hokimiyatga kelishi Abdulhamid II davri Turkiya tarixida «zulm davri» nomini oldi. Sulton tez orada parlamentni tarqatib yubordi. Konstitutsiya tarafdorlarini quvg’in qildi. Ularning ko’pi o’limga hukm qilindi. Mamlakat jaholat zulmatida qoldi. 1889- yili Istanbulda harbiy-meditsina bilim yurti kursantlari yashirin «Birlik va taraqqiyot» tashkiloti tuzdilar. Tashkilotning sho’balari butun Turkiya bo’ylab tarqaldi va mamlakatda konstitutsiyaviy tartib o’rnatish haqida tashviqot boshlandi. Keyinchalik, bu jamiyat kuchli siyosiy partiyaga aylandi. Sulton Abdulhamid II 1897- yili tashkilot ustidan sud uyushtirdi. 13 kishi o’limga, 69 kishi katorga ishlariga hukm qilindi. «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zolari va shunga o’xshash siyosiy to’garakka ishtirok etganlar umumiy nom bilan «Yosh turklar» deb ataldi.
«Yosh turklar» 1902- yilda Parij shahrida o’zlarining birinchi qurultoyini o’tkazdilar. Unda bekor qilingan Konstitutsiyani tiklash haqida qaror qabul qilindi.
1907-1908- yillarda Turkiyada inqilobiy vaziyat yuzaga keldi. 1908- yil 3- iyul kuni «Yosh turklar»dan bo’lgan armiya zobitlari rahbarligida qo’zg’olon ko’tarildi. Unga Niyozbiy rahbarlik qildi. U «Birlik va taraqqiyot» partiyasi a’zosi, harbiy garnizon qo’mondoni edi. 1908- yil 20- iyulda Monastir shahrida «Birlik va taraqqiyot» partiyasi tan-tanali bir vaziyatda Konstitutsiya tiklanganligini e’lon qildi va sultondan bu masalada farmon berishni talab qildi. Armiya «Yosh turklar» tomonida ekanligi Abdulhamidni cho’chitib qo’ydi. U 1908- yilning 24-iyul kuni qaror e’lon qilib, Konstitutsiyani tikladi. Parlamentga saylov o’tkazishni va’da qildi. 1908- yilgi Turkiya inqilobi g’alaba qozondi.
1909- yil 13-aprel isyoni Biroq, eski tartib tarafdorlari har qanday islohotga qarshi edilar. Ularning ichida ruhoniylarning o’rni kuchli edi. Ruhoniylarning «Ittihodi Muhammadi» partiyasi “Yosh turklar”ni xudosizlikda aybladi.
«Ittihodi Muhammadi» partiyasining tarafdori bo’lgan harbiylar 13- apreida aksilinqilobiy isyon ko’tardilar. Isyonchilar parlamentni bekorqilish, shariat va sulton hokimiyatining tiklanishini talab qildilar. Abdulhamid II ga aynan shu kerak edi. Shuning uchun ham u isyonchilar talabini tezda bajardi.
«Yosh turklar» arboblaridan bir qismi Saloniki va Adrianopolga Qochib ketdilar. Saloniki va Adrianopoldagi harbiy qismlar yosh turklar larafida edi. Yosh turklar o’zlariga sodiq armiya qismlari bilan 26-aprelda isyonchilar hukumatini ag’darishdi. Sulton Abdulhamid taxtdan ag’darildi. Taxtga uning ukasi, mamlakat ichki siyosiy hayotidan yiroq Mahmud V Rishod (1844—1918) o’tqizildi. Parlament qayta tiklandi.