Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni aniqlash.
|
5 daqiqa
|
O‘quvchilarning sport kiyimiga e’tibor berish
|
2
|
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga burilish, yurish.
|
Gavdani tik tutishga e’tibor qaratish
|
3
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-mal bajarilishiga erishish
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
1
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlardan avval bajariladigan mashqlar haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
|
5 daqiqa
|
Nazariy bilimlarning to‘gri anglashi va mashq(lar)ni to‘liq va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor berish
|
2
|
O‘tgan darsda harakatli o‘yinlardan avval bajariladigan mashqlar haqida olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi topshiriqlarni bajartirish.
|
Asosiy qism
|
1
|
Yangi mavzuni tushuntish. O‘quvchilarga yangi harakatli o‘yinlardan avval bajariladigan mashqlar mavzusi yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berish.
Bularga quyidagi harakat turlari kiritiladi: a) yurish – qo‘l, oyoq, gavdani har xil tarzda harakatlantirib, maydoncha bo‘ylab yo‘nalishni o‘zgartirgan holda, sekin va tez, oyoqlar uchida va tovonlarda; b) sekin yugurish va tez yugurish, buyruqqa binoan yo‘nalishni keskin o‘zgartirib, yugurishni yurish bilan almashtirish, qiyin bo‘lmagan to‘siqlardan oshib o‘tish, xoda ustidan yugurib o‘tish va hokazo;
d) sakrash – bir va ikki oyoqlab, turgan joyda, oldinga harakat qilib, arg‘amchida,
chambarakda va hokazo;
e) to‘pni irg‘itish – kichik va katta to‘plarni irg‘itib ilib olish, o‘quvchilar yuzma-yuz turgan holda to‘pni bir-birlariga irg‘itish, to‘pni uzoqqa otish, har xil nishonga tekkizish, savatchaga, halqaga tushirish va hokazo;
f) tirmashib chiqish, oshib o‘tish, halqadan, narvonchadan, gimnastika devoridan oshib tushish, o‘yin maydonchasidagi boshqa to‘siqlardan oshib o‘tish va boshqalar;
g) osilish mashqlari, tayanib turish – turnikda, gimnastika devorida va boshqa shu kabi gimnastik anjomlarda;
h) muvozanat saqlash mashqlari – ensiz chiziq ustidan, xoda ustidan o‘tish, to‘siqlardan buyumsiz, buyum bilan oshib o‘tish, tortib qo‘yilgan arqon, rezina tasmalar ustidan qadamlab o‘tish va hokazo;
i) buyumlar bilan mashq bajarish – to‘plar, chambaraklar bilan (chambaraklarni dumalatish, chambaraklar ustidan sakrash, chambaraklarni tik holatda aylantirish, gavda atrofida aylantirish), bulavalar bilan (o‘yin qoidalariga rioya qilgan holda), uzun va qisqa arg‘amchilarda (har xil sakrashlar, joyda, harakatda, bir va ikki kishi bo‘lib) mashqlar bajarish.
|
20 daqiqa
|
O‘z-o‘zining xavfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib berish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |