Qaramlikning oqibatlari. Ispaniya iqtisodiy jihatdan Niderlandiyaga qaraganda qoloq davlat edi. Biroq Ispaniya hamon harbiy qudratini saqlab kelardi. Ispaniya monarxiyasi bu yerda о’zining qoloq boshqaruv tartibini o’rnatdi. Aholijudakatta miqdorda soliq to’lashga majbur etildi. Ispaniya qiroli xazinasiga Niderlandiyadan yig’iladigan soliq miqdori uning Amerikadagi mustamlakalaridan keladigan daromaddan 4 marta ortiq bo’lgan. Niderlandiyada «isloh qilingan din» (protestantlik) tarqalaboshlagach, qirol yuqori diniy lavozimlarga ispanlarni tayinlay boshladi. Bu yerda ham inkvizitsiyani va qonli qonunlarni joriy etdi. Ommaviy qirg’inlar uyushtirdi. Bu omillar Niderlandiya xalqining keskin g’azab–nafratini qo’zg’atdi.
Ispaniya zulmiga qarshi qo’zg’olon.Ispaniya qiroli Filipp II ning shafqatsiz siyosati niderland xalqining kuchayib borayotgan noroziligini to’xtata olmadi. Aksincha, xalqning ispan zulmiga qarshi harakati tobora kuchaydi. Bu harakatda aholining keng qatlamlari–burjuaziya, hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar va hatto dvoryanlaming bir qismi qatnashdi. Burjuaziya, aynipaytda, qo’zg’olongarahbarlikqildi. Ispaniya zulmiga qarshi kurash 1566–yilda qo’zg’olonga aylandi. Qo’zg’olonchilar qisqa vaqt ichida Ispaniya zulmining tayanchi bo’lgan cherkov va monastirlarni vayron qildilar. Katolik ruhoniylar va ispan amaldorlari quvib yuborildi.
Terror tartibining o’rnatilishi.Qo’zg’olonni bostirish uchun Ispaniya qiroli Filipp II gersog Alba boshchiligida saralangan qo’shin yubordi. Alba Niderlandiya hukmdori etib tayinlandi. Alba boshqaruv ishida terrorni, jallod qilichini va inkvizitsiyani qo’lladi. Barcha masalalar «Isyonlar bo’yicha Kengash»da hal etildi. Niderland xalqi Albaning yovuzligi tufayli bu Kengashni «Qonli kengash» deb atadi. Alba shafqatsiz jazo choralaribilanginacheklanib qolmadi. U «o’ndanbir» deb ataluvchi yangi soliq ham joriy etdi. Unga kо’га, savdogarlar har qanday savdo bitimidan keladigan daromadning 1/10 qismini qirol xazinasiga to’lashga majbur edi.
Biroq Albaning dahshatli jazo choralari ham ozodlik harakatini to’xtata olmadi. Aksincha, niderlandlar kichik–kichik partizan guruhlarini tuzdilar. Niderlandiyani partizanlar kurashi chulg’ab oldi. Partizanlar Ispaniya qo’shiniga qo’qqisdan hujum qilardi. Tez orada qo’zg’olonga Niderlandiya savdo flotining dengizchilari ham qo’shilishdi. Ular Ispaniyaga qarshi dengiz urushi olib bordilar. Niderlandiya xalqining qo’zg’oloni mamlakat shimoliy qismining mustaqillikka erishishi bilan yakunlandi. Burjuaziya 1572–yilda Niderlandiyaning eng boy va obro’li katta yer egasi Vilgelm Oranskiyni shimoliy hududlar hukmdori deb e’lon qildi. Ispaniyaning Niderlandiyadagi mavqei tobora zafflashib bordi. Natijada 1573–yilda Alba Niderlandiyani tark etishga majbur bo’ldi.
Filipp II faqat janubiy Niderlandiyani о’z qo’lida saqlab qola oldi.