Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: an’anaviy, interfaol.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, slaydlar, sport anjomlari.
Kompetensiya: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
№
|
Darsning borishi
|
Vaqt
|
Uslubiy ko‘rsatma
|
Tashkiliy qism
|
1
|
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish.
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlar haqida olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. O‘quvchilarga yangi harakatli o‘yinlar mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berish. O‘quvchilarga “Sehrli kataklar”, “Man etilgan mashq” o‘yinlari, ularning o‘yin elementlari va shartlari, bajarish usullari va bosqichlari tushuntiriladi. Nazariy ma’lumotlar berib bo‘lingach, mazkur o‘yinlar o‘quvchilarni guruhlarga bo‘liish orqali amaliy bajariladi. «Qopqon» o‘yini
O‘quvchilar bir-birining ichiga joylashgan ikki aylana hosil qilib turadilar, 6-8 o‘yinchi ichki aylanada turadilar. Bular sichqonlar vazifasini o‘taydilar. 13-15 ta o‘yinchi qopqon rolida bo‘lib, tashqi aylanaga saflanadilar. Ikkala aylanadagilar ham qo‘l belda turgan holda ichki aylanadagilar ham qo‘l ushlashib turadilar. O‘qituvchining birinchi signalida qo‘llar belda turgan holda ichki aylanadagilar o‘ng tomonga yon bilan yuradi, tashqi doira yurishdan to‘xtaydi va o‘yinchilar qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar. Bu «qopqon» ochilganini bildiradi. Bundan foydalangan «sichqonlar» aylanadan tashqariga chiqib va ichkariga 2 marta chapak chalinganda qopqon bekiladi, tashqi aylanadagi o‘yinchilarga qo‘shilib aylanani kengaytidilar. O‘yin 2—3 ta o‘yinchi tutilmay qolguncha davom ettiriladi. Qo‘lga tushmagan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Hamma o‘yinchilar sichqonlar rolini bir-bir o‘ynashlari lozim.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |