Darsning shiori: “To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin,
Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin”
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, davomat, ob-havo, sana, faslni aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish (o’rganiladigan BKM lar)
d) O’quvchilarni guruhlarga ajratish, “O’zbekiston” hamda “Turkiya” nomlari bilan nomlash va guruh sardorlarini tayinlash;
e) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);
Dars boshlanadi. O`quvchilar bilan salomlashib, sana, fan, davomat, ob-havo, fasl haqida so`raladi.
O’tilgan mavzu bilan bog’lash.
O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.
O`quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh berganliklariga qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.
O`quvchilar bilan o`tgan mavzularni takrorlash maqsadida “Topqirlik”, “Flower wish” mashqi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar “Shatranj” taxtasiga yashiringan ma`lumotlarga to`g`ri javoblarni quyidagi davlatlardan qaysilariga tegishli ekanliklarini aniqlashlari kerak bo`ladi.
“Flower wish” o`yini orqali mustahkamlash;
- 1899-yil.
- 1899-yil sentabr.
- 1900-yil.
- 1897-yil.
- Sindao.
- Lyuyshun.
- Komprador.
- Konvensiya.
- Intervensiya.
- Flower wish.
Savollar yozilgan qog`oz gullar suvga tashlanadi. Gul ochiladi. Savol ko`rinadi.O`quvchi savolga javob beradi.Terminlarni izohlaydi.
O`quvchilar 3 guruhga bo`linadi:
Guruhlar o`rtasida savol-javob qilinadi.O`qituvchi guruhlar to`plagan ballarni e`lon qiladi,o`quvchilar rag`batlantiriladi.
O`quvchilarning ijodiy fikrlashi va jahonda bo`layotgan voqealar hamda yangiliklarni qay darajada bilishlarini sinash maqsadida ekranda 2011-yil 11-mart soat 1446da Yaponiyaning Xinsyu orolida bo`lib o`tgan tabiiy ofat haqidagi kinofilmdan qisqa lavha namoyish etiladi.
Kinofilm namoyishidan so`ng, Yaponiyada sodir bo`lgan tabiiy ofat tafsilotlari haqida guruhlarning taassurotlari va fikrlari so`raladi. Guruhlarning bergan javoblariga qarab tegishli rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadi.
O`qituvchi yangi mavzuni o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter telefon tarmog`i yoki USB-Modem orqali internetga ulangan holda “GoogleEarthWin” dasturini ishga tushiradi. Ekranda XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkiya tushirilgan tasviri, siyosiy va tabiiy xaritalaridan foydalangan holda o`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirib beradi. O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni ham namoyish etib tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |