Topishmoq: .
V. Baholash.
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: Ertakni o’qib kelish.
3 Mavzu: ENG YAXSHI SOVG’A
Sana___________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablarida asosida matndagi so’zlarni to’g’ri va ongli o’qishni o’rgatish.
Ta’limiy: O’quvchilarga o’rganilgan mavzuni kundalik hayotda qo’llay olishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni badiiy adabiyotga hurmat ruhida tarbiyalash.
O`quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; TK2 mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi; FK 2: o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi; asar mazmunidan ta’sirlana oladi; o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni maktab haqidagi fikrlarini boyitish, rivojlantirish.
Dars turi: O’tgan mavzuni mustahkamlash.Yangi bilim berish.
Metodi: Savol-javob, guruhlarda ishlash,aqliy hujum.
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma,tarqatmalar, test savollari.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. a) Salomlashish b) davomotni aniqlash
d) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “Yurtimda bahor fasli” ,mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. O’tgan darsdagi vazifa aniqlanib, vazifa tekshiriladi.
1. Ertak qahramonlaridan qaysi birining ishi sizga yoqdi?
2. Yana qaysi ertakda chol va uch o‘g‘il ishtirok etadi?
3. Ota nima uchun do‘st orttirishni qo‘rg‘on qurishga o‘xshatadi?
III.Yangi mavzu bayoni Eng yaxshi sovg’a O’zbek xalq ertaklaridan biri bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O‘tgan zamonda bir savdogarning uch qizi bo‘lgan ekan. Bir kuni savdogar safarga jo‘namoqchi bo‘libdi va qizlarini chaqirib:
– Qizlarim, men Xitoy mamlakatiga safarga ketyapman. Xohlagan narsalaringizni ayting, u yerlardan olib kelay! – debdi. Katta qizi bir shoda toza marvarid keltirishini so‘rabdi. O‘rtancha qizi eng chiroyli shoyilardan olib kelishini iltimos qilibdi.
– Senga nima olib kelay? – deb kenja qizidan so‘rabdi savdogar. Qizi:
– Otajon, o‘sha yerlarda yegan noningizning kuyuklarini bir xaltaga to‘plang, kelganingizda menga berasiz, – debdi. Savdogar Xitoyda uzoq yurib, oldi-sotdi ishlarini tugatibdi va qizlari so‘ragan narsalarni olib, uyiga qaytibdi. Savdogar uyiga yetib kelib, ikkala qiziga sovg‘alarni topshiribdi. U kenja qiziga bir xalta nonning kuyugini berib: – Qizim, meni ko‘p uyaltirib qo‘ydingku? – debdi. – Otajon, – debdi kenja qizi, – men so‘ragan narsa opalarimnikidan qimmatliroq. U mushugini chaqirib, non kuyuklarini yedira boshlabdi. Mushuk ularni yeb bo‘libdi-yu, og‘riqqa chidolmay tipirchilab qolibdi. Qiz: – Otajon, ko‘rdingizmi, agar shu narsalarni siz o‘sha yoqda yurib yesangiz, biror ko‘ngilsiz voqea bo‘lar edi. Men uchun sizning sog‘ yurishingiz eng katta davlat emasmi?! – debdi. Shundan keyin savdogar kenja qizining maslahati bilangina ish qiladigan bo‘libdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |