Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Dissimilatsiya jarayonida tirik organizmlarda moddalarning parchalanishi ro‘y beradi. Bu assimilatsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchalanishi energiya ajralishi bilan boradi. Shuning uchun dissimilatsiya jarayoni hujayraning energiya almashinuvi deb ham yuritiladi. Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan barcha muhim jarayonlardan biri,
ularning aerob, ya’ni kislorodli nafas olishidir. Bu jarayonda kislorod yordamida murakkab organik birikmalar oksidlanishi tufayli ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon hayvon organizmlarida maxsus nafasolish tizimi orqali amalga oshiriladi. o‘simliklarda esa nafas olish organlari bo‘lmaydi. Ular to‘qima va hujayralar orqali nafas oladi. ozuqa moddalarda to‘plangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi atomlarni bog‘lovchi har xil kovalent bog‘larda mujassamlashgan bo‘ladi. Bir molekula ya’ni, 180 g glukozaning C, H, o atomlari orasidagi bog‘larda to‘plangan potensial energiya miqdori 2800 kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukozadagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi: C6H12O6 + 6 o2 6Co2+6H2o+2800kJ. ozuqa moddalardan ajralgan quvvatning bir qismi issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat kislota (ATF) ning energiyaga boy fosfat bog‘larida to‘planadi. Hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: biosintez, mexanik ish (hujayra bo‘linishi, muskullarning qisqarishi), moddalarning membranalar orqali faol ko‘chirilishi, asab impulslarining o‘tkazilishi va boshqalarni energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga oshiriladi.
ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat kislota qoldig‘idan tashkil topgan. Agar bu murakkab birikma tarkibida faqat bitta fosfat kislota bo‘lsa adenozinmonofosfat (AMF), ikkita fosfat kislota bo‘lganda esa adenozindifosfat (ADF) hosil bo‘ladi. Uchta fosfat kislota tutuvchi (ATF) molekulasi eng ko‘p energiyaga egadir. ATF tarkibidagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishi 40 kj energiya chiqishiga imkon beradi. ATF molekulasida energiyaga boy bog‘larning mavjudligi hujayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to‘plashga va uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi. ATF hujayraning maxsus organoidlari mitoxondriyalarda sintezlanadi. Bu organoidlar hujayraning turli qismlari uchun zarur bo‘lgan ATF molekulalarini yetkazib beradi va hayot faoliyati jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |