Fanga oid kompetensiyalar:
Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
1. Nima uchun mahalliy aholi vakillari harbiy xizmatga olinmagan?
2.Turkistonda mustamlaka davrigacha sud ishlari qanday tashkil etilgan?
III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. XIX asrning oxirida sudlov jarayonidagi o‘zgarishlar.
2. O‘lkada harbiy politsiya tartiboti.
O‘rta Osiyo mustamlakaga aylantirilgandan so‘ng boshqa sohalar singari sud tizimi ham bosqichmabosqich o‘zgartirib borilgan. Qozi va biy sudlariga bo‘ lib o‘tadigan saylovlarda mustamlakachi hukumatning aralashuvi, saylov natijalarini tasdiqlashdagi noto‘g‘ri ishlar ko‘plab janjallarni, mahalliy aholi o‘rtasida o‘zaro nizolar, ma’muriyatga nisbatan ishonch sizlik va norozilik harakatlarini keltirib chiqargan.Sudlarga joriy etilgan saylovlar mustamlakachi hukumat ixtiyorida bo‘lib, saylovda kimning g‘olib chiqishi saylovchilarga qaraganda ma’muriyat xohishiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Kim mustamlakachi ma’muriyatga yoqsa va unga sodiqligiga ishonch hosil qila olsa, o‘sha qozi va biy bo‘la olardi. Saylovlarda turli xil nayranglar, poraxo‘rliklar avj olgan. Buning natijasida saylangan qozi va biylar o‘z faoliyati davomida saylov vaqtidagi xarajatlarini turli yo‘llar bilan, ayniqsa, poralar hisobiga qaytarib olishga harakat qilishgan. Bu bilan qozilik va biylik serdaromad mansabga aylandi. Qozilar va biylar lavozim egallashi va uni saqlab qolishi uchun mustamlakachi hukumat vakillarining sodiq xizmatkorlariga aylandi.1886-yilgi «Nizom»da ham Turkiston o‘lkasida qozilar sudi saqlanib qoldi. Uyezd sudlari bekor qilinib, ularning o‘rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi. Vilo yat boshqaruvining sud bo‘limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. Sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi.1898-yilda Turkiston o‘lkasida sud nizomlarini qo‘llash qoidalariga muvofiq viloyat sudlari tugatildi, ularning o‘rniga okrug sudlari va Toshkent sud palatasi tuzildi. Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sudi – hukumat senatiga bo‘ysunar edi. Okrug sudlari Turkiston o‘lkasining barcha viloyatla rida joriy etildi. Ularning tarkibi sud raisi, uning o‘rinbosari va sud a’zolaridan iborat bo‘lgan. Jazo chorasini sudya lar va ikki sud a’zosi tayinlardi. Ular ning qarori ustidan berilgan apellatsiyani imperiyada oliy sud bo‘lgan hukumat senati ko‘rib chiqardi.Shunday qilib, Turkiston o‘lkasidagi sud tizimi mustamlakachi hukumat vakillari va o‘lka ma’muriyati nazorati ostiga o‘tdi.
Turkiston o‘lkasida podsho hukumati mahalliy aholining keng ko‘lamli qo‘zg‘olonlarga aylanib ketadigan norozilik harakatlariga qarshi jazolash tadbirlari uchun imperiya manfaatlarini to‘liq himoyalaydigan huquqiy asoslar yara tishga harakat qildi. 1881-yilda «Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom» e’lon qilindi. Nizomga muvofiq general-gubernator «kuchaytirilgan» yoki «favqulodda» qo‘riqlash holatini o‘z ixtiyori bilan joriy etish huquqiga ega bo‘ldi. Bunday huquq o‘lkada qo‘zg‘olon, «jamoat osoyishtaligi» buzilgan va «tash vishli kayfiyatlar» paydo bo‘lgan taqdirda unga o‘z ixtiyoriga ko‘ra kuch va zo‘ravonlik ishlatish mumkinligini anglatar edi. 1892-yildan boshlab 1916-yilga qadar Turkiston «kuchaytirilgan qo‘riqlov» va «favqulodda qo‘riqlov» holatida bo‘ldi.Yangi «Nizom» shahar va qishloq larning har bir mavzesini nazorat osti da saqlab turgan avvalgi politsiya tuzil malariga qo‘shimcha tarzda uyezd boshliqlariga ispravniklar huquqini ham berdi. Bu narsa ularni uyezd politsiya boshqarmalari rahbarlariga tenglashtirgan edi. Ular har qanday odamni yetti kunga qamoqqa olishga yoki jarimaga tortish vakolatiga ega bo‘ldilar. Uchastka pristavlari lavozimi ularga yordam tariqasida ta’sis etilgan edi. Odatda, ular soliqlar yig‘imiga, joylarda majburiyatlar, uyezd boshliqlarining qarorlari ijro etilishiga rahbarlik qilgan
ofitserlar bo‘lib, har qanday o‘zgarishlar haqi da o‘lka ma’muriyatiga ma’lumot yetkazib turgan holda aholi ustidan ke rakli nazoratni amalga oshirar edilar. O‘z uchast kalari doirasida ular su rishtirish va tergov ishlarini yuritishi, qamoqqa olishi va jarimaga tortishi mumkin edi.
1882–1884-yillarda o‘lkani tekshirgan imperatorning maxfiy maslahatchisi F. Girs Turkistonda 2404000 kishi yashashini va ulardan 1200000 kishi erkak ekanligini yozgan. Xuddi shu erkak aholiga harbiy xizmat maj buriyatini yuklash masalasiga to‘x talgan podsho amaldori (F. Girs) bu qaltis siyosiy tadbir ekanligiga ishora qilib, Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqdi. Podsho hukumati
mahalliy aholini muntazam armiyada xizmat qilishidan, jangovar harbiy malakalarini oshirishidan, qo‘shinlarni yevropachasiga takomillashtirishga o‘rgatishdan va zamonaviy qurol-yarog‘lardan foydalanish mahoratini egallab olishlaridan cho‘chir edi. Shuning uchun mahalliy aholi qulay fursat kelganda ana shunday harbiy mahorat va zamonaviy qurollardan podsho hukumati o‘ziga qarshi foydalanishidan hadiksirar edi. Mahalliy aholini qurolsizlantirish, unda qurolli kurash uchun har qanday umidni yo‘qotish, jangarilik unsurlarini bostirish va qadimiy jangovar an’analarni tag-tomiri bilan tugatish – Turkiston o‘lkasidagi podsho hukumati harbiy siyosatining asosini tashkil etar edi
IV.Mustahkamlash:
1. Qozi va biy sudlari nimaga asoslanib ish yuritgan?
2. Nima uchun podsho hukumati Turkistonda qozi va biy sudlarini saqlab qolgan?
Faol o`quvchilar baholanadi.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa:Mavzuni o’qib qo’shimcha ma’lumot to’plab kelish.
O O’.T.I.B.D.O`: __________________ K. Abduvohidov
Do'stlaringiz bilan baham: |