Sinf: “A” “B” “V”


Darsning jihozi: :”Jahon tarixi” 8-sinf uchun darslik, “Jahon tarixi” 8-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita, slayd



Download 376,5 Kb.
bet55/61
Sana09.04.2022
Hajmi376,5 Kb.
#538861
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi konspekt

Darsning jihozi: :”Jahon tarixi” 8-sinf uchun darslik, “Jahon tarixi” 8-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita, slayd;


I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.


II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)


III.Yangi mavzu: XVI - XVIII asrlarda Xitoy
Siyosiy hayot. XVI asrda ham Xitoyda Min sulolasi hukmronlik qilardi. Xitoyda Min sulolasining hukmronligi qachon va qay tariqa o’rnatilgan edi?
Ayni shu asrda mamlakatda siyosiy ahvol keskinlashdi. Buning sabablari nimalardan iborat edi? Avvalo, jamiyat hayotini о’rta asr ishlab chiqarish munosabatlari chuqur qamrab olgan. Bu jamiyat hayotida natural xo’jalikning ustunligida yaqqol namoyon bo’lmoqda edi. Bundan tashqari, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch–dehqonlami holdan toydiruvchi ijaraga yer olib ishlash tartibi hamon chuqur ildiz otganligicha qolavergan edi. Ijara haqi hosilning 50 foiz qismini tashkil etardi.
Despotik davlat hokimiyati esa barcha eski tartiblarning bosh tayanchiga aylanib qolgan. Davlat hokimiyati amalda har qanday yangilikning ashaddiy dushmaniga aylangan. Burring ustiga, XVI asrga kelib davlat hamda dehqonlar yerlarining katta yer egalari qo’liga o’tish jarayoni kuchaydi. Ular bu yerlarni o’z mulklariga aylantirishda hech narsadan qaytmadilar. Eng kо’p miqdordagi yer imperator xonadonining qo’lida to’plandi. Buning ustiga, ular hosildor yerlar ham edi.
Ijara shartining og’irligi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch–dehqonlami xonavayron qila boshladi. Bu esa butun imperiya hududida dehqonlar qo’zg’oloni boshlanishiga olib keldi va bu qo’zg’olon butun mamlakatni qamrab oldi.
Ichki siyosiy kurash. Dehqonlar qo’zg’olonining keng quloch yoyishi Min imperiyasining siyosiy parchalanish jarayonini kuchaytirdi. Hukmron tabaqalarning manfaatiga xizmat qiluvchi hukumat jamiyatda yetilgan eng dolzarb vazifalarni hal etishga qodir bo’lmay qoldi. Davlat idoralari amaldorlari o’rtasida o’zboshimchalik, korrupsiya hamda davlat mansablarini sotish avj oldi. Imperator xonadoni turli xil ko’ngilochar tadbirlar va zebu ziynat buyumlari uchun davlat xazinasini sovurdi. Bu omillar mamlakat aholisining turli qatlamlarida keskin norozilik uyg’otdi. Natijada Min sulolasi va uning tayanchlariga qarshi muxolifat kuchaya bordi.
Muxolifatning asosiy kuchini o’rta va mayda yer egalari, shahar aholisining o’ziga to’q qismi, shuningdek, mamlakat ziyolilari tashkil etdi. Muxolifat imperatordan davlat mansablariga amaldorlarning qobiliyatiga qarab tanlanishini, eskirib qolgan qonunlarni o’zgartirishni talab qildi. Biroq saroy a’yonlari muxolifat talablariga quloq ham solmadi va aksincha, ularni ta’qib etishga kirishdi.
Muxolifat kurashni to’xtatmadi. Buning ustiga dehqonlar qo’zg’oloni ham tobora keskin tus ola boshladi.

Download 376,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish