Inqilobning boshlanishi. Vaziyat inqilob yuz berishining oldini olishni talab etardi. Shunday sharoitda Lyudovik XVI 1789–yilda General shtatlarini chaqirdi.
Barcha toifalarga General shtatlarga о’z talablarini yozma ravishda topshirish huquqi ham berildi. Qirol bo’shab qolgan mamlakat xazinasini to’ldirish uchun yangi soliqlar joriy etilishini va General shtatlar uni tasdiqlashi zarurligini ma’lum qildi. Biroq uchinchi toifa yuqori imtiyozli toifalarning mol–mulkini soliqqa tortishni talab qildi. Oqibatda parlamentda bo’linish yuz berdi. Parij aholisi uchinchi toifaning talabini qo’llab–quvvatladi. 1789–yilning 17–iyunida uchinchi toifa deputatlari o’zlarini butun millat vakillari deb e’lon qildilar. Shuningdek, yangi parlament–Milliy Kengash tuzdilar.
9–iyulda Milliy Kengash о’zini «Та’sis majlisi» deb e’lon qildi. Xalq qurollana boshladi. 14–iyul kuni Fransiya mutlaq monarxiyasining tayanchi Bastiliya (davlat qamoqxonasi) egallandi. Qattiq qo’rqib ketgan Lyudovik XVI yon berishga majbur bo’ldi. U Ta’sis majlisining qonuniyligini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat inqilobchilar vakillaridan tuzilgan Parij Kommunasi (Parij Kengashi) qo’liga o’tdi. Shu tariqa Fransiyada mutlaq monarxiya quladi. Hokimiyat tepasiga yirik burjuaziya–savdo–sanoat burjuaziyasi keldi. Bu burjuaziya Buyuk Britaniyadagidek cheklangan monarxiya tarafdori edi.
Feodal tartiblarning bekor qilinishi.Mutlaq monarxiyaning qulashi mamlakatda tinchlik о’гnatilishiga olib kelmadi. Aksincha, butun mamlakatni endi dehqonlar qo’zg’oloni qamrab oldi. Ular feodal majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdilar. Oziq–ovqat omborlarini egallab oldilar, feodallarning qo’rg’onlariga o’t qo’yib, yoqib yubordilar. Natijada Ta’sis majlisi «Imtiyozlami tugatish haqida dekret» chiqarishga majbur bo’ldi. Unga kо’га feodal tartiblar bekor qilindi.
Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi.1789–yilda Ta’sis majlisi у ana bir muhim hujjat–«Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. U «barcha odamlar ozod va teng huquqli bo’lib tug’iladilar» degan so’zlar bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni «hokimiyatning manbai» deb e’lon qildi. Shuningdek, feodal va toifa imtiyozlarini bekor qildi. So’z, matbuot erkinligini e’lon qildi. Fuqarolarning qonun qabul qilishda ishtirok etishi erkinligini hamda xususiy mulkning daxlsiz va muqaddasligini belgilab qo’ydi. Ayni paytda qirol huquqlari cheklandi.