Eng epchil va ziyrak o‘quvchilar «nina» qilib saylanadi. Agar «nina», «ip» va «tuguncha» hech bir xato qilmay, uzoq vaqt yuraversa, boshqa o‘yinchilarni ham o‘yinda faol qatnashtirish maqsadida ularni almashtirish kerak bo‘ladi.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |